Bemorni parvarish qilish - bemor (kasal)larga har tomonlama yordam berish va vrach koʻrsatmalarini bekamu kust amalga oshirishni taʼminlaydigan tadbirlar majmui; davoning muhim tarkibiy qismi. Turli kasalliklarda bemorni parvarish qilishning oʻziga xos xususiyatlari bor. Shu bilan birga barcha bemorlarga tegishli umumiy parvarish qoidalari mavjud. Bemorning maʼlum bir tartibga amal qilishi, toʻgʻri ovqatlanishi, vrach buyurganlarini toʻlatoʻkis bajo keltirishi, bemor ahvolini uzluksiz kuzatib borish, shuningdek dard tufayli zaiflashib qolgan organizmni boshqa kasalliklardan himoya qilish ham Bemorni parvarish qilish q.ga kiradi Bemorni parvarish qilish q. tadbirlari bemorning umumiy ahvoliga qarab belgilanadi. Vrach lozim boʻlgan tartib (rejim)ni tavsiya etadi, yaʼni qimirlamay yotish tartibi (oʻrinda harakat qilinmaydi), yotish tartibi (oʻrinda turmasdan harakat qmlish mumkin), yotib turish tartibi (xona ichida harakat qilish mumkin), umumiy tartib (faol harakat qilishga ruxsat beriladi). Bemor oʻziga oʻzi bemalol qaray olsa ham, uning yaqinlari iloji boricha qulay sharoit tugdirishlari, kayfiyatini buzmasliklari, vrach koʻrsatmalarini amalga oshirishini kuzatib borishlari lozim. Bemor uyida davolanadigan boʻlsa, u yotgan xona alohida, ozoda, yorug, iliq (18 — 20°) boʻlishi, kupda uch mahal — ertalab, kunduzi va kechqurun — uxlashdan oldin shamollatib turilishi zarur (hatto qishda ham). Bunda bemorni issiq adyol, boshini qalin sochiq bilan oʻraladi va yuzi ochiq qoddiriladi. Bemor sovqotmaydigan qilib yaxshi oʻrab qoʻyilsa, sof havo hech zarar qilmandi. Yezda derazani kun buyi ochib qoʻygan maʼqul. Xona kuniga 2-marta: ertalab va kechqurun yotishdan oldin yigʻishtirib, tozalanadi. Bunda deraza romlari, eshik, mebellar nam latta bilan artiladi, pol yuviladi yoki latta oʻralgan chutka bilan tozalanadi. Gilamlar, qalin deraza pardalar vaqtincha yigʻib qoʻyilgani maʼqul yoki tez-tez (haftada 1 — 2-marta) chang yutgich bilan tozalanadi. Xonada pastroq tovushda gaplashish kerak, ammo pichirlab gaplashish yaramaydi. chunki bu bemorga goʻyo uning agʻvoli ogʻirligini yashirishga urinayotgandek boʻlib tuyuladi, radio va televizor ovozini pasaytirib qoʻyiladi. Bemorii biror joyga oʻtkazish kerak boʻlsa, maxsus kreslo yoki zambildan foyd&taniladi. Bu ishni bajaruvchi yolgʻiz boʻlsa, u bir qulini bemorning kuragi ostidan, ikkinchisini sonining tagidan oʻtkazib, koʻtaradi; bunda bemor kutaruvchining buyniga osilib oladi. Boshqa joyga utkazishdan oldin joyning tayyorligi kuzdan kschiriladi. Ahvoli ogir bemorlar choyshabi tagidan kleyonka solinadi. dumgʻaza ostiga rezina doira, ostga tuvak, siydikdon qoʻyiladi, ularga yechinishlarida yordam koʻrsatiladi. Bemorning koʻrpatoʻshagi uzun va keng boʻlgani maʼqul. Toʻshak ustidan oq choyshab yoziladi. Baʼzi kasalliklarda vrach tavsiyasi bilan tushak ostidan uning kattaligida taxta quyiladi. Bemorni issiq qilib, oʻrabchirmash yaramaydi. Karavot iyeltgich asboblariga yaqin qoʻyilmaydi, uni ikki tomonidan bemor oldiga bemalol kelish mumkin buladigan qilib qoʻyish kerak. Bemor choyshabini ehtiyotlik bilan almashtirish lozim. Buning uchun bemorni (agar t>ra olmasa) avaylab urin chetiga surib, choyshabning boʻshagan kismini yumaloklab oʻrab, bemor yotgan joygacha olib kelinadi, uning oʻrniga toza choyshab yozib, bemorni uning ustiga oʻtk^ziladi, oʻralgan kir choyshab esa yigʻishtirib olinadi. Ogʻir yotgan bemorning koʻylagini almashtirganda koʻylak etagini yuqoriga tomon yigʻa borib, avval boshidan, soʻngra qoʻllarida}) chiqariladi, koʻylak kiygizishda esa buning aksicha amal qilinadi. K^loyoqshikastla i ganda kiyim avval sogʻ qoʻloyoqaan, keyin kasach q>;loyoqdan yechiledi, kiygizishda esa buning akemcha qilinadi. Bemorga vrach ruxsat etgan boʻlsa, haftada 1-marta uni choʻmiltirish mumkin. Agar bunga ruxsat berilmasa. kundalik yuvibtarashdan tashqari, bemor badanini qaypagan suv yoki maxsus eritmalarga hoʻllangan latta bilan artib turiladi. Bemor qattiq terlasa, kiyimi botbot almashtirnlib, badani quruq sochiqqa artnladi (badani doim quruq va toza turishi kerak). Yuz, boʻyin va gavdaning yuqori qismini kunda yuvib turish, qulni har safar ovqatlanmshdan oldin yuvish kerak. Oʻrnidan turmaydigap bemorlar oyogʻini karavot ustiga togora q>’yib. haftada 2 — 3-marta yuviladi. Ogir yotgan bemorlarning jinsiy aʼzolari va orqa chik>)run teshigi sohasi har gal hojatdan keyin yuvib turiladi. Ich ketganda darhol kleyonka va choyshab (lozim boʻlsa kiyimlarni ham) almashtiriladi va orka peshov sovunlab yuviladi. Sochni har kuni iliq suv bilan namlab tarab, toza tutiladi. tirnoqdarpi vaqtvaqti bilan olib turiladi. Bemor tishini kuniga 2 mahal yuvib. har gal ovqatlangandan keyin ogʻzini chayib turishi lozim. Ogʻir yotgan bemorlar tishi 0,5% li soda yoki margansovkaning kuchsiz eritmasiga namlangan paxta bilan artiladi. Kuloqdar iliq suv va sovun bilan yuvib turiladi, unda chirk yigʻilib qolsa, 3% li vodorod peroksid eritmasidan bir necha tomchi tomizib. soʻngra paxta pilikcha yordamida ex?iyotlik bilan olinadi. Quloqni tozalaganda gugurt choʻpi, soch toʻgʻnogʻichi va boshqalardan foydalanish yaramaydi, aks hodda quloq pardasini teshib yuborish mumkin. Koʻzdan kiprik va qovoqlarning yopishib qolishiga sabab boʻladigan suyuqlik ajrachganda (koʻproq bolalarda) ertalab yuvintirish vaqtida kuzni ehtiyotlik bilan iliq suvda paxta boʻlakchasi bilan yuviladi. Burundan suyuklik oqqanda yoki qaloqhosil boʻlganda uni vazelin moyi yoki glitserin tomizib yumshatiladi va paxta pilik bilan asta tozalanadi. Yotgan bemorlarga tuvak va siydikdon tutiladi, u oldin tozalab yuviladi va dezinfeksiyalanadi. Bemorning haroratini ertalab va kechqurun ulchab, yozib qoʻyish juda muhim, chunki haroratning oʻzgarishiga qarab, kasallikning qanday oʻtayotganini va davolash nafini bilsa boʻladi. Bemor ovqati oqsil, uglevod, yog, mineral tuzlar, vitaminlarga boy boʻlishi kerak. Bemorni kuniga 4 mahal (maʼlum soatlarda) ovqatlantirish lozim. Ovqatlarning xilmaxil boʻlishi, dasturxonni chiroyli qilib bezash bemorning ishtahasi ochilishiga yordam beradi. Koʻpgina kasalliklarda vrachning oʻzi parhez taomlar buyuradn, oʻz bilgicha parhez qilish yaramaydi. Ayrim kasalliklar (ayniqsa, meʼdaichak kasalliklari)da ozozdan dambadam ovkatlanish tavsiya etiladi. Ogʻir yotgan bemorlarga ovqat qoshiq bilan ozozdan ichiriladi. Ichimlik va suyuq ovqatlar (qaynatma shoʻrva. kisel va boshqalar) joʻmrakli maxsus idishchada ichiriladi. Bemorning uyqusiga, kayfiyatiga, eshushi joyida ekaniga kdrab turish muhim ahamiyatga ega. Bemorni xayajonlantiradigan, uning kayfiyatini buzadigan gaplarni aytish, ezmalik qilish yaramaydi. Bemor maʼyus boʻlib, chiroyi ochilmasa, tinchlantirish, unga dalda berish maʼqul. Bemor yotgan uyda tinchlik saqlash uning tuzuk dam olishiga va tiniqsb uxlashiga yordam beradi. Terining rangiga, toshmalar boryoʻgʻiga, qichishishiga, gavda haroratiga. yuzkoʻzlar ifodasiga eʼtibor berish va oʻzgarish sezilsa, tezda vrach chaqirish lozim. Shuningdek siydik va najas rangining oʻzgarganligi, dori-darmonlar qanday taʼsir etayotganligini kuzatib borish hamda maʼlumotlarni vrachga yetkazib turish lozim. Agar doridan toshmalar toshsa, qichishsa. tilning uchi achishea, koʻngil aynisa, bu qaysi dori bilan bogʻliqligini aniqlab va uni qabul qilishni toʻxtatib, darhol vrachga xabar qilish kerak. Vrach buyurganda bemorga koʻpincha grelka, gorchichnik, kompress qoʻyiladi, dori ichiriladi va boshqa Dorini buyurilgan miqdor (doza)da va maʼlum vaqtlarda beriladi. Doridarmonlar quruq, ayrimlari qorongi va salqin joyda saqlanadi. Yukumli kasalliklar bilan ogʻriganlar, shuningdek keksa bemorlar alohida parvarishga muxtoj boʻladi. Yuqumli kasallik bemordan atrofdagilarga ʻyuqishi mumkinligini nazarda tutib, tozalikka jiddiy rioya qilish talab etiladi. Ruhiy kasallarni parvarish kdlganda baxtsiz hodisalar (oʻziga va atrofdagilarga qasd qilish, qochish va boshqalar)ning oldini olishga ahamiyat beriladi.
Organizmning vitaminlar bilan ta’minlanganligini o’rganish va baholash
B vitamin supplement tablets .jpg|thumb|B vitamini qadoqlash]] Vitaminlar (lotincha: vita — hayot),darmon dori — tirik organizmning hayot faoliyati va normal moddalar almashinuvi uchun zarur boʻlgan organik birikmalar. Ular turli xil kimyoviy tuzilishga ega. Oziq moddalar tarkibida qandaydir moddalar yetishmasligi natijasida odamlar kasal boʻlishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qadimiy Xitoy kitoblarida, keyinchalik Gippokrat asarlarida qayd etilgan. V.ni ilmiy nuqtai nazardan oʻrganish XVIII asrda boshlangan. Ingliz vrachi J. Lind (1757), fransuz fiziologi F. Majandi (1816), rus vrachi N. I. Lunin (1880), golland vrachi Eykman (1897), ingliz olimi F. Xopkins (1906)lar V.ni oʻrganishga juda katta hissa qoʻshdilar. Organizmda V. sintez qilinmaydi, kishi oʻzi uchun zarur V.ni turli ovqat moddalari bilan oladi. Ovqatda V. yetishmaganda gipovitaminoz, mutlaqo boʻlmaganda avitaminoz paydo V.ning asosiy manbai oʻsimliklardir (qarang Vitaminli oʻsimliklar). V. hosil boʻlishida mikroorganizmlar ham katta rol oʻynaydi. V.ning biologik ahamiyati moddalar almashinuviga rostlovchi taʼsir etishdan iborat. V. organizmda sodir boʻladigan kimyoviy reaksiyalarni kuchaytiradi, organizmning oziq moddalarni oʻzlashtirishiga taʼsir koʻrsatadi, hujayralarning normal oʻsishiga va butun organizmning rivojlanishiga yordam beradi, organizmda fermentlar tarkibiga kirib, ularning normal funksiyasi va faolligini taʼminlaydi. V. organizmda energiya almashinuvida (V,, V2 V.), aminokislotalar (V6, V12 V.) va yog kislotalar (pantotenat kislota) biosintezida, fotoresepsiya jarayonida (A vitamin), qon ivishida (K vitamin) va kalsiyning oʻzlashtirilishida (D vitamin) ishtirok etadi. Shunday qilib, organizmda biror vitamin yetishmasa yoki butunlay boʻlmasa, moddalar almashinuvi buziladi. Oziq-ovqatda V. yetishmaganda kishining mehnat qobiliyati pasayadi, organizmning kasalliklarga hamda tashqi muhitning noqulay taʼsiriga chadami kamayadi. Vitamin yetishmovchiligiga ovqat tarkibida V. kam boʻlishigina emas, balki ularning ichakda soʻrilishi, toʻqimalarga yetkazib berilishi va biologik faol shaklga aylanishi jarayonlarining buzilishi ham sabab boʻladi. Lekin baʼzi V.ning fiziologik ehtiyojdan ortiqroq boʻlishi gipervitaminozga olib kelishi ham mumkin. Keyingi yillarla 30 dan ziyod vitaminning kimyoviy tuzilishi toʻla oʻrganilib, koʻplari sintez qilindi (qarang Vitamin sanoati).
Dastlab V. shartli ravishda lotin alifbosining bosh harflari: A, V, S, D, Ye, R va h.k. bilan belgilangan. Keyinchalik V.ning kimyoviy tuzilishiga binoan xalqaro standartlashtirishning yagona nomi qabul qilindi. V.suvda eriydigan, yogʻda eriydigan va vitaminsimon birikmalarga ajratiladi. Yogʻda eriydigan V.ga A, D,"1 Ye va K, suvda eriydiganlariga V kompleksi vitaminlari va S, RR kiradi. V.dan tashqari organizmda turli oʻzgarishlarga uchrab V.ga aylanadigan moddalar — provitaminlar ham bor. Provitaminlarga karotinlar (A provitamin), D vitaminga aylanadigan baʼzi bir sterinlar (ergosterin va b.) kiradi. Odamning V.ga boʻlgan bir kunlik ehtiyoji organizmning umumiy holatiga, mehnat tarziga, sogʻ yoki kasalligiga bogʻliq. Odam hayoti uchun V.dan ayniqsa A, V, V2, S, D, RR ning ahamiyati katta.
Quyida koʻproq qoʻllaniladigan V. tavsifi keltirildi.
Retinol (A vitamin) tabiatda keng tarqalgan. Oʻsimlik toʻqimalarida A provitamin (organizmda retinolga aylanadigan karotinoid pigmentlar) holida uchraydi. Koʻrish pigmentlari hosil boʻlishida qatnashib, organizmning normal oʻsishini, koʻzning turli darajadagi yorugʻlikka moslashishini taʼminlaydi. Organizmda retinol yetishmasa, teri qurishib oqaradi, qipiqlanadi, muguzlanadi, unda mayda toshmalar paydo boʻladi, terining yiringli kasalliklari avj oladi, soch quruq, xira boʻlib, toʻkila boshlaydi, tirnoq moʻrtlashib qoladi. Yoruqqa qaray olmaslik, shabkoʻryaik, konʼyunktivit, blefaritta asosan A vitamin yetishmasligi sabab boʻladi. A provitamin (karotin) oʻsimliklarda, ayniqsa ularning yashil barglarida, A vitamin hayvon va baliq jigarida, baliq moyida koʻp.
Tiamin (V, vitamin) — koʻpgina oziqovqat mahsulotlari tarkibiga kiradi. U asosan donning murtagi va qobigʻi (kepagi)da boʻladi. Tiamin organizmda uglevodlar almashinuvida muhim ahamiyatga ega; ovqat uglevodlarga serob boʻlsa, ularni oʻzlashtirish uchun tiamin koʻproq talab qilinadi. Tiamin boʻlmasa, polinevrit kasalligi roʻy beradi. Organizmda bu vitamin boʻlmasa yoki yetishmasa, nerv sistemasining ogʻir kasalligi — beri-beri paydo boʻladi, shuningdek ichak peristaltikasi susayadi, qabziyat, muskullar boʻshashishi, jismoniy va ruhiy ish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi. Riboflavin (V2 vitamin)— oʻsish jarayonida qatnashadi va oʻstiruvchi omillarga kiradi. Oqsil, yogʻ va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi. Markaziy nerv sistemasi holatini rostlaydi, koʻz gavharidagi moddalar almashinuviga taʼsir etadi, yorugʻlikni sezish va rang ajratishga yordam beradi. Riboflavin organizmga oziq-ovqat bilan kiradi, ovqatda riboflavin yetishmasa ogʻiz burchagi, lab yoriladi (qarang Lab bichilishi), soch toʻkiladi, konʼyunktivit va blefarit kuzatiladi. V2 vitamin asosan hayvon mahsulotlari — tuxum, pishloq, sut, goʻsht hamda galla va dukkakli oʻsimliklarda moʻl-koʻl.
Piridoksin (V6 vitamin)— koʻpgina oʻsimlik va hayvon mahsulotlari: achitqi, bugʻdoy murtagi, jigar, baliq, mol goʻshti va dukkakli donda boʻladi. U oqsil va yogʻning normal hazm boʻlishini taʼminlab, azot almashinuvida muhim rol oʻynaydi. Organizmda piridoksin yetishmasa bolalar oʻsmay qoladi, meʼda-ichak ishi buziladi, kamqonlik roʻy beradi. Homiladorlarda stomatit, terining yalligʻlanishi, qoʻzgʻaluvchanlik, uyqusizlik kuzatiladi. Kishi organizmi uchun zarur miqdordagi piridoksin ichak bakteriyalari taʼsirida hosil boʻladi.
Nikotinamid, nikotin kislota (RR vitamin) hujayralarning nafas olishida, oqsillar almashinuvida qatnashadi, organizmda oʻsimlik oqsillarining hazm boʻlishini tezlashtiradi, meʼdaning sekret va harakat faoliyatini normallashtiradi, meʼda osti bezi ishlab chiqaradigan sekret va shira tarkibini yaxshilab, jigar ishini barqarorlashtiradi. Organizmda nikotin kislota yetishmasa pellagra kasalligi roʻy beradi. Nikotin kislota uy parrandasi, mol goʻshti, jigari, buyragida, achitqi, guruch kepagi, bugʻdoy murtagida koʻp boʻladi.
Folat kislota (V, vitamin) baʼzi aminokislotalar almashinuvida va sintezida, shuningdek nuklein kislotalar sintezida qatnashadi, koʻmikning qon yaratish funksiyasini kuchaytiradi, V12 vitamin-ning yaxshi oʻzlashtirilishiga yordam beradi. Folat kislota oʻsimlik va hayvon mahsulotlarida, ayniqsa, jigar, buyrak va yashil barglarda koʻp. Ichak mikroorganizmlari folat kislotani koʻp miqdorda sintezlaydi.
Siankobalamin min) — yuqori biologik faol modda. Metionin, nuklein kislotalar sintezida va qon yaratilishi jarayonida qatnashadi. Organizmga ovqat bilan kiradi, u organizmda yetishmasa, kamqonlik paydo boʻladi. Siankobalamin mol jigarida ayniqsa koʻp. Tibbiyotda, chorvachilik va parrandachilikda keng qoʻllaniladi.
Pantotenat kislota (V5 vitamin) — oʻsimlik va hayvon toʻqimalarida koʻp. Nerv sistemasi hamda buyrak usti va qalqonsimon bezlar faoliyatini normallashtiradi.
Askorbin kislota (S vitamin) — moddalar almashinuvida, biriktiruvchi toʻqimalarning oʻzlashtirilishida, bu toʻqimalarning normal holatda tutib turilishi va tiklanishida muhim ahamiyatga ega. Organizmda S vitamin yetishmasa, togʻay va suyak toʻqimalari tuzilishi buziladi, lavsha (singa) kasalligi roʻy beradi. Organizmda askorbin kislota hosil boʻlmaydi va toʻplanmaydi. S vitamin sabzavot va mevalarda boʻladi. Askorbin kislota turli polivitamin preparatlari tarkibiga kiradi.
Kalsiferol (D vitamin) moddalarning mineral almashinuviga, suyak hosil boʻlishiga taʼsir koʻrsatadi. U yosh bolalar skeletining jadal oʻsishi va suyaklanishi davrida ayniqsa zarur. Organizmda D vitamin yetishmasa raxit kasalligi paydo boʻladi. Tunes, treska va b. baliqlar moyi kalsiferol manbai hisoblanadi.Bundan tashqari, sut, tvorog, sariyogʻ, jigar va tuxum sarigʻida koʻp boʻladi. Tishlarni ham asraydi.
Tokoferol (Ye vitamin, koʻpayish vitamini) muskul va jinsiy bezlar faoliyatini kuchaytiradi, ichki aʼzolarda, yogʻda eriydigan barcha V., ayniqsa retinol toʻplanishiga yordam beradi. Oʻsimliklarning yashil qismi hamda ulardan olinadigan moyda (mas., kungaboqar moyida) moʻl boʻladi.
Filloxinon (K vitamin) — qon ivishining asosiy omillaridan biri. Organizmda K vitamin yetishmaganda turli aʼzolar (burun, milk, meʼda-ichak va b.)dan qon ketishi kuzatiladi. Filloxinon salat, karam, ismaloq, qichitqi oʻtning yashil qismida boʻladi. Yuqorida aytib oʻtilgan V.dan tashqari, organizm uchun zarur boʻlgan boshqa biologik faol moddalar (vitaminsimon birikmalar) ham bor. Bularga bioflavonoidlar, xolin, inozit, lipoat, orot, pangamat, paraaminbenzoat kislotalari va b. moddalar kiradi.
Meva, sabzavot va b. masalliqlar uzok, saqlanganda va notoʻgʻri pishirilganda V. kamayadi. V.dan eng beqarori askorbin kislota boʻlib, uni oftob, issiq va nam havo buzib qoʻyadi. Ovqat pishirganda V., ayniqsa askorbin kislota yaxshi saqlanishi uchun sabzavotni tez artib, yuvib. toʻgʻrab, qaynab turgan suvga solish, qozon qopqogʻini yopib qoʻyish kerak. V. preparatlari dorixonalarda mavjud, ammo biologik taʼsiri kuchli boʻlgani uchun V.ni faqat vrach maslahati bilan qabul qilish lozim.