Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


- Mavzu. O‘rta asrlarda arxiv ishi



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/71
tarix13.12.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#175214
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   71
Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019

 
3- Mavzu. O‘rta asrlarda arxiv ishi 
Reja: 
1. Ilk o‘rta asrlarga oid Mug‘ arxivining topilishi va o‘rganilishi. 
2.IX-XII asrlarda hukmron bo‘lgan sulolalar davrida kutubxona-arxivlarining 
shakllanishi. 
3.Temuriylar davrida kutubxonachilik, hujjatchilik va ish yuritishning o‘ziga 
xosligi.
 
1. Ilk o‘rta asrlarga oid Mug‘ arxivining topilishi va o‘rganilishi. 
O‘lkamiz madaniyati tarixida muhim rol o‘ynagan sug‘d yozuvi mil. av. III-II 
asrlarda shakllangan. Buyuk Ipak yo‘li va uning shaxobchalari bo‘ylab sug‘d tili va 
yozuvi ham keng tarqala borgan. Ettisuv, Xo‘tan, Mo‘g‘iliston hududlarida sug‘d 
yozuvlarining topilishi buning isbotidir. Sug‘diylar uch turdagi: bevosita sug‘d, 
manixey va suriya yozuvlaridan foydalanganlar.
Sug‘d yozuvi orqali bizgacha eramizning boshlaridan to X-XI asrlarga qadar 
yozilgan ko‘plab noyob yodgorliklar yetib kelgan. Ular orasida ko‘plab numizmatik 
materiallar (tanga yozuvlari), metall, sopol, yog‘och, charm, qog‘oz va boshqa 
buyumlarga bitilgan tekstlar, shaxsiy maktublar, diniy, axloqiy-falsafiy tekstlarning 
parchalari, xo‘jalik, huquqiy va diplomatik hujjatlar bor. Ana shunday 
yodgorliklarning katta guruhi 1932-1933 yillarda Tojikistonning Panjikent shahri 
yaqinidagi Mug‘ tog‘i tepasidagi qadimgi qasr xarobasidan topilgan sug‘d 
hujjatlaridir. Oradan 87 yil vaqt o‘tishiga qaramay bu hujjatlar hali hanuz o‘zining 
lingvistik, matnnavislik va tarixiy ahamiyatini yo‘qotgan emas. Qolaversa
keyinchalik “Mug‘ arxivi hujjatlari” deb atalgan bu manbaning topilishi VII asr oxiri 


23 
– VIII asr birinchi choragi Markaziy Osiyo mintaqasida ro‘y bergan siyosiy, 
ijtimoiy-iqtisodiy va etnomadaniy jarayonlar masalasiga bir qadar oydinlik kiritdi. 
Yillar davomida o‘rganilib kelinayotgan mazkur arxiv hujjatlari sobiq sovet 
va hozirgi o‘zbek sug‘dshunosligi taraqqiyoti uchun muhim rol o‘ynadi. Xususan, 
XX asr ikkinchi choragidan boshlab sobiq Ittifoqda sug‘dshunoslikning fan sohasi 
sifatida rivojlanishida Mug‘ arxivi hujjatlarini katta o‘rni bor. E’tirof etish kerakki, 
sovet davri tadqiqotchilari hujjatlarni o‘rganish ishiga salmoqli ulush qo‘shdilar. 
Dastlab hujjatlar ekspeditsiya rahbari A.A. Freyman tomonidan moddiy ashyo 
sifatida izchil o‘rganildi. Aniqlanishicha, bu hujjatlar teri, qog‘oz va yog‘och 
parchalariga yozilgan bo‘lib, shaxsiy va diplomatik xatlar, bitimlar, taqvimlar, 
xo‘jalik va hisob qaytlaridan iborat bo‘lgan. Ulardan ikkitasi arabcha, uchtasi 
xitoycha va bittasi runiy yozuvida bitilgan. Qolganlari esa sug‘diy til va yozuvida 
bo‘lib, barcha hujjatlar Sug‘d konfederatsiyasining Panch viloyati va uning markazi 
Panjikent shahri hokimi Devashtich saroyida saqlangan, ya’ni saroy 
devonxonasining arxivi hisoblangan. A.A. Freyman o‘z ekspeditsiyasi aniqlagan 74 
ta hujjatning barchasini tavsifladi, yirik va ahamiyatlilarini esa tarjima qilib, 
ularning ayrimlariga sharhlar berdi. Avvaliga, ya’ni 1934 yildan “Согдийский 
сборник” da nashr etila boshlangan ma’lumotlar, so‘ngra 1962 yilda yaxlit to‘plam 
holida nashrdan chiqdi. Ayni vaqtda arabshunos mutaxassis I.Yu. Krachkovkiy 
Mug‘ arxividagi ayrim arab tilli hujjatlarning tarjimasini va talqinini e’lon qildi. 
Mug‘ arxivi hujjatlarining katta kompleksi – yuridik hujjatlar va maktublar 
yirik sug‘dshunos olim V.A. Livshits tomonidan ilmiy jihatdan chuqur o‘rganilib, 
lingvistik va tarixiy izohlari bilan nashr etildi. Mazkur nashrda ilk o‘rta asrlarda 
nafaqat Sug‘dda, balki Markaziy Osiyo mintaqasida kechgan siyosiy, ijtimoiy-
iqtisodiy, ma’naviy, madaniy va mafkuraviy jarayonlar chuqur tahlil etildi. Xususan, 
hujjatlarda aks etgan voqealar markazi bo‘lgan Panch viloyati va Panjikent 
shahrining arab istilosi chog‘idagi holati misolida butun mintaqadagi jarayonlar 
tizimini ko‘rsatib berishga harakat qilindi. Ayrim yevrotsentrizm qarashlaridan 
farqli ravishda istiloga qarshi kurashdagi turk-sug‘d ittifoqi masalasiga xolis 
yondashildi. 


24 
Mug‘ arxivi hujjatlarini o‘rganish borasida O.I. Smirnovaning munosib o‘rni 
bor. U 1962 yilda eronshunos olim M.N. Bogolyubov bilan hamkorlikda 
Mug‘ arxividan aynan xo‘jalik mazmunidagi hujjatlarni ajratib olib, ularni tahlil etdi 
va nashrdan chiqardi. Bundan tashqari O. I. Smirnova Mug‘ arxivida keltirilgan ilk 
o‘rta asrlardagi Sug‘dning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy tarixini tadqiq etish bilan birga 
Sug‘d numizmatikasini ham izchil o‘rgandi. Manba va numizmatik materiallarni
qiyosiy o‘rganib, ular o‘zaro to‘ldirildi. Bu kabi tadqiqotlar natijasida ilk o‘rta 
asrlarda mintaqamizda ro‘y bergan tarixiy jarayonlar ancha oydinlashdi. 
O‘zbekistonda Mug‘ arxivini o‘rganish jarayoni V.A. Livshitsning izdoshi 
M.M. Ishoqov nomi bilan bog‘liq. Tadqiqotchi sug‘diy tili va mintaqada yozuv 
madaniyati tarixi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Bu borada Mug‘ arxivi 
hujjatlaridan ham samarali foydalanildi. Sug‘dshunoslik, avestoshunoslik va 
xorazmshunoslik sohalarining aynan O‘zbekistonda rivoj topishi uchun qator 
ishlarni amalga oshirdi. Endilikda ilmiy ish olib boradigan tadqiqotchilar oldida 
turgan vazifa – yozma manbalarning avvalgi matnshunoslik va lingvistik 
tahlillaridan kelib chiqib, har bitta hujjatning yozilish tarixi, hujjat bilan bog‘liq 
tarixiy jarayonlarni izchil o‘rganish bo‘lib qolmoqda. 
Mug‘ arxividagi 1.I raqamli hujjatda O‘rta Osiyoning arablar tomonidan istilo 
etilishi davri, ya’ni 720-722 yillardagi siyosiy voqealar aks etgan. Voqealarning 
ishtirokchilari aynan hujjatlar orqali ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. Ularning 
qanday mavqega ega bo‘lganligi hamda siyosiy jarayonlarga qay darajada ta’sir 
etganligi tarixiy nuqtai nazardan muhimdir. 
Aynan 1.I hujjatining tavsifiga keladigan bo‘lsak, mazkur hujjat ko‘p sonli 
Mug‘ arxivi hujjatlari qatorida 1932 yilning bahorida Tojikiston Respublikasi 
Zahmatobod tumani Haydarobod qishlog‘ida yashovchi cho‘pon Jo‘raali 
Mahmadali tomonidan topilgan. Savat ichida joylashtirilgan ipak qog‘ozga notanish 
harflar bilan yozilgan hujjatlar bir necha oylar davomida qo‘ldan-qo‘lga o‘tib yurdi. 
Nihoyat, o‘sha vaqtlarda Zahmatobod tumani kompartiya qo‘mitasi kotibi bo‘lib 
ishlagan Abdulhamid Puloti sa’yi harakati bilan hujjatlar Dushanbe shahriga olib 
kelindi. Bu erda ularni qadimgi so‘g‘d tilida yozilganligi aniqlangandan so‘ng, 


25 
fotonusxalari Leningrad (Sankt-Peterburg) professori A.A. Freymanga o‘rganib 
chiqishga yuborilgan edi. Ipak tolalari aralashmasidan tayyorlangan yuqa oqish-
kulrang qog‘ozga bitilgan bu hujjat yaxshi saqlanib qolgan. Uning hajmi 28,9x28,2 
o‘lchamda bo‘lib, deyarli to‘rtburchak shaklda bo‘lgan. Uning barcha 23 qatori 
to‘liq saqlangan. Qog‘oz to‘rtga buklangani bois, buklangan izlaridan yirtila 
boshlagan. Qog‘ozning chap burchagidan ozgina uzilgan. Ammo matn qismi zarar 
ko‘rmagan. Varaqning ostki qismida unga shirach bilan ikkinchi bir qog‘oz ulangan. 
Ammo bu parcha saqlanmagan, faqatgina qog‘oz izlari qolgan xolos. Uni ilk bor 
tadqiq qilgan A.A. Freyman dastlab hujjatning maktub ko‘rinishida ekanligiga 
e’tibor qaratgan. O‘qish jarayonida bu maktub Panch hukumdori Devashtichga 
yo‘llanganligi aniqlangan. Sababi hujjat “Sug‘d podshosi, Samarqand hokimi 
Devashtichga yuborilgan deb boshlanar edi. 
Yuqoriga tahlil etilgan O‘rta Osiyo hududidan topilgan Nisadagi Parfiya 
arxivi, shimoliy Afg‘onistondan topilgan Baqtriya arxivi, qadimgi Xorazmdagi 
Tuproqqal’a arxivi va Mug‘ tog‘idan topilgan arxiv hujjatlari bizga mintaqamizda 
ro‘y bergan siyosiy voqealar xususida ma’lumot beradi. Qolaversa, bu hujjatlar 
tarixiy shaxslar faoliyatiga to‘g‘ri baho berish, ularning yutuq va kamchiliklaridan 
xulosa chiqarish, eng asosiysi tarixiy saboq uchun yordam beradi.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin