Vazirligi samarqand davlat



Yüklə 101,68 Kb.
səhifə3/30
tarix31.01.2023
ölçüsü101,68 Kb.
#82013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Vazirligi samarqand davlat

Dasturning mazmuni


“Biologiya” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga kirish xoxishi bo‘lgan talabgorlardan bakalavriatura bosqichida o‘qitilgan maxsus fanlar dasturlariga kiritilgan mavzular bo‘yicha quyidagi tushunchalarga ega bo‘lishi va savollarga javob bera olish talab qilinadi.


Dasturning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni





  1. O‘SIMLIKLAR FIZIOLOGIYASI

Hujayra membranasining vazifalari, tuzilishi va xossalari.


Hujayra membranasining tuzilishi. Hujayra membranasining xossalari va vazifalari.

O‘simliklarda suv almashinuvi fiziologiyasi


O‘simliklarda suv almashinuvining umumiy tavsifi. Suvning o‘simlik hayotidagi ahamiyati, fizik-kimyoviy xossalari. O‘simliklardagi suvning holati va fraksion tarkibi. Erkin va bog‘langan suv. Tuproqdagi suv farmalari. Hujayraga suvning yutilish qonuniyatlari. Suv rejimining termodinamik ko‘rsatkichlari: suvning faolligi, kimyoviy potensial, suv potensiali. So‘rish kuchi. Ildizlarga suv yutilishi. Suvning o‘simlik bo‘ylab harakatlanish mexanizmlari. YAqin va uzoqqa tashilish yo‘llari. Ildizning tuzilishi. Ildiz bosimi, guttatsiya, transpiratsiya va ularning fiziologik axamiyati. Transpiratsiyaning mikdoriy ko‘rsatgichlari: jadalligi, koeffitsienti. Kutikulyar va labchali transpiratsiya. Transpiratsiya jadalligiga tashqi muhit omillarining ta’siri. Transpiratsiyaning sutkalik holati. O‘simliklarda suv almashinuvi ekologiyasi. Turli ekologik guruh o‘simliklarida suv almashinuvining xususiyatlari va tashqi muhit omillari ta’siriga moslanishi. Sug‘orishning fiziologik asoslari.

Mineral oziqlanish fiziologiyasi


Mineral oziqlanishning o‘simlik hayotidagi ahamiyati. Makro-, mikro- va ultramikroelementlar. Ionlarning metabolizmdagi asosiy funksiyalari: strukturaviy va katalitik. Ionlarning yutilish mexanizmlari. Diffuziya va adsorbsiya. Ionlarning passiv va faol tashiluvi. Tashuvchi ATF azalar. Ion nasoslari. Membrana potensialining ahamiyati. Yutilish jarayonlarining kinetikasi. Hujayra membranasi strukturalarining ionlar yutilishi va kompartmentatsiyasidagi ishtiroki. Vakuolaning roli. Pinotsitoz. Moddalarning ildizlarga yutilish jarayonining o‘simlikning boshqa funksiyalari bilan aloqadorligi va unga muhit omillarining ta’siri.
Ildizlarda ionlarning yaqin masofaga tashiluvi. Simplastik va apoplastik yo‘llar. Uzoqqa tashiluv.
Asosiy oziqa elementlarining fiziologik va biokimyoviy roli.
Azot. O‘simliklar tomonidan azotning o‘zlashtirilishi. Nitratli va ammoniyli azotlar. Nitratlarni
qaytarilishi. Ammiakning assimilyasiya yo‘llari. Molekulyar azotning simbiotik fiksatsiyasi. O‘simliklarda aminokislotalar sintezi. Amidlarning roli. Tabiatda azotning aylanishi.
Fosfor. O‘simliklar tomonidan fosforning o‘zlashtirilishi, fosforning tabiiy brikmalari. Fosforning makroergik birikmalari va ularning energiya almashinuvidagi o‘rni. Xujayra strukturalari va fermentlar tizimini hosil bo‘lishida fosforli birikmalarning ishtiroki. O‘simliklarning fosforli zahira birikmalari.
Kaliy. Kaliyning protoplazma xossalariga, oqsillar sinteziga va fermentlar faolligiga ta’siri. To‘qimalarda ionlar balansining saqlanishida kaliyning o‘rni. Kalsiy. Xujayra qobig‘ining hosil bo‘lishi, membranalar struktura butunligining saqlanishida kalsiyning ishtiroki. Magniy. Magniy va xlorofill. Magniyni ribosomalarning shakllanishidagi va fosfat guruxlarini ko‘chirishdagi o‘rni. Mikroelementlar. Mikroelementlarning o‘simliklar metabolizmidagi o‘rni. Mis, marganets, molibden, rux, bor va boshqa mikroelementlarning fiziologik roli. Mikroelementlar fermentlar tizimini faollashtiruvchi va prostetik guruh komponentlaridir. Fotosintez va nafas olish jarayoni elektron transport zanjirining shakllanishi va faoliyatida mikroelementlarning ishtiroki. Mikroelementlar va o‘sish jarayoni. Oziqa aralashmalari. Fiziologik nordon va fiziologik asosli tuzlar. Ionlarning o‘zaro ta’siri. Dehqonchilikda o‘g‘itlar qo‘llashning fiziologik asoslari. O‘simliklarni tuproqsiz o‘stirish usullari. Gidroponika. Aeroponika.

Yüklə 101,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin