54
boshqarmasiga nazorat qilib turish topshirilgan. Bu boshqarma Maorif xalq
komissarligi huzurida tashkil qilingan.
YADAF 8 ta seksiya va 4 ta bo‘limdan iborat edi. Bo‘limlar
quyidagilardan
iborat bo‘lgan:
1-bo‘lim. Ma’muriy-diplomatik (yuridik seksiyalarni birlashtiradi);
2-bo‘lim. Harbiy seksiya;
3-bo‘lim. Maorif va iqtisodiyot seksiyalari;
4-bo‘lim. Tarixiy-inqilobiy, Sharq va matbuot seksiyalaridan iborat bo‘lgan.
Davlat arxivi fondiga faqat 1917-yildan oldingi tashkilotlar arxiv hujjatlarigina
emas, balki sovet tashkilotlari arxiv hujjatlari ham qabul qilingan. Tashkilotlarda
hujjatlar 5 yil saqlanishi va keyin davlat arxiviga topshirilishi belgilangan.
Shu davrdan boshlab YADAF tarkibidagi arxiv hujjatlari ekspertiza qilinib,
doimiy saqlash uchun ajratilgan hujjatlar tartibga solindi va ro‘yxatlashtirildi. 1920-
1922-yillarda YADAFda 150 mingga yaqin hujjatlar ro‘yxatga olingan. 1924-yilga
kelib butun saqlanayotgan arxiv materiallarining uchdan bir qismi tartibga solingan
edi.
Shunday qilib, arxiv hujjatlarini tartibga solish, ulardan ilmiy va amaliy
maqsadda foydalanish imkoni berildi. Arxivning ilmiy
xodimlari bir necha ilmiy
ishlar tayyorlashdi. Masalan, A.A. Galperin “1918 yil martda Kolesovning
Buxoroga yurishi” asarini yozgan edi.
Arxiv ma’lumotlarini bosmadan chiqarish say-harakatlari 1922-yilda “Qizil
arxiv” deb nomlanuvchi jurnalning nashr qilinishi bilan boshlangan. Uning birinchi
galdagi vazifasi hech qanday yashirin sirning yo‘qligini ko‘rsatish edi. Jurnalda
imperiyadagi mavjut korrupsiya va tengsizliklarni takidlaydigan izohlar bilan
birgalikda chor Rossiyasi hujjatlari ham nashr qilingan. Ba’zi maqollalar esa
masxara qilish uchun nashr qilingan. O‘rta Osiyo qo‘zg‘olonining yigirma yilligiga
bag‘ishlangan, 1936-yilda nashr qilingan maqolada Farg‘ona
viloyat harbiy
gubernatori general-letenant Gippiusning tartibsizliklarni bostirish yo‘lidagi say-
harakatlari aks ettirilgan (Antonina Burton. Archive Stories.(facts, fictions and the
writing of history). – London.2005.–R.-50.).
55
1920-1924-yillarda Turkistonda metodik qo‘llanmalar ham yozildi. Masalan,
arxiv fondlarini bayon qilish, tashkilotlarda joriy arxivlar ishlarini olib borish tartibi,
joriy arxivlarni nazorat qilish va hisobga olish, hujjatlarni ajratish hamda yo‘q qilish
to‘g‘risida yo‘riqnomalar tuzildi. Shunday qilib, oktyabr to‘ntarishidan keyingi
dastlabki yillarda Turkiston arxivchilari respublika markazlashgan arxivni tashkil
qilish uchun bor kuchlarini ayamadilar. Arxiv hujjatlarini tashish uchun transport va
mablag‘ bo‘lmagan hollarda ularni arxivchilarning o‘zlari tashidilar, saqlab qolish
uchun qo‘ldan kelgan barcha choralarni ko‘rdilar. O‘sha yillar og‘ir yillar bo‘lib,
maoshlar yarim yillab berilmas edi. Lekin arxivchilar isitilmaydigan sovuq
xonalarda, och holda ishlasalar ham ishni tashlamay davom ettirganlar.
Turkiston Avtonom Sovet Respublikasining
arxiv hodimlari oktyabr
to‘ntarishidan oldingi tashkilotlarning, ya’ni Turkiston general-gubernatorligi
tashkilotlarining arxivlarini saqlab qolish uchun katta ishlarni bajardilar. Yagona
davlat arxiv fondining tashkil etilishi natijasida arxiv hujjatlarini yig‘ish bilan
birgalikda ularni tartibga solish, bayon qilish, ulardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish
bo‘yicha ham ko‘pgina ishlar amalga oshirildi.
Dostları ilə paylaş: