Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


O‘rta Osiyo sivilizasiyasining namunasi bo‘lgan ilk yozuv va arxiv



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/71
tarix13.12.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#175214
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   71
Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019

1. O‘rta Osiyo sivilizasiyasining namunasi bo‘lgan ilk yozuv va arxiv 
xujjatlarining topilishi. 
Yozuv ilk sivilizatsiyaning asosiy belgisi hisoblanadi. 
Insoniyat tarixida harflarga asoslangan yozuvga mil.av. II ming yillik oxirida 
finikiyaliklar asos solgan. Shu yozuv asosida oromiy, grek alfavitlari paydo bo‘lgan. 
Turon zaminda yashagan xalqlar ham, shu jumladan, o‘zbek xalqi behad ko‘hna 
yozuv madaniyatiga ega. Ular qadimda turli yozuvlardan foydalanib kelganlar. Bu 
yozuvlar o‘z sistemasiga ko‘ra, asosan, fonografik – harf-tovush yozuvidan iborat 
bo‘lgan. O‘rta Osiyoda ham arab yozuviga qadar yunon, oromiy yozuvi asosida 
paydo bo‘lgan qadimgi baqtriya, xorazmiy, so‘g‘diy yozuvlari bo‘lganligi 
arxeologik manbalar asosida o‘z isbotini topmoqda. 
Oromiy yozuvi qadimgi som (finikiy) yozuvi asosida paydo bo‘lgan 
konsonant (undosh) deb atalmish yozuv turidir. U mil.av. 1-ming yillik boshida 
yuzaga kelgan. Oromiy alifbosi faqat undoshlarni ifodalovchi 22 harfdan tashkil 
topgan. Oromiy yozuvida so‘zlar bir tik chiziq yoki nuqta bilan ajratib yozilgan. 
Keyinchalik esa so‘zlar o‘rtasida bo‘sh joy qoldirish yo‘li bilan ajratilgan. 
O‘rta Osiyoda oromiy xatining eng qadimgi namunasi mil.av V-IV asrga oid. 
Sopol idish – xum sirtiga bitilgan bu yozuv arxeolog olim M.Mambetullaev 
tomonidan Katta Oybuyirqal’a shahrini o‘rganish davomida topilgan. Mutaxassislar 
fikricha, bu xat bo‘lagi xorazm yozuvida emas, balki oromiyda bo‘lgan. Garchand 
shunday bo‘lsada, bu xat oromiy yozuvining Oks va Yaksart oralig‘idagi sarhadda 
tarqala boshlaganligining ilk namunasi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. 
O‘rta Osiyoda oromiy yozuvi namunasida vujudga kelgan yozuvlardan yana 
biri baqtriya yozuvidir. Baqtriya yozuvi va tilining tarix, tilshunoslik va 
sharqshunoslik fanlariga kiritilishi bevosita mashhur olmon olimi V.Xenning nomi 


14 
bilan bog‘liq. 1957 yilda shimoliy Afg‘onistonning Bog‘lon hududidagi Surxko‘tal 
deb nomlangan, Kushon podsholari sharafiga bitilgan mahobatli xatning topilishi 
fanga baqtriya yozuvining o‘rganilish tarixini boshlab bergan edi. O‘zbekiston 
hududidagi eng dastlabki baqtriya yozuvlari 1962 yilda arxeolog B.Ya. Staviskiy 
rahbarligida Eski Termizning Qoratepa manzilgohidan topilgan. Baqtriya yozuvi 25 
ta harfdan iborat bo‘lib, chapdan o‘nga qarab o‘qiladi. Eng qadimgi baqtriya 
yozuvlari qayd etilgan yodgorliklar sirasiga Mirzaqultepa, Fayoztepa, Kampirtepa, 
Qoratepa, Ayritom, Zartepa, Dalvarzintepa, Xotinrabot, Xayitobodtepa kiradi. Bu 
manzilgohlardan topilgan yozuv namunalari Baqtriya arxivi deb ataladi. Bu arxiv 
hujjatlari namunalari devorga, toshga, qayin po‘stlog‘iga, sopolga, yog‘ochga,
haykallarga va boshqa narsalarga yozilgan. 
Mintaqamizda mavjud bo‘lgan qadimgi yozuvlardan yana biri xorazm 
yozuvidir. Olimlar xorazm tilini osetin va sug‘d tillari bilan birgalikda hind-evropa 
tillarining qadimgi massaget va skiff (sak) tillari chatishishi natijasida vujudga 
kelgan “shimoliy eron” deb ataluvchi sak-sarmat guruhiga kiritishadi. Qadimgi
xorazm tilini rus olimi V.A.Livshits sug‘d va shimoliy-sharqiy eron tillari 
oralig‘idagi o‘ziga xos til bo‘lib, uning Parfiya, Osetin va “Avesto” tillari bilan 
o‘zaro umumiyligi bor deb hisoblangan. 
Xorazm hududlari (quyi Amudaryo havzasi) da 1937-yildan boshlangan 
arxeologik qazishmalar davomida ko‘plab moddiy madaniyat yodgorliklari topilgan 
bo‘lsada, biroq xorazm tili va yozuvini o‘zida aks ettiruvchi topilmalar miloddan 
avvalgi I-ming yillikning o‘rtalarigacha bo‘lgan madaniy qatlamlarda arxeologlar 
tomonidan hanuzgacha qayd qilinmagan. O‘rta Osiyo xalqlarining eng qadimgi 
yozuvi bu humning sirtiga tushirilgan xorazm tilidagi qisqa yozuvdir. Bu yozuv 
namunasi Katta Oybo‘yir qal’a shahar harobasidan topilgan bo‘lib, u miloddan 
avvalgi V-IV asrlarga tegishlidir. 
Miloddan avvalgi IV milodiy I asrlarga taalluqli Qo‘yqirilganqal’a 
yodgorligidan hum sirtiga bitilgan yozuv na’munasi topilib, u oromiycha osonlikcha 
o‘qiladigan xat bilan o‘yib yozilgan edi. Yozuv “Aspabarak” yoki “ Aspabadak” 
deb o‘qiladi. Shubhasiz bu so‘z eronchadir. So‘zning ot o‘zagi ham, fe’l o‘zagi ham, 


15 
uning ohiridagi affiks ham eronchadir. So‘zni “otda ketayotgan” yoki “otda minib 
turgan” (chavandoz) deb tarjima qilish mumkin. Umuman Qo‘yqirilganqal’a 
yozuvlarining xronologik chegarasi miloddan avvalgi III-asrga, eng so‘ngilari 
miloddan avvalgi II-asrning boshlariga to‘g‘ri keladi.
Qadimgi Xorazm yozuvi yodgorliklari bizning davrimizga qadar numizmatik 
materiallarda, qadimgi xo‘jalik buyumlarida (kumush piyola va kosalarda) saqlanib 
kelgan. Shuningdek, arxeologik izlanishlar jarayonida Tuproqqal’a, To‘qqal’a va 
Misdaxkon shahar-qal’alaridan ham juda ko‘plab yozuv namunalari arxivi 
topilganki, qo‘lga kiritilgan boy yozuv yodgorliklari qadimgi Xorazmning arab 
istilosiga qadar bo‘lgan siyosiy, moddiy va ma’naviy hamda xo‘jalik munosabatlari 
tarixini yanada teranroq idrok etishga yordam beradi.
Sug‘d yozuvi oromiy yozuvi asosida shakllangan harf-tovush yozuvidir. Bu 
yozuv qariyb ming yil davomida hozirgi O‘zbekiston va qisman Tojikiston yerlarida 
(Zarafshon vodiysi) joylashgan qadimgi Sug‘diyonada qo‘llanilgan. Sug‘d 
yozuvining mil. boshlariga oid eng qadimgi namunasi O‘zbekistonda Samarqand 
yaqinidagi Taliborzu tepaligidan topilgan. 
Sug‘d yozuvi somiy alifbolari kabi konsonant yozuv bo‘lgan, ya’ni harflar, 
asosan, undosh tovushlarni ifoda etgan. VII –VIII asrlarda sug‘dlar o‘z alifbolarini 
23 harfdan iborat deb hisoblaganlar, ya’ni 22 harf oromiy asliga borib taqalgan va 
alifboga oromiy alifbosidagi tartibda joylashgan. Bitta qo‘shimcha 23-harf esa 12-
harfning takroridan iborat bo‘lgan. IV asrning boshlarida ayrim harflar chiqib 
ketgan, ayrim harflar esa bir-biriga o‘xshash shaklda yozila borishi natijasida bir 
harfga kelib qolgan. Ana shu tariqa sug‘d alifbosi 17 harfdan iborat bo‘lib qolgan. 
Umuman olganda, O‘rta Osiyo xalqlari to‘g‘risidagi ilk yozma hujjatli 
ma’lumotlar majmuasini, ya’ni arxiv hujjatlari kolleksiyasiga: qadimgi Nisadagi 
Parfiya arxivi, Xorazmdagi Tuproqqal’a arxivi, Mug‘ qal’asi xarobalaridan topilgan 
Divashtich arxivi kiradi.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin