Nerv halqalilarningumumiy tavsifi va tiplari. Qorinkipriklilar (Gastrotricha) tipi, umumiy tavsifi, xilma-xilligi.
To‘garak chuvalchanglar (Nematoda) tipi, tuzilish xususiyatlari, tana shakli, teri-muskul xaltasi, nerv tizimi va sezgi organlari, xarakatlanishi, oziqlanishi, ayirish tizimi, ko‘payishi va rivojlanishi. Parazit nematodalar va ularning odam, qishloq xo‘jalik hayvonlari va o‘simliklar uchun ahamiyati.
Qil chuvalchanglar (Nematomorpha) tipi: umumiy belgilari, xilma-xilligi. Priapulida, Loricifera, Kinorhyncha tiplari, vakillari. Nerv halqalilar filogeniyasi.
Xalqali chuvalchanglar (Annelida) tipi.
Tana tuzilishi va organlarining metameriyasi. Parapodiylar. Ikkilamchi tana bo‘shliq vazifasi va kelib chiqishi. Ko‘p tuklilar sinfi. Umumiy tavsif. Ko‘payishi, embrional rivojlanishi. Troxofora va metatroxofora. Ekologiyasi. Dengiz faunasidagi ahamiyati. Kamtuklilar sinfi. Tuzilishi, suv va tuproqda yashovchi formalari. Kamtuklilarning biogeotsenozlarda tarqalishi, zamburug‘lar bilan o‘zaro aloqasi. Biogumus va ekologik toza maxsulotlar olishdagi ahamiyati. YOmg‘ir chuvalchangining tuproqdagi roli. Zuluklar sinfi. Ko‘payishi va rivojlanishi. Zuluklar turkumi vakillarining tibbiyotdagi ahamiyati. Zuluklarning xilma-xilligi. Xalqali chuvalchanglar filogeniyasi.
Mollyuskalar yoki yumshoqtanlilar tipi.
Umumiy tavsifi. Chig‘anoqning tuzilishi va ahamiyati. Mantiya. YOnboshnervlilar kenja tipi, umumiy tavsifi. Xitonlar, tashqi va ichki tuzilishi. CHig‘anoqlilar kenja tipi. Qorinoyoqlilar sinfi. Tuzilishi, asimmetriya va uni kelib chiqishi. Organlar sistemasi. Ekologiyasi. Ahamiyati. Kenja sinflari va muhim vakillari. Plastinkajabralilar yoki ikkipallalilar sinfi. CHig‘anog‘i va uning ochilish mexanizmi va qulflar. Biofiltratsiya. Ikkipallalilarning xalq xo‘jaligida ahamiyati. Boshoyoqli mollyuskalar sinfi. Umumiy tavsifi. Chig‘anoqning reduksiyaga uchrashi va ichki skeletning rivojlanishi. Biologiyasi. Boshoyoqli mollyuskalarning oziq ovqat sanoatida ahamiyati. Mollyuskalarning filogeniyasi.