Botanika fani biologiya fanlari tizimidagi eng asosiy fanlardan biri. Hozirgi zamon botanika fani bir qancha mustaqil fanlarga bo‘linadi. Ekologiya ta’lim yo‘nalishi uchun o‘tiladigan umumiy botanika kursi asosiy bo‘limdan iborat: o‘simliklar morfologiyasi va anatomiyasi; mikologiya va algologiya; yuksak o‘simliklar.
Hujayra va uning tuzilishi
O‘simlik hujayrasining tuzilishi. Ularning shakllari va o‘lchamlari. Parenxima va prozenxima hujayralari. Hujayra qobig‘i. Sitoplazmatik membrana (plazmolemma). Sitoplazma (protoplazma). Protoplast. Organoidlar. Hujayraning bo‘linishi: amitoz, mitoz va meyoz.
O‘simlik to‘qimalari
To‘qimalarni tavsiflash asoslari. To‘qimaning ta’rifi, ahamiyati va o‘simlik tanasida joylanishi. Hosil qiluvchi to‘qimalar (meristema) va uning o‘simlik hayoti uchun ahamiyati. Uchki, yon va oraliq meristemalar. Meristema hosil qiluvchi hujayraning o‘sishi va tafovutlanishi. Doimiy to‘qimalar, ularning xilma-xilligi, oddiy va murakkab, birlamchi va ikkilamchi to‘qimalar. To‘qimalarning vazifalari. Qoplovchi, mexanik, o‘tkazuvchi, g‘amlovchi, o‘zlashtiruvchi, singdiruvchi va ajratuvchi to‘qimalarning tuzilish xususiyatlari.
Novdaning morfologik va anatomik tuzilishi
Novda. Uning morfologisi. Novdaning o‘sish nuqtasi boshlang‘ich barglar va yon kurtaklarning joylanishi. Novdaning rivojlanishi va o‘sishi. Novdaning morfologiyasi. Bo‘g‘imlar, bo‘g‘im oraliqlari: qisqa va uzun novdalar. Ustki, yon va qo‘shimcha kurtaklar, ularning mohiyati va joylanish xossalari, kurtakning tuzilishi. Novdaning shakl o‘zgarishi: tugunaklar, poyalar, tugunak piyozlar, piyozbosh, jingalaklar tikonlar, kladofiylar, fillokladiyalar. Ularning xo‘jalikdagi ahamiyati. Poya anatomik tarkibining rivojlanishi. Epidermis, prokambiy, uning tuzilishi. O‘tkazuvchi bog‘lamlarning rivojlanishi. Bir pallali o‘simliklarda prokambiyning joylanish asoslari. Daraxt (ko‘p yillik ) poyalarning anatomik tuzilishi.