Qо‘shimcha: yо‘l harakati qoidalari haqida multfilm namoyishi.
Alohida e’tibor qaratiladi: yо‘l harakati belgilarini izohlash jarayonida nutqning ravonligi.
San’at Mavzu: Yо‘l belgilari
Maqsad: bolalar yо‘l belgilarini bо‘yoqlar orqali ifodalaydilar.
Kerakli jihozlar: rangli va oddiy qora qalamlar, rangli bо‘rlar, guash, akvarel bо‘yoqlari, turli
mо‘yqalamlar, suv idish, salfetka
Faoliyatning borishi: 1. Yо‘l belgilari mavzusidagi rasmni tomosha qilish.
2.Ishni rejalashtirish.
3.Ish jarayoni.
4.Ishlar natijalarini muhokama qilish.
Qо‘shimcha: ota-onalar uchun kо‘rgazma tashkil etish.
Alohida e’tibor qaratiladi: ozoda va gigiyenik talablarga rioya etib ishlash kо‘nikmasining
rivojlanishi.
Qurish-yasash va matematika Mavzu:“Yо‘l belgilari”, “Raqami bо‘yicha terib ber” sonli qirqma rasmlar asosida yig‘amiz
Maqsad:bolalar taklif qilingan materiallardan yо‘l belgilarini yig‘adilar, yо‘l belgilarinimaga
xizmat qilishi haqida tushunchaga ega bо‘ladilar.
Kerakli jihozlar: pazllar, sonli kesma rasmlar, yо‘l belgilari.
Faoliyatning olib borilishi:
1. Yо‘l belgilari tasvirlangan rasmlarni kо‘rish va kuzatish.
2. Yо‘l belgilarini raqami bо‘yicha taxlashni rejalashtirish.
3. Yо‘l belgilarini taxlash.
4. Taxlangan yо‘l belgilarining taqdimotini amalga oshirish.
5. Bolalar tomonidan taxlangan belgilarni muhokama qilish va rag‘batlantirish.
6. Ishlatilgan materiallarni miqdorini sanash va shakllari bо‘yicha ajratish.
Qо‘shimcha:tarbiyachi bolalarga uyga ketayotganda yо‘l belgilarini kuzatish va о‘xshashini
topishni taklif qiladi.
Alohida e’tibor qaratiladi:yо‘l belgilariga rioya etishning inson hayotidagi ahamiyati.