Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019
– Т.,1961, “Социалистическое переустройство
сельского хозяйства в Узбекистане (1917-1926 гг.)”. Сборник документов.
– Т.,
1962, «Иностранная военная интервенция и гражданская война в Средней
Азии и Казахстане». Сборник документов. Том 1.
– Т., 1963., Том 2. Алмаата,
1964.«O‘rta Osiyoni tadqiq qilgan rus olimlari»seriyasidan quyidagi to‘plam e’lon
qilingan: Г.Д. Романовский. Сборник документов.
– Т., 1961. Shuningdek, 2 ta
ilmiy ommabop to‘plamlar: «Письма с фронта» (Т., 1965) va "Frontdan xatlar"
– (T., 1965) chop etilgan. Arxivchilarning matbuotda, radio va televidenielarda
chiqishlari ancha kengaydi. 1961
– 1965 yillarda O‘zbekiston arxivchilari gazeta va
77
jurnallarda 301 ta, 1966
– 1967-yillarda 208 ta maqola e’lon qildilar. 1963
– 1967-
yillarda 240 radio eshittirish va 32 teleko‘rsatuv tashkil etdilar.
1986
– 1990-yillarda arxiv ishlarini tashkil qilishda muhim o‘zgarishlar sodir
bo‘ldi. Bu o‘zgarishlar arxiv ishini yanada rivojlantirish bo‘yicha maqsadli
kompleks dasturlarni amalga oshirishga qaratilgan edi. Respublikaning arxiv
hujjatlarini e’lon qiluvchilari davlat arxiv fondi hujjatlaridan foydalanish va e’lon
qilishni jadallashtirish dasturini bajarish sohasida faol mehnat qildilar. Arxiv
hujjatlaridan foydalanish yildan-yilga ortib bordi. 1986
– 1990-yillarda 1981
– 1985-
yillarga nisbatan fuqarolarning 12 mingdan ortiq ijtimoiy huquqiy toifadagi
fuqarolar so‘rovi ijro etildi. Respublika va mahalliy davlat arxivlari har yili 20
mingdan ortiq fuqarolar so‘rovini bajardilar. Faqat birgina 1986-yilda 59 ko‘rgazma,
112 radioeshittirish va 6 teleko‘rsatuv tashkil qilindi va 185 maqola e’lon qilindi.
1986
– 1990-yillarda 7 hujjatlar to‘plami chop etildi. 1989-yilda «Axborotnoma»
byulletenining nashr qilinishi qayta tiklandi. Demokratiya va oshkoralik sharoitida
maxfiy hujjatlarni ochiq hujjatlar qatoriga o‘tkazish kengaydi. 1987
– 1990-yillarda
respublika davlat arxivlarida 99,9 ming yig‘majildlarning maxfiylik belgisi olib
tashlandi va ochiq hujjatlar qatoriga qo‘shildi. Bu tadbir arxiv hujjatlaridan
foydalanishni kengaytirdi. 1986
– 1990-yillarda davlat arxivlarining o‘quv
xonalarida 3 mingga yaqin tadqiqotchiga xizmat ko‘rsatildi va ularga 50 mingdan
ortiq yig‘majildlar foydalanish uchun berildi.
Sovet Ittifoqining oxirgi yillari va mustaqillikning dastlabki yillaridagi arxiv
hujjatlaridan tadqiqotchilarning foydalanishi xususida A.Burton quyidagicha fikr
bildiradi. “Partiyaga sodiq bo‘lgan o‘zbek tarixchilari O‘zbekistonda marksistik-
leninistik g‘oyalarining yoyilishi va tarqalishi tarixini o‘z ichiga oladigan bir qator
hujjatlar ustida ish boshladilar va ular Ittifoq to‘g‘risida “ob’ektiv” dalillarni keltirib
o‘tishni maqsad qilishdi. O‘zbekistondagi partiya arxivlarida ishlash imkoniyatiga
ega bo‘lgan ilk chet ellik tarixchi Hindiston Universiteti doktoranti Shoshana Keller
hisoblanadi. U sovet davridan keyingi davrni ko‘zdan kechirgan va O‘zbekiston
Xalq Demokratik partiyasining markaziy sovet partiyasi arxivi deb qayta nomlangan
78
kommunistik partiya arxiv hujjatlaridan foydalangan” (Antonina Burton. Archive
Stories.(facts, fictions and the writing of history).
– London.2005.
– R.54.).