Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


Temuriylar davrida kutubxonachilik, hujjatchilik va ish yuritishning



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/71
tarix13.12.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#175214
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   71
Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019

3.Temuriylar davrida kutubxonachilik, hujjatchilik va ish yuritishning 
o‘ziga xosligi. 
O‘rta Osiyo Amir Temur davriga kelib iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy va 
madaniy tomondan rivojlana boshlaydi. Bu davrga kelib ko‘plab kalligraflar, 
rassomlar, san’at ustalari, xattotlar etishib chiqdi, kitobchilik sohasida yangi 
burulish yuz berdi. Ayniqsa, bu rivojlanish Temurning farzandi Shohruh va uni 
o‘g‘li Ulug‘bek davrida sezilarli tus oldi. Adabiyot maydoniga Atoyi, Sokkokiy, 
Haydar Xorazmiy, Durbek, Lutfiydan so‘ng she’riyat mulkining sultoni va 
mutafakkir shoir Alisher Navoiy chiqdi.
Alisher Navoiy kitobatchilik san’ati tarixida o‘ziga xos yangi oqimni boshlab 
berdi. Uning bevosita ko‘magi bilan Kamoliddin Behzod, Sultonali Mashhadiy kabi 
o‘nlab kitobatchilik san’atida mohir xattot, lavvoh, musavvirlar har bir qo‘lyozma 
asarlariga noziklik, nafislik bilan naqshu nigor chizganlar. Kitobatchilikka mehr 


27 
qo‘ygan ustalar o‘z kasblarini yuqori san’at durdonasi sifatida qadrlanganlar. 
Kitobxona mutaxasislarining mehr-muxabbat bilan qilgan mehnatlari tufayli 
qo‘lyozma san’atining uslub an’analari keyingi yillardagi kitobatchilik san’atiga 
asos soldi.
Amir Temur va temuriylar davrida ham kutubxona-arxivlari mavjud bo‘lgan. 
Ayniqsa Amir Temur harbiy yurishlari davrida ko‘pgina nodir qo‘lyozma asarlarini 
Movarounnahrga olib keldi. B. G‘ofurov o‘z asarida Amir Temurning o‘g‘li 
Shoxruh hukumronligi vaqtida Hirotda kutubxona tashkilib qilinib, unda qirqqa 
yaqin yetuk rassom, kalligraf va muqavasoz ustalar ishlagani, XV asrning ikkinchi 
yarmida Hirot yirik ilmiy va madaniy markaz bo‘lganligini, ajoyib saroy 
kutubxonasi o‘ziga xos ilmiy muassasaga aylanganligini, kitoblar kalligraflar 
yordamida ko‘chirilganligi va bezaklar berilganligi haqida keltirib o‘tadi. 
O‘rta asrlarda mohir naqqosh va musavvirlar qo‘li bilan ziynatlangan kitoblar 
juda qadrlangan. Kitob bezash san’atida naqqoshlikda turunj degan naqsh turi 
mavjud bo‘lib, bu usulda kitoblarning muqovasi bilan ilk sahifasi bezatilgan.
Kitob tuzish ishida varroq yoki sahhof (sahifalarni tayyorlovchi) jildsoz, 
xattot, lavvoh, musavvirlar aktiv ishtirok etganlar va ularni san’ati uzoq asrlardan 
beri yuksak qadrlanib kelmoqda. Sahhof sahifalarni tayyorlagandan so‘ng, xattot 
unga asar matnini ko‘chiradi, lavvoh esa muqova, musavvir qo‘lida kitob yanada 
o‘zgaradi, bezak, surat chizilishi shart bo‘lgan joylarga musavvir o‘z san’atini bitadi. 
Natijada tugal ish jarayonidan o‘tgan yetuk asar yaratiladi. Kitobga jildsoz charm, 
kumush va zardan muqova ishlaydi. Dastlabki davrda yog‘ochdan ham muqova 
yasaganlar. Lekin bu usul yaxshi natija bermaganligidan charmga o‘tilgan. 
Charmdan ishlash usuli, umuman, kitobatchilik ishlari aslida temuriylar davridan 
boshlab keng rivojlana boradi.
XV asrning 2-yarmida Hirotda kitobat san’ati yanada rivoj topadi. Husayn 
Boyqaro va Alisher Navoiy saroy kutubxonasini nodir asarlar bilan boyitishga 
g‘oyat g‘amxo‘rlik qiladilar. Navoiyning ukasi Darveshali devonxona 
kutubxonasining dorug‘asi etib tayinlanadi. U kutubxonaga Hirotning ko‘plab 
xushnavis kotib, xattotlar va mohir naqqosh-u, musavvirlarni to‘playdi.


28 
Amir Temur va temuriylar davrida hujjatchilik va ish yuritish tizimiga oid 
ba’zi bir hujjatlar bizgacha yetib kelgan. O‘zbekiston Respublikasi Abu Rayxon 
Beruniy nomidagi Sharqshunoslik Instituti (hozirgi Sharq qo‘lyozmalari markazi) 
olimlari 1992-yilda Yaponiyaning Kioto Universitetining professori Toru Xorikava 
boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga qilgan safarlarining birida xivalik 
Aliya Aliakbarovadan 1713 ta asl nusxa Xiva qozilik hujjatlarini sotib olishdi va 
institutga taqdim etildi. Bu hujjatlar ichida temuriylar davriga oid bo‘lganlari ham 
tadqiqotchilar tomonidan aniqlandi. 
Jumladan, bizgacha yetib kelgan “Yorliqlar” ichida eng nodir hujjat 1378-
yilda Amir Temur tomonidan Xorazmdagi Darxonota mavzesida istiqomat qiluvchi 
Abu Muslim avlodlariga berilgan imtiyozlar haqidagi “Inoyatnoma” yorlig‘idir. Bu 
hujjatda o‘sha avlodga berilgan imtiyozlar haqida farmon berilgan. 
Yorliqni 
ancha 
sinchiklab 
o‘rgangan olimlar B.Mannonov va 
G.Ostonovalarning fikricha, yorliq N.P.Ostroumov qo‘liga yetib kelguniga qadar 
o‘ta muhim va muqqadas hujjat sifatida Xiva xonlarining xos arxivida saqlanib 
kelingan. O‘shandan buyon bu tarixiy hujjat yuzasidan maxsus tadqiqot olib 
borilgani yo‘q. Xayriyatki, u ko‘plab boshqa muhim tarixiy manbalar qatori yo‘q 
bo‘lib ketmasdan, bizgacha yetib kelgan. Marxum akademik Ibrohim Mo‘minov 
Soxibqiron haqida maxsus risola yozish uchun yozma manbalar bilan tanishar ekan, 
Sharqshunoslik Instituti fondida ushbu hujjatga duch keladi. 1968-yilda I.Mo‘minov 
yozma va bosma manbalar asosida “Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan 
o‘rni va roli”, deb atalgan risolasida ushbu hujjatning foto aksini muqova ortiga ilova 
qiladi. Uning tagiga “Amir Temur bin Muhammad Tarag‘ay Bahodirning muxri 
bosilgan farmon (1391)” degan tushuntirish berilgan. Bu farmon, deb ta’kidlaydi 
I.Mo‘minov risolada, turkiy (eski o‘zbek) tilda yozilgan bo‘lib, unda Abu Muslim 
avlodlariga berilgan imtiyozlar haqida gapiriladi. Bu va bunga o‘xshash boshqa 
hujjatlar tarixchi, iqtisodchi va tilshunos olimlarimizni qiziqtirishi lozim. 
Yorliq Amir Temurning davlatdorlik tarixini o‘rganish nuqtai nazaridan 
muximdir. Ayni vaqtda bu yorliqni o‘rganish XIV asrning oxirgi choragidagi siyosiy 
voqealar, o‘sha davr ijtimoiy-iqtisodiy hayotining ko‘pgina qirralari haqida xabar 


29 
beradi. Amir Temurning siyosat bobida o‘ta diplomat ekanligi namoyon bo‘ladi. 
Unda Soxibqironning davlatchilik siyosatini kuch va Qur’onga asoslangan holda har 
ikki omildan g‘oyat ustalik bilan amalga oshirganining guvohi bo‘lamiz. 
Yorliqlar to‘plamini o‘rganish va ilmiy muomalaga kiritish hozirgi davr talabi 
bo‘lib, unda davlatchiligimiz tarixini to‘g‘ri va haqqoniy yoritishda asosiy manba 
bo‘lib xizmat qiladi. Chunki ularda XX asr birinchi choragigacha mavjud bo‘lgan 
barcha unvon va mansablar tarixini yoritishda ham keng foydalanish mumkin. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin