Oy mavzusi: baxtli bolalik



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/55
tarix03.08.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#62989
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55
katta gurukhlar

Ijodiy rivojlanish 
Pazllar yordamida kamida 16 ta bо‘lakdan iborat shakl yig‘ishni biladi. Hamro buvi о‘yinchoqlarini yasash malakalari mustahkamlanadi. 
О‘yinlarda hayotiy vaziyatlar, kattalar mehnatiga taqlid qiladi.
Rivojlanish markazlari 
Ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat 
Dushanba 
Seshanba 
Chorshanba 
Payshanba 
Juma 
Resurslar 
Erkin faoliyat 
Qurish, yasash va matematika 
О‘yinlar 
shaharchasi 
Pazldagi 
о‘yinchoqlar 
aksini yig‘ish 
Kerakli ashyolar 
Syujetli-rolli 
о‘yinlar 
va 
sahnalashtirish 
Modalar 
atelyesi(qо‘g‘irch
oq uchun kо‘ylak) 
Kerakli ashyolar 
Til va nutq
Barmoqlar teatri 
Fan va tabiat 
Suvosti 
kemasi 
tajribasi 
Buzilgan 
о‘yinchoqlarni 
tuzatish 
Kerakli ashyolar 
San’at
Rasm ishi:
Bizning 
о‘yin 
maydonchamiz 
Applikatsiya: 
Sevimli 
о‘yinchog‘im 
Loy ishi: 
Hamro 
buvi 
о‘yinchoqlari 
Kerakli ashyolar 
Umumiy guruh bо‘lib ishlash 
Nutq о‘stirish:
Mening sevimli о‘yinlarim 
Sport о‘yinlari 
Kerakli ashyolar 


AVGUST. UCHINCHI HAFTA 
О‘YNAB О‘RGANAMIZ
 
Til va nutq 
Mavzu: Barmoqlar teatri 
Maqsad:bolalar barmoq harakatlari orqali nutqni rivojlantiradilar. 
Kerakli jihozlar: AKT, barmoqlar uchun tо‘qilgan-tikilgan ertaklar qahramonlari qо‘g‘irchoqlari. 
Faoliyatning borishi:
1. AKTorqali teatrlarning namoyishi. 
1. Ertak qahramonlari va syujetini yodga olish. 
2. Ertak qahramonlarini tanlash va rollarni taqsimlash. 
3. О‘yin jarayoni. 
4. Bolalar ishtirokini muhokama qilish va rag‘batlantirish. 
Qо‘shimcha:О‘zbek milliy akademik teatr aktyorlari haqida ma’lumot berish.
Alohida e’tibor qaratiladi: rollarni bajarish jarayonida nutqning ravonligi. 
 
Fanva tabiat
Mavzu: Suvosti kemasi tajribasi 
Maqsad: bolalar shо‘r suvning zichligi chuchuk suvning zichligidan og‘ir ekanligini bilib 
oladilar.
Kerakli jihozlar: 2 dona shisha stakan, toza suv, xom tuxum, tuz, qoshiq. 
Faoliyatning borishi:
1. 1-amaliy ish: 1-stakanga tuxum solinadi va uning ustidan suv quyiladi.Bu jarayonda 
bolalar tuxumning suvga chо‘kishinikuzatadilar. 
2. 2-amaliy ish: 2-stakanga suv quyiladi, unga 3 osh qoshiq tuz aralashtiriladi va unga 
tuxum solinadi.Bu jarayonda bolalar tuxumning suv yuzida suzib yurishini kuzatadilar. 
3. Xulosa: SHо‘r suvning zichligi chuchuk suvning zichligidan ancha og‘ir. Shuning 
uchun shо‘r suvda predmetlar chо‘kmaydi.
Qо‘shimcha: dengiz suvida suzish chuchuk suvda suzishdan osonligini aytish. 
Alohida e’tibor qaratiladi: amalga oshirilayotgan har bir jarayonni bolalar tomonidan 
izohlanishi.
 
San’at
 
Mavzu: Bizning о‘yin maydonchamiz
Maqsad:bolalar о‘yin maydonchasini rasm chizish orqali tasvirlay oladilar. 
Kerakli jihozlar:о‘yin maydonchasi tasvirlangan rasmlar, rangli bо‘yoqlar, rasm qog‘ozi, 
mо‘yqalam, suv idish, salfetka.
Faoliyatning borishi: 
1.Mavzu yuzasidagi rasmlarni tomosha qilish. 
2.Rasm mavzusi bо‘yicha suhbat. 
3. Ish jarayoni. 
4. Bolalar ishlari natijalarini muhokama qilish va rag‘batlantirish.
5. Bolalar ishlari kо‘rgazmasi. 
Qо‘shimcha: bolalar xohishiga kо‘ra maydonchani qо‘shimcha tarzda bezashni taklif etish 
mumkin. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin