O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
5A140101-BIOLOGIYA (TURLAR BO‘YICHA) MAGISTRATURA MUTAXASSISLIGIGA
KIRISH SINOVLARI UCHUN MAXSUS FANLARDAN
DASTUR VA BAHOLASH MEZONI
Samarqand – 2021
Dastur Oliy Ta’limning “Botanika”, “O‘simliklar fiziologiyasi”, “Odam va hayvonlar fiziologiyasi”, Zoologiya, Genetika fanlari majmuasini o‘zida aks ettirgan. Mazkur dastur 5A140101- “Biologiya (fan yo‘nalishlari bo‘yicha)” mutaxassisligi bo‘yicha maxsus fanlardan magistraturaga kirish sinovlarini topshiruvchilarga mo‘ljallangan.
SamDU “Botanika” kafedrasi mudiri professor X.Q.Haydarov
SamDU “O‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya” kafedrasi mudiri, dotsent S.X. Uroqov SamDU “ Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo ” kafedrasi mudiri, dotsent M.S.Kuziev SamDU “Zoologiya” kafedrasi mudiri professor A.R.Jabborov
Taqrizchilar
SamDU “Botanika” kafedrasi dotsenti Z.B. Nomozova
SamDU “O‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya” kafedrasi mudiri, dotsent B.Avutxonov SamDU “ Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo ” kafedrasi mudiri, dotsent B.M.Bozorov
Dastur Biologiya fakultetining 2021 yil 28 iyundagi 10-sonli kengash yig‘ilishida, Universitet kengashining 2021 yil 30 iyundagi 11-son yig‘ilishida muhokama etilgan va tavsiya etilgan.
KIRISH
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da ta’limning tabiiy yo‘nalishi bo‘limida ko‘rsatib o‘tilgan, talabalarning tabiat haqidagi dunyoqarashini boyitish, ularda mustaqil fikrlash tuyg‘ularini qaror toptirish olingan nazariy va amaliy bilimlarni hayotga tadbiq etishni amalga oshirishga qaratilganligi bilan belgilanadi.
5A140101- Biologiya (fan yo‘nalishi bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha tayyorlanayotgan magistrlar O‘simliklar fiziologiyasi bo’yicha Hujayra membranasining vazifalari, tuzilishi va xossalari. O‘simliklarda suv almashinuvi fiziologiyasi. Mineral oziqlanish fiziologiyasi, O‘simliklarda suv almashinuvi fiziologiyasi. Fotosintez fiziologiyasi, Nafas olish jarayoni, uning moddalar almashinuvidagi o‘rni, O‘simliklarda moddalar tashiluvi, O‘simliklarning o‘sish va rivojlanish fiziologiyasi, O‘simliklarning noqulay omillarga chidamliligi, O‘simliklarning patogenlar va fitofaglardan himoyalanishi to‘g‘risidagi:
Odam va hayvonlar fiziologiyasi bo‘yicha Odam va hayvonlar fiziologiyasining predmeti va vazifalari, Qo‘zg‘aluvchan to‘qimalar fiziologiyasi, Mushak tizimining umumiy fiziologiyasi, Asab tizimining umumiy fiziologiyasi, Asab tizimining xususiy fiziologiyasi, Sensor tizimlar fiziologiyasi, Endokrin tizim, Qon, limfa va to‘qima suyuqligi, Qon aylanishi fiziologiyasi Nafas olish fiziologiyasi, Ovqat hazm qilish fiziologiyasi, Ayiruv a’zolari tizimi, Modda va energiya almashinuvi, Harorat boshqariluvi, Oliy asab faoliyati fiziologiyasi haqidagi:
-Botanika fani biologiya fanlari tizimidagi eng asosiy fanlardan biri. Hozirgi zamon botanika fani bir qancha mustaqil fanlarga bo‘linadi. Biotexnologiya yo‘nalishi uchun o‘tiladigan umumiy botanika kursi asosiy bo‘limdan iborat, o‘simliklar morfologiyasi va anatomiyasi, mikologiya va algologiya, yuksak o‘simliklar haqidagi:
zoologiya fanining asoslarini mukammal bilishi, hayvonot olamining xilma – xilligi va ularning xususiyatlarini bilish, bir hujayrali va ko‘p hujayrali, umurtqali va umurtqasiz hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishi va ko‘payishi, rivojlanishi hamda yashash muhiti bilan munosabatlarini, shuning bilan birga hayvonlarning o‘zaro munosabatlarini bilish, ko‘p hujayrali hayvonlarni kelib chiqish nazariyalari to‘g‘risidagi;
Genetika fan dasturi organizmlardagi irsiyat va o’zgaruvchanlik, genetika faniga oid bilimlar inson uchun zarur bo‘lgan, xalqxo‘jaligining deyarli hamma sohalarda qo‘llaniladi. Hozirgi davrda genetikaning juda tez rivojlanayotgan sohalari biotexnologiya va genetika injeneriya seleksiyaning asosiy usullari hisoblanadi. Seleksiyaning asosiy vazifalari esa madaniy o‘simlikning hosildor navlarini, uy hayvonlarining yangi zotlarini, mikroorganizmlarning foydali shtammlarini keltirib chiqarishni o’rganib oladilar. Shu bilan birga molekulyar genetika va genetik injeneriyaning keyingi yillarda barq urib rivojlanishi mikroorganizmlar, o‘simliklar va hayvonlar irsiyatini inson uchun foydali tomonlarga o‘zgartirish imkoniyatini yaratishni, ayniqsa odam genetikasi muamolarini o‘rganishda, odamlarda uchraydigan irsiy kasalliklarni davolashning istiqbolli usullarini yaratishda haqidagi ma’lumotlarni o‘rganish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |