176. Toshkent ("Vabo isyoni") qo'zg'oloni va uning ahamiyati
1892-yilning mart oyida Afg‘onistonda vabo kasalligi tarqaldi. Bahor faslining oxirlariga kelib bu kasallik Samarqand viloyatining Jizzax uezdida, 7-iyunda esa Toshkentda ham qayd qilindi. Toshkent shahar ma’muriyati kasallikka qarshi tadbirlar qatorida shahardagi 12 ta qabristonni yopib qo‘ydi. 1892-yildagi norozilik harakatlarini keltirib chiqargan asosiy sabab, birinchidan, mahalliy aholiga nisbatan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan mustamlakachilik jabr-zulmining tobora kuchayib borayotganligi; ikkinchidan, xalq ommasining og‘ir ahvoli, hunarmand kosiblar va mardikorlaming ayovsiz ishlatilishi; uchinchidan, iste’mol mahsulotlari narxlarining to‘xtovsiz oshib borishi, soliqlaming ko‘pligi; to‘rtinchidan, amaldorlaming o‘z mansablarini suiiste’mol qilishi, poraxo‘rligi kabi holatlaming ko‘payib ketishi bo`ldi. Tarixda «Vabo isyoni» (yoki «Toshotar voqeasi») deb nom olgan qo‘zg‘olon 1892-yilning 24-iyunida boshlandi. Bu voqeani o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan zamondoshlardan biri shunday yozgan edi: “Qo‘zg‘olonchilaming maqsadi bo‘layo`lgan kamsitishlami to‘xtatishga erishish edi. Olomon shahar boshlig‘i S.Putinsev huzuriga chora ko‘rish to‘g‘risidagi talab bilan yo‘lga tushadi. Olomonda o‘qotar yoki zamonaviy qurollar ham yo‘q bo‘lib, ular taxminan 400 kishi atrofida edi” Eski shahar oqsoqoli Muhammad Yoqub olomondan qo‘rqib ketib, shahar boshlig‘i polkovnik S. Putinsev huzuriga yordam so‘rab bekinishga urindi. Xalq S. Putinsevdan oqsoqolni ular ixtiyoriga berishni talab qildi. S.Putinsev esa muzokara o‘miga kuch ishlatishni afzal ko‘rdi. Kuch ishlatish to‘g‘risidagi buyruqdan keyin, sabr kosasi to‘lgan xalq uzoq o‘ylab o‘tirmay hokimga hujum boshladi. Uning odamlarini tor-mor etib, o‘zini kaltaklashdi. Toshkent oqsoqolining uyiga o‘t qo‘yishdi. S. Putinsev va uning mirshablarini do‘pposlagan xaloyiq mahkamani ham ostin-ustun qildi. Qo‘zg‘olonni bostirish uchun kazaklar polki va bir ro`la askar chaqirildi.
Dostları ilə paylaş: |