Kimyoviy tarkibi. Unning kimyoviy tarkibi dastlabki xomashyo (don) va asosan unning qay tariqa tortilganiga bog’liq bo’ladi. Yirik qilib tortilgan unning oziqlik qiymati oliy nav unlardagiga qaragan-da kamroqdir, chunki bunday unning tarkibida odamga singmaydi-gan kletchatkaga boy don po’stlari, ya'ni kepak ko’proq bo’ladi. Serkepak jaydari unda kepak miqdori 2% ga yetsa, oliy nav unlarda 0,1 % atrofida kepak bo’ladi. Unda o’rta hisob bilan taxminan 8-14,5% miqdorida oqsil, 67—74% miqdorida uglevodiar, 1—2% miqdorida yog’ bor. Kul 1—2% ni, namlik 13-15% ni tashkil etadi. Past navli unlarda B guruh vitaminlari bo’ladi. Vitaminlar va mineral tuzlar, asosan, don po’stlari va murtak qismida bo’ladi, unning navi ne-chog’li yuqori bo’lsa, don po’stlari bunday unda shuncha kam, vita-minlar bilan mineral elementlar miqdori ham shuncha kam bo’ladi. Shuni hisobga olgan holda hozir non yopishda oliy nav unlarga C va B guruh vitaminlari qo’shib, ularni sun'iy yo’l bilan vitaminga boyi-tish usuli qo’llanilayapti. Shuningdek, o’zbekiston aholisini, ayniqsa, ayollarni kamqonlik xastaligidan asrash uchun temir saqlovchi mah-sulotlar ham qo’shilmoqda. Aholi ovqat ratsionida go’sht, sut, tu-xum, meva-sabzavotlar bilan bir qatorda un va undan tayyorlangan mahsulotlar alohida o’rin tutadi. Hozirgi kunda jahonning rivojlan-gan mamlakatlari tajribasidan foydalanib o’zbekistonda ham oziq-ovqatlar organizmning fiziologik ehtiyojini qondiradigan temir mod-dasi bilan boyitilmoqda.