Vazirligi samarqand davlat


Oltioyoqlilar yoki hasharotlar katta sinfi- Hexapoda. Xasharotlar (Insecta) sinfi



Yüklə 101,68 Kb.
səhifə22/30
tarix31.01.2023
ölçüsü101,68 Kb.
#82013
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
Vazirligi samarqand davlat

Oltioyoqlilar yoki hasharotlar katta sinfi- Hexapoda. Xasharotlar (Insecta) sinfi.


Tana bo‘limlari va o‘simtalari. Bosh, ko‘krak va qoirin bo‘limlarining tuzilishi. Qanotlar va oyoqlarning tuzilishi, xilma-xilligi va ularning kelib chiqishi. Hasharotlarning ichki tuzilishi. Hasharotlar tanasidagi suv miqdorining boshqarilishi. Malpigi naychalari. Quruqlikda yashashga moslashuvi. Hasharotlarning ko‘payishi va rivojlanishi. Rivojlanishiga ko‘ra hasharotlarning asosiy bo‘limlari. Metamorfoz turlari. Jamoa bo‘lib yashovchi hasharotlar va ulardagi polimorfizm. Ekologiyasi va etologiyasi. Kenja sinflari va turkumlari. Hasharotlarning tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati. Tabiatdagi sanitar hasharotlar. Kasallik tarqatuvchi va parazit hasharotlar. Qishloq xo‘jalik va o‘rmonchilik zarakunandalari. Zararkunandalarga qarshi biologik kurash usullari. Entomofag hasharotlar. Xonakilashtirilgan hasharotlar va ularning ahamiyati. Hasharotlar paleontologiyasi va filogeniyasi.

Ikkilamchi og‘izlilar (Deuterostomata). Ignaterililar (Echinodermata) tipi.


Ikkilamchi og‘izlilarning umumiy belgilari. Ignatanlilar tipi, umumiy tavsifi. Ularning tana simmetriyasi. Ambulakral sistema. Nerv, ayirish va qon aylanish sistemalari. Jinsiy sistemasi va rivojlanishi. Klassifikatsiyasi. Pelmatozoylar kenja tipi. Dengiz nilufarlari sinfi. Eleuterozoylar kenja tipi. Dengiz yulduzlari, ofiuralar. Dengiz kirpilari, goloturiyalar sinflari, ularning tuzilishi.

Xordalilar tipi.


Umurtqalilar zoologiyasining ob’ektlari va predmeti. Fanning rivojlanish tarixi va uslublari. Fanning maqsad va vazifalari. Tipning umumiy ta’rifi. Xordalilarni hayvonot olami sistemasida tutgan o‘rni. Xordalilarni o‘ziga xos muhim belgilari va ularning biologik ahamiyati. Xordalilarning kelib chiqishi. CHala xordalilar tipi. Balanogloss misolida tip vakillari tuzilishining asosiy belgilari. Tarqalishi, turlar soni, biologiyasi, chala xordasi. Pardalilar yoki lichinka xordalilar kenja tipi. Kenja tip vakillarini tuzilishining asosiy belgilari. Assidiyalar sinfi. Biologik xususiyatlari: yakka va koloniya bo‘lib yashovchi, o‘troq va erkin suzuvchi turlari. Assidiyaning tuzilishi, ko‘payishi va rivojlanishi: jinsiy va jinssiz ko‘payish, lichinkaning tuzilishi va rivojlanish davrlari. Salplar sinfi. Biologiyasi: yakka va kolonial turlari. Salp va bochyonochkalarning tuzilishi va rivojlanishi. Metogenez va uning biologik ahamiyati. Appendikulyariyalar sinfi. Biologiyasi, tuzilishi, ko‘payishi va rivojlanishi. Pardalilarning kelib chiqishi va evolyusiyasi xaqidagi g‘oyalar. Neogeniya g‘oyasi (Garstrang), A.N.Seversov va N.A.Livanov qarashlari. Xordalilar evolyusiyasini tushunishda A.O.Kovalevskiy izlanishlarining ahamiyati. Bosh suyaksizlar kenja tipi. Boshxordalilar sinfi. Tuzilishining asosiy belgilari va sistematikasi. Kelib chiqishi. Lansetnikning tuzilishi va biologiyasi. Boshxordalilar hayot tarzi va amaliy ahamiyati.Umurtqalilar kenja tipi. Umurtqalilarning kelib chiqishi. Tuzilishining asosiy belgilari: o‘q skeleti, bosh skeleti, qo‘l-oyoq skeletlari, ovqat hazm qilish sistemasi, nafas olish
sistemasi va sezgi a’zolari. Tuzilishining murakkablashishi, a’zolarining taraqqiyoti – umurtqalilar progressiv evolyusiyasining asosiy sharti ekanligi. Jag‘sizlar bo‘limi. To‘garak og‘izlilar sinfi. Sinf vakillarining tuzilishi va umumiy belgilari. To‘garak og‘izlililarning kelib chiqishi va evolyusiyasi. Minoganing tuzilishi va hayot kechirishi: skeleti, nafas olish sistemasi, ovqat hazm qilish sistemasi, ovqatlanishi, qon aylanish sistemasi. Minoga va miksinalar tuzilishidagi farqlar. To‘garak og‘izlilarning amaliy ahamiyati.

Yüklə 101,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin