6- Mavzu: Turkistonda arxiv ishi tarixi (1917-1924yy.)
Reja:
1. Turkiston ASSRda arxiv ishining tashkil etilishi.
2. Arxivlarni markazlashtirish. Yagona davlat arxiv fondi (YADAF) faoliyati.
3. Turkistonda arxivlarda ish yuritish.
1.Turkiston ASSRda arxiv ishining tashkil etilishi.
Turkiston o‘lkasida
1918-yil mustabid sovet hokimiyatining o‘rnatilishi bilan izohlanadi. O‘zini idora
qiladigan mustaqil davlat qurishga go‘yo ko‘maklashayotgandek ko‘ringan sovet
hokimiyatining asl basharasi Turkiston Muxtoriyatini qonga botirishda yaqqol
namoyon bo‘ldi. Sovet hukumati Turkiston Muxtoriyati tajribasidan muhim hulosa
chiqarib, bu Turkiston hududida o‘ziga xos sovetlar andazasidagi avtonomiyani
tashkil etishga kirishgan edi. Bundan ko‘zda tutilgan bosh maqsad Turkistonning
kelajakda mustaqil, suviren davlat bo‘lib, ajralib chiqib ketishiga izm bermaslik edi.
Bolsheviklar 1918-yil yanvar oyidayoq Turkiston avtonomiyasini tuzish masalasini
ko‘tarishgan edi. 1918-yil 30-aprelda Turkiston Sovetlarining V s’ezdida “Rossiya
49
Sovet Federatsiyasining Turkiston Sovet Respublikasi haqida Nizom” qabul qilindi
va Turkiston ASSRning tuzilganligi e’lon qilindi.
Turkiston Avtonom Sovet Respublikasi ma’muriy jihatdan Farg‘ona,
Samarqand, Sirdaryo, Ettisuv, Kaspiyorti, keyinchalik Amudaryo (Turkman)
viloyatlariga bo‘lingan. Respublika hududi BXSR, XXSR, Qozog‘iston ASSR,
Afg‘oniston, Eron, Xitoy davlatlari bilan chegaradosh bo‘lgan.
Sovet davridagi kelajakda amalga oshirilishi mo‘ljallangan loyihalar
o‘tmishdagi vaqe’a hodisalar va siyosatni kommunistik ma’murlar va tarixchilar
arxiv hujjatlari bilan bog‘lab o‘rgandilar. 1917-yil inqilobidan keyin tarixiy
taraqqiyotni namoyon qilishni ahamiyatli deb hisoblaydigan marksizm tarafdorlari
hisoblangan bolsheviklar tezda chor Rossiyasi arxivlarini o‘z nazoratlariga oldilar.
Progressiv va reaksion tendensiyalarni namoyon qilish uchun kommunistik
tarixchilar materiallar yig‘a boshladilar. 1930-yillarda Stalin kitoblardagi tarixiy
materiallar ustida taxrir olib borgan bir paytda kommunistik partiyadagi bahslar o‘z
cho‘qqisiga yetgan edi. Partiya chor Rossiyasi tomonidan bosib olingan hududlar va
u yerda yashaydigan xalqlarga o‘z zulmini o‘tkazuvchi sifatida emas, imperiyaning
xalq xaloskori sifatida ifoda etilishiga e’tibor qaratdi. Sovet davrida Leningrad va
Moskva shaharlari tashqarisida arxivlardan foydalanish taqiqlab qo‘yildi. Partiya
rozilik bergan arxivshunoslargagina ruxsat berilgan bo‘lsada, ularning hujjatlarini
qoralashi ta’qiqlangan edi. Ular kun so‘ngida maxsus xodimlarga o‘z qayd
daftarlarini ko‘rsatishlari lozim bo‘lgan. Sovet Ittifoqi bo‘ylab bolshevik senzura
kuchlarini yorqin aks ettiruvchi hujjatlaridan ko‘chirmalar oldilar. Bu harakatlardan
maqsad tarixchi va o‘quvchilarni real vaqealardan uzoqlashtirib, o‘zgartirilgan
tarixga ko‘proq e’tibor qaratishni ko‘zda tutardi (Antonina Burton. Archive
Stories.(facts, fictions and the writing of history). – London.2005.–R.49-50.)
Turkistonda sovet hokimiyati o‘rnatilgach o‘lkada arxiv ishining tashkil
etilishga e’tibor qaratila boshlandi. Sho‘rolor hokimiyati rahbarlari yaxshi bilardiki,
komunistik g‘oyalarning bajarilish vazifalarining muvaffaqiyatli olib borilishi ko‘p
jihatdan qanchalik manbalar ko‘p to‘planishiga, tadqiqotchilar qaysi manbalardan
ko‘proq foydalanishiga ham bog‘liq edi. Dunyo ommasiga sho‘rolar tizimini ijobiy
50
tomondan ko‘rsatish zarur edi. Bularning barchasi hujjatli materilallarni maxsus
boshqaruv markaziga konsetratratsiya qilishi hukumat vakillari uchun va
davlatchilik siyosiy senzurasida efektiv instrument vazifasini o‘tab berishi talab
qilinar edi. Shuning uchun sho‘rolar hukumati arxiv idoralari tizimini tiklanishiga
katta diqqat-e’tibor qaratishdi.
1918-yilining aprelida RSFSR hukumati tashabbusi bilan Turkistonda
markaziy arxiv idoralari boshqarmasini tuzish, arxiv ishini qayta qurish va
markazlashtirish xususida qaror qabul qiladi, o‘shanda hukumat topshirig‘iga ko‘ra
“arxiv tashkilotlari boshqaruvini tashkil etish” uchun maxsus komissiya tuziladi.
Sovet hukumati arxiv ishlariga oktyabr inqilobidan so‘ng katta e’tibor bera
boshladi. 1918 yilning 27-28-mayida Moskvada M. X. Pokrovskiy raisligida majlis
bo‘lib, Markaziy arxiv boshqarmasini tuzishni rejalashtirish xususida kelishib
olindi.
Rossiya hukumati tomonidan tashkil qilingan arxiv ishi tizimi Qizil Armiya
arxiv ishini ham qisman o‘zida mujassamlashtirgan edi. Sovet hukumati harbiy
kuchlar bosh qo‘mondonligi Qizil Armiya va fuqarolar urushi tarixi bo‘yicha
materillar yig‘ish to‘g‘risida topshirqlar berdi. Shu maqsadda frontdagi shtablarda
shu jumladan, Turkiston frontida harbiy ishlar arxiv bo‘linmalari tuzilib, har bir
armiya o‘z ma’lumot (harbiy ishlari haqidagi)larini to‘plashi va ularni Moskvaga
jo‘natishlari shart edi.
1918-yilning mayida Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan davlat arxiv
jamg‘armasidan so‘ng, o‘sha yilning noyabirida arxiv ishlari boshqaruvi Bosh
boshqarmasi kollegiyasi tuziladi. Uning tarkibiga V. Ryazonov (rais), B. N. Storojev
(rais o‘rinbosari), A. Polyanskiy, S. B. Veselovskiy va boshqalar kiradi. Kollegiya
shu zahotiyoq davlat arxiv idoralarini tashkil etish, arxiv ishlari infratuzilmasini
yaxshilashga kirishib ketadi. RSFSR arxiv idoralari markaziy tuzilmasining
ajralmas qismi sifatida Turkiston arxiv saqlanmasini joriy qilishga katta e’tibor
berdi. Tarixiy nuqtai nazardan baho beradigan bo‘lsak, sovet arxivshunoslik siyosati
tashkil etilishi bilanoq, Turkiston o‘lkasida sho‘rolar arxivshunosligi ta’siri sezila
boshladi. 1917-yilning birinchi kunlaridayoq o‘lkada yirik arxiv saqlanmasi yo‘q
51
edi. Shu bilan birgalikda arxiv ishini yaxshilashga qaratilgan arxiv ishlari tizimli
tashkil etilmagandi. Arxiv ishlarini tashkil qilish va rivojlantirish bo‘yicha o‘lka
hukumatiga topshiriq 1918 yilning iyunida kelib tushdi. Bu ishni Turkiston
respublikasi Byudjet moliya komissiyasi raisi (MIK xuziridagi) V. N. Kucherbaev
boshqardi va 1919 yilning oktyabirida Turkiston ASSR Sovetining 13 – s’ezdida
arxiv ishlarini tashkil qilish, boshqaruvi, topshiriq va vazifalari to‘g‘risida ma’ruza
qildi. Shundan so‘ng 1919-yilning 30-oktyabirida Turkiston Respublikasi MIK
Prezidumi respublika Markaziy arxiv boshqarmasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul
qiladi.
1919-yil 15-noyabrda Turkiston ASSR Maorif xalq komissarligi qaroriga
binoan Arxiv ishi markaziy boshqarmasi tuzildi va V.N. Kucherbaev boshqarma
boshlig‘i yetib tayinlandi. Tez orada RSFSR Arxiv ishi bosh boshqarmasi
(Bosharxiv)dan Toshkentga vakil qilib D.I. Nechkin yuborildi. Turkkomissiya uni
Turkiston ASSR Arxiv ishi markaziy boshqarmasi boshlig‘i qilib tayinladi.
D.I.Nechkin MIKning arxiv to‘g‘risidagi qaroriga o‘zgartirishlar kiritdi. Muhim
o‘zgartirish shu bo‘ldiki, Turkiston Respublikasi Arxiv ishi markaziy boshqarmasi
boshlig‘i RSFSR Bosharxivi roziligi bilan Turkiston Respublikasi Maorf xalq
komissarligi qaroriga asosan tayinlanadi deb ko‘rsatildi. Bu bilan Turkiston
Respublikasi huquqi, shubhasiz, cheklandi.
Arxiv ishi markaziy boshqarmasi quyidagi bo‘limlardan iborat edi: boshqarma
boshlig‘i huzuridagi kengash, ish boshqarmasi, ilmiy statistika bo‘limi, inspeksiya,
tahririyat kengashi, davlat arxivlari bo‘limi.
Mahalliy arxiv tashkilotlari Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Soveti (XKS)
ning 1921- yil 25-yanvardagi “Viloyat arxiv fondlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan
qonuniy jihatdan rasmiylashdi. Bu qarorga ko‘ra viloyat hududidagi barcha
idoralarning ish yuritish hujjatlari viloyat davlat arxivi fondining tarkibiy qismi
hisoblanadi, deb ko‘rsatilgan.
Markaziy va mahalliy arxiv tashkilotlarining muhim vazifasi arxiv hujjatlarini
qidirib topish va yig‘ish edi. 1920-1921- yillari 500 dan ortiq fondlar hisobga olindi.
1921-yil oxirigacha davlat arxiv fondlariga 157 ta harbiy va fuqaro tashkilotlari 305
52
mingdan ortiq, 1922- yili esa 83 ta tashkilot tomonidan 200 mingga yaqin yig‘majild
topshirildi.
Turkiston Avtonom Sovet Respublikasi XKSning 1921-yil 25-yanvardagi
qaroriga binoan arxivlarda qo‘lyozma hujjatlargina emas, balki nashr qilingan
materiallar va foto hujjatlar ham yig‘ila boshlandi.
Arxiv tashkilotlari hujjatlarni qabul qilish bilan birga ularni tartibga keltirish
ishlari hamda arxiv hujjatlaridan foydalanishni tashkil qilish bilan shug‘ullandilar.
Arxiv hujjatlari ro‘yxatini tuzishdan oldin bu hujjatlar kerak va keraksizlarga
ajratilib, ilmiy, amaliy ahamiyati borlarini doimiy saqlash, bunday qimmatga ega
bo‘lmaganlarni yo‘q qilish belgilandi. Ya’ni, arxiv materiallarining o‘ziga xos
ekspertizasi o‘tkazildi. Bu masala bo‘yicha Turkiston ASSR XKSning 1923-yil 25-
yanvardagi “Arxiv hujjatlarini saqlash va yo‘q qilish to‘g‘risida”gi qarorida yo‘l-
yo‘riqlar, ko‘rsatmalar berildi.
Ushbu qarorda arxiv hujjatlarining yo‘q qilinishi quyidagi tartibi o‘rnatilgan
edi: arxiv hujjatlari tarkibidan yo‘q qilinadigan hujjatlarni ajratish uchun ajratish
komissiyasi tuzilib, ularga arxiv boshqarmasi va arxivni tekshirilayotgan idora
vakillari kiritilishi belgilandi. Bu komissiya qarorini Arxiv ishi markaziy
boshqarmasi huzuridagi Tekshirish komissiyasi ko‘rib chiqib, o‘z xulolasini
boshqarma boshlig‘i tasdig‘iga havola qilardi. Shunday qilib, tashkilotlar hujjatlarini
yo‘q qilish huquqi arxiv idorasiga – Arxiv ishi Bosh boshqarmasiga topshirildi.
Ma’lumki, 1924-yili O‘rta Osiyo respublikalari (Turkiston, Buxoro, Xorazm
sovet respublikalari) da milliy-hududiy chegaralanishi o‘tkazildi. Natijada SSSR
tarkibida O‘zbekiston SSR, Turkmaniston SSR, Tojikiston ASSR (O‘zSSR
tarkibida) va SSSR tarkibida Qozog‘iston ASSR va Qirg‘iziston avtonom viloyati
tashkil qilindi. Buning natijasida O‘zbekiston SSRning o‘z arxiv tashkilotlari
vujudga keldi.
Arxiv hujjatlari yangi tuzilgan respublikalar o‘rtasida quyidagi tartibda
bo‘lindi. O‘rta Osiyo va ittifoq ahamiyatiga ega bo‘lgan arxiv fondlari O‘rta Osiyo
Markaziy davlat arxivida – Toshkentda saqlanadigan bo‘ldi. Har bir respublikaga
53
oid arxiv fondlari shu respublikaga beriladigan bo‘ldi. Turkiston Respublikasining
Yagona davlat arxiv fondi shu tarzda bo‘linib ketdi.
Dostları ilə paylaş: |