Qо‘shimcha: bolalar uchun yaratilgan spektakl tomosha qilish.
Alohida e’tibor qaratiladi: aktyorlik sifatlarining tarbiyalanishi,ijroda о‘zini erkin tutishi.
Til va nutq Mavzu:“Bu qachon bо‘ladi?” ta’limiy о‘yini
Maqsad: bolalar yil fasllarining о‘ziga xos belgilari tо‘g‘risidagi tasavvurlari mustahkamlanadi.
Pishgan mevalarni xom mevadan farqlaydi, mevalar qayerda tezroq pishishini(daraxt tagidami,
soyadami, yalanglikdami yoki oftobdami) va uning sababi natijalarini bilib oladilar.
Kerakli jihozlar: yil fasllarining о‘ziga xos belgilari,bog‘ va poliz, dala ekinlaritasvirlangan
rasmli kartochkalar.
Faoliyatning borishi: 1.Rasmlarni tomosha qilish.
2. :“Bu qachon bо‘ladi?” ta’limiy о‘yini
Bolalar rasmga qarab faslning tartibini, о‘ziga xos xususiyatlarini sо‘zlab beradilar. Polizda
qachon qovun-tarvuzlar, pomidor, bolgar qalampiri, bodringlar pishadi? Qachon olma, nok, behi,
olcha, gilos, olxо‘ri, anjir, о‘rik pishadi? vahakozo savollarga rasmlar asosida javob beradilar.
Pishgan mevalarni xom mevadan farqlaydilar, mevalar qayerda tezroq pishishini(soyadami yoki
quyosh nuridami) va uning sababi natijalarini aytadilar.
Qachon quyosh zarrin nurlarini tarqatadi? Qachon asalarilar, qaldirg‘ochlar uyalaridan
uchib chiqadilar va havoda baland parvoz qiladilar?
Qachon quyosh tо‘q qizil yoki oltin rangga kiradi? Qachon oy va yulduzlar chiqadi?
3. О‘yinni yakunlash va muhokama qilish.
4. Rag‘batlantirish.
Qо‘shimcha: she’r yoki topishmoqlar aytish.
Alohida e’tibor qaratiladi: bolalar nutqi, nutqda fe’l zamonlari qо‘shimchalarini tо‘g‘ri qо‘llay
olish malakasi.
San’at Mavzu: Yoz manzarasi Maqsad:bolalar rasm chizishningbostirib chizish usuli orqali yoz manzarasini tasvirlay oladilar.