Rivojlanish markazlari
Ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat
Dushanba
Seshanba
Chorshanba
Payshanba
Juma
Resurslar
Erkin faoliyat
Qurish, yasash va matematika
Dorixona
Syujetli-rolli о‘yinlar va sahnalashtirish
Sabzavotlar
dо‘koni
Kerakli
ashyolar
Til va nutq
Tо‘g‘ri
ovqatlanish tartibi
Zararli
odatlar
va
ularning
oldini olish
Kerakli
ashyolar
Fan va tabiat
Ajib mevalar
Buyuk siymolar
sihat- salomatlik
haqida
Kerakli
ashyolar
San’at
Rasm ishi:
SHо‘x
vitaminchalar
Applikatsiya
Poliz ekinlari
Loy ishi:
Hosil yig‘amiz
Kerakli
ashyolar
Umumiy guruh bо‘lib ishlash
Nutq
о‘stirish:
“Vitaminga boy
sabzavotlar”
surati
ustida
suhbat
Viktorinalar:
she’rlar,
hikoyalar,
mazmunli
rasmlar
Kerakli
ashyolar
AVGUST. BIRINCHI HAFTA
VITAMINLAR BILAN QIZIQARLI UCHRASHUVLAR
Til va nutq
Mavzu: Sog‘lom ovqatlanish tartibi
Maqsad: bolalar tо‘g‘ri ovqatlanish tartibi haqidagi bilimlarini mustahkamlaydilar va unga rioya
qilishga harakat qiladilar.
Kerakli jihozlar: tо‘g‘ri ovqatlanish tartibi tasvirlangan rasmlar tо‘plami, AKT.
Faoliyatning borishi:
1. Tо‘g‘ri va notо‘g‘ri ovqatlanish tartibining AKT orqali namoyishi.
2. Kо‘rilgan holatlarni tahlil qilish.
3. Tо‘g‘ri ovqatlanish tartibi tasvirlangan rasmlarni ketma-ketlikda joylashtirish.
4. Joylashtirilgan rasmlarni izohlash.
5. Xulosalash.
Qо‘shimcha: sog‘lom ovqatlanishning organizm uchun ahamiyati haqida suhbat.
Alohida e’tibor qaratiladi: batartib ovqatlanishga intilish.
Fan va tabiat
Mavzu: Ajib mevalar
Maqsad: bolalar hо‘l mevalarning о‘ziga xos jihatlarini amaliy ish orqali farqlashga
о‘rganadilar.
Kerakli jihozlar: hо‘l mevalar, taxtakach, pichoq, likopchalar, salfetka, sharbat chiqarish
apparati.
Faoliyatni olib borishi:
1.Hо‘l mevalarni lupa ostida kuzatish.
2.Mevalarni kesish, ularning urug‘larini ajratish.
3.Mevalarning sharbatini chiqarish va ta’tib kо‘rish.
4.Mevalarning rangi, shakli, ta’mi, urug‘lari bо‘yicha ma’lumotlar berish.
5.Amaliy ish yakuni va xulosasi.
Qо‘shimcha: mevalardan tayyorlangan sharbat bilan dо‘stlarini mehmon qilish.
Alohida e’tibor qaratiladi: hо‘l mevalarni muntazam iste’mol qilish inson organizmiga foydasi.
San’at
Mavzu: SHо‘x vitaminchalar
Maqsad:bolalar vitaminlar va ularning foydali tomonlarini bilgan holda ularni rasmda
tasvirlaydilar.
Kerakli jihozlar: oq qog‘oz,bо‘yoq, rangli qalamlar, flomasterlar, namuna, salfetka, AKT.
Faoliyatning borishi
1. AKT orqali shо‘x vitaminchalar tasvirlangan multimedia yoki multfilm tomosha qilish.
2. Namunalarni kо‘rish.
3. Ishni rejalashtirish.
4. Ijodiy ish jarayoni.
5. Ijodiy ishlar kо‘rgazmasi va taqdimoti.
Qо‘shimcha: mavzu asosida ta’limiy о‘yin.
Alohida e’tibor qaratiladi:vitamin turlari va ularning inson organizmi uchun ahamiyati.
Qurish-yasash va matematika
Mavzu:Dorixona
Maqsad: bolalar turli qurilish materiallaridan foydalanib dorixona yasaydilar.
Dostları ilə paylaş: |