Fotosintez yashil o‘simliklarning nodir xususiyatidir. Fotosintezning mohiyati va ahamiyati. O‘simlik organizmida energiya va moddalar almashinuvi jarayonlarida fotosintezning o‘rni. Fotosintezning erdagi hayot uchun ahamiyati. Bargning fotosintetik organ sifatida tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlari. Barg optik tizim sifatida. Fotosintetik apparatning strukturaviy tuzilishi. Xloroplastlarning ontogenezi va filogenezi. Xlorofillar, fikobilinlar va karotinoidlarning tuzilishi, xossasi, va fotosintezdagi vazifalari. Pigmentlarning funksional va ekologik ahamiyati. Pigmentlar biosintezining regulyasiyasi. Fotosintetik pigmentlar tizimidagi energiyaning migratsiyasi. Fotosintetik birlik. Reaksion markazlar va ularning pigmentlari. Rsaksion markazdagi oksidlanish-qaytarilish jarayonlari. Fotosintez elektron transport zanjirining tarkibiy komponentlari. Elektronlarning o‘simlik va bakteriyalardagi siklik va notsiklik oqimi. YUksak o‘simliklar fotosintezining elektron transport zanjiri. Fotofosforlanish. Fotofosforlanishning asosiy turlari: siklik, notsiklik. Fotosintez energetikasi. Fotosintezning qorong‘ulik bosqichlari. S3 va S4 - o‘simliklarda S02 gazining birlamchi akseptorlaritabiati. Akseptorlarining regeneratsiyasi. Kalvin sikli. Xetch - Slek sikli va SAM metabolizmi.
Fotosintez ekologiyasi. Fotosintezning tashqi sharoit va organizm holatiga bog‘liqligi. Fotosintetik jarayonlarning sutkalik va mavsumiy ritmlari. Turli ekologik guruhga mansub o‘simliklar fotosintezining o‘ziga xos xususiyatlari. Sanoat fitotronikasi va yopiq tizimlar sharoitida fotosintez. Fotosintez va o‘simliklarning umumiy mahsuldorligi.
Nafas olish jarayoni, uning moddalar almashinuvidagi o‘rni
Nafas olish haqidagi ta’limotlarning rivojlanish tarixi. Hujayrada oksidlanish-qaytarilish jarayonlari va ularning mexanizmlari. Biologik oksidlanish. Nafas olishning biologik ahamiyati. Nafas olishning katalitik tizimlari. Substrat va molekulyar kislorodning faollanishi mexanizmlari. Radikallarning oksidlanish jarayonlaridagi o‘rni. Uglevodlar dissimilyasiyasining asosiy yo‘llari. Glyukoza oksidlanishining pentozamonofosfat yuli va uning xujayra konstruktiv almashinuvndagi o‘rni- Glikoliz. Achishning turlari. Krebs sikli, glioksalat sikli. Mitoxondriyalarning elektron-transport zanjiri: strukturasi, asosiy komponentlari va ularning oksidlanish-kaytarilish potensiallari. Oksidlanishli fosforlanish. Substrat darajasidagi va nafas olish zanjiridagi fosforlanishlar. Elektronlar tranportining ATF sintezi jarayoni bilan bog‘lanish mexanizmi. Jarayonning energetik samaradorligi. Nafas olishning konstruktiv metabolizmdagi ahamiyati va hujayraning boshqa funksiyalari bilan bog‘liqligi. Nafas olish ekologiyasi. Gaz almashinuvining mikdoriy ko‘rsatkichlari. Nafas olishning o‘simlik biologik xususiyatlari, yoshi, to‘qima turi va rivojlanish sharoitiga bog‘liqligi. Hosilni saqlashda nafas olishning ahamiyati.