2. O‘zbekiston SSRda arxivlarning markazlashuvi.
50-yillarning oxiri va
60-yillar ichida arxiv ishini yaxshilash maqsadida davlat arxivlari va arxiv
idoralarida qator tashkiliy qayta qurish ishlari amalga oshirildi. 1958-yili O‘zSSR
Oktyabr inqilobi Markaziy davlat arxivi O‘zSSR Markaziy davlat tarix arxivi bilan
birlashtirilib, yagona O‘zSSR Markaziy davlat arxivi tashkil qilindi. Bir yildan keyin
bu arxivga O‘zSSR kino-foto-fonohujjatlar markaziy davlat arxivi ham qo‘shildi.
Shunday qilib, 50-yillar oxiriga borib respublikada arxiv tashkilotlarining
tartibli tizimi vujudga keldi. Bu tizim ilmiy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan barcha
hujjatlarni ehtiyot qilnb saqlash va ulardan foydalanishni tashkil qilish imkoniyatiga
ega bo‘ldi.
1960-yillar boshida arxivlar taraqqiyotida yangi davr boshlandi. Arxiv
tashkilotlarini
bevosita
O‘zbekiston Ministrlar Sovetiga bo‘ysundirilishi
respublikada arxiv ishini rivojlanishiga yordam qilgan muhim omil bo‘ldi.
Ministrlar Sovetining 1961-yil 9-maydagi qarori bilan O‘zbekiston Ichki ishlar
ministrligining arxiv boshqarmasi O‘zbekiston Ministrlar Soveti huzuridagi Arxiv
boshqarmasi qilib qayta tashkil qilindi. Shu qaror asosida mahalliy arxiv tashkilotlari
Qoraqalpog‘iston ASSR Ministrlar Soveti va viloyatlar ijroiya qo‘mitalari arxiv
bo‘limlari qilib qayta tashkil qilindi. Arxiv tashkilotlarini Ministrlar Soveti va
viloyatlar ijroiya qo‘mitalari ixtiyoriga o‘tkazilishi ularni davlat apparati tizimidagi
rolini orttirdi va arxiv ishi taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berdi.
Arxiv tashkilotlari respublika davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan
teng huququli bo‘lib qoldi va ular arxiv ishi hamda ish yuritishni tashkil qilish
72
faoliyatini nazorat qilish huquqiga ega bo‘ldi. Arxiv tashkilotlarining asosiy vazifasi
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy, amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar
saqlanishini ta’minlash hisoblanadi. Ular tarixiy hujjatlarni davlat saqloviga tanlab
olish, saqlanishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun arxiv
tashkilotlari hujjatlar qimmatdorligini ekspertiza qilishga va ular bilan davlat
arxivlarini butlashga katta e’tibor beradi.
1960-1961-yillarda Ittifoq Bosh arxiv boshqarmasi ko‘rsatmasiga binoan
respublikada arxivlarni butlash tamoyili tubdan qayta ko‘rib chiqildi. O‘z faoliyati
natijasida ilmiy ahamiyatga ega hujjatlar vujudga kelmaydigan mayda, yordamchi
va kommunal maishiy tashkilotlar (sartaroshxona, atele, oshxona, apteka, do‘konlar,
hammomlar, ta’mirlash ustaxonalari, avtobazalar, mehmonxonalar va boshqalar)dan
davlat saqloviga hujjatlar qabul qilish to‘xtatildi. Buning natijasida arxiv
tashkilotlari o‘z faoliyatida asosiy e’tiborni hujjatlar saqlanishini nazorat qilishga,
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, muhim sanoat, qurilish hamda shunga
o‘xshash korxonalar hujjatlarining qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Respublika davlat arxivlari hujjatlari qabul qilinadigan va qabul qilinmaydigan
tashkilotlar, muassasalar, korxonalar ro‘yxatlarini tuzdilar va davlat arxivlari
hujjatlarni qabul qilishda mana shu ro‘yxatga amal qiladigan bo‘ldilar.
Arxivlarni butlash, ekspertiza qilish, idoraviy arxivlarni nazorat etish
sohalaridagi qayta qurish ishlariga oid respublika Ministrlar Soveti xuzuridagi arxiv
boshqarmasi qator metodik qo‘llanmalar tayyorladi. Arxivlarni butlash masalasi
arxiv boshqarmasining ilmiy kengashida muhokama qilindi va uning qarori davlat
arxivlariga ijro etish uchun yuborildi.
1961 yildan boshlab davlat arxivlarining ekspert tekshiruv komissiya (ETK)
lari vazifalari tubdan o‘zgardi. ETKning ekspertiza masalasida asosiy vazifasi davlat
arxivlarini nazorat qiladigan tashkilotlar topshirgan doimiy saqlanadigan
hujjatlarning ro‘yxati (opisi)ni ko‘rib chiqish va tasdiqlash bo‘lib qoldi. Shuningdek
ETK 5 yildan ortiq saqlanadigan materiallar dalolatnomasini va hujjatlarni saqlash
muddati ko‘rsatilgan ro‘yxat (perechen) da ETK belgisi bor materiallar ro‘yxatini
muhokama qilib, tasdiqlaydigan bo‘ldi.
73
Saqlash muddati 5 yilgacha bo‘lgan materiallar dalolatnomasini nazorat
qilinadigan idoraning rahbari ETKda ro‘yxat tasdiqlangandan keyin tasdiqlashi
lozim edi. Davlat arxivlari tomonidan nazorat qilinmaydigan idoralar arxiv hujjatlari
ro‘yxati va dalolatnomasini tasdiqlash ularning yuqori idoralari ixtiyoriga berildi.
Arxivlarni butlash ishini qayta ko‘rib chiqilishi tufayli idoraviy arxivlarni
nazorat qilishda ham muhim o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.Yangi sharoitda davlat
arxivlari idoraviy arxiv ishi va idoralarning ish yuritishini nazorat qiladigan bo‘ldi.
Qayta qurishgacha esa, arxiv tashkilotlarining asosiy vaqti xaddan tashqari ko‘p,
mayda, kam ahamiyatli tashkilotlarni nazorat qilishga ketar edi va muhim idoralar
arxivlari e’tibordan chetda qolar edi. Buning natijasida qiymati kam ilmiy, tarixiy,
amaliy ahamiyati yo‘q arxiv fondlari tartibga solinar edi va davlat arxivlariga qabul
qilinar edi. Asosiy fondlar esa, odatda tartibga solinmasdan davlat arxiviga qabul
qilinmasdan qolar edi.
1966-yil 1-yanvariga respublika bo‘yicha davlat arxivlari nazorat qiladigan,
kelajakda xujjatlari davlat arxivlariga qabul qilinadigan tashkilotlar 6489 ta bo‘lgan.
1965-yilda 4930 ta tashkilot o‘z arxivlarini tartibga keltirishgan edi. Tartibga
solingan yig‘majildlar soni tartibga solinishi kerak bo‘lgan yig‘majildlarning 70%
ni tashkil qilar edi. 1966-1980-yillarda davlat arxivlariga tashkilot va korxonalardan
580 ming boshqarish hujjatlari yig‘majildlari, 5939 ta ilmiy-texnik hujjatlar
yig‘majildlari, 5048 ta kinohujjatlar saqlov birligi, 53987 fotohujjatlar saqlov birligi
va 5345 ta fonohujjatlar saqlov birligi qabul qilingan.
1986-1990-yillarda davlat arxivlarini butlash sohasida ancha ish amalga
oshirildi. Davlat arxivlarini butlash manbai hisoblangan tashkilotlar ro‘yxatlariga
aniqlik kiritildi va to‘ldirildi. 1990-yilda arxivlarni butlash manbalari soni
respublika bo‘yicha 9576 taga etdi. 1986
–
1990-yillarda respublika davlat arxivlari
saqloviga 635 ming doimiy saqlanadigan yig‘majildlar qabul qilindi.
70-yillarda davlat arxivlari nazorat qilayotgan tashkilotlarning idoraviy
arxivlari va ish yuritish xizmati birmuncha yaxshilandi. 1972-1980-yillarda bevosita
arxiv tashkilotlarining ishtirokida respublikada 49 ta shaxsiy tarkib bo‘yicha xo‘jalik
hisobidagi arxivlar tashkil qilindi va ularga 850 mingga yaqin yig‘majildlar qabul
74
qilindi. Respublikada birinchi bunday arxiv Andijon viloyatida tashkil etilgan. 1972-
yil 13-iyunda Andijon viloyati ijroiya qo‘mitasi «Viloyat davlat arxivining
Qo‘rg‘ontepa filiali qoshida shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlarning rayonlararo
birlashgan arxivini tashkil qilish to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Unga asosan
korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, kolxozlar, sovxozlarning shaxsiy tarkib
bo‘yicha hujjatlari saqlanishini ta’minlash, hisobga olish, ularni jamlash va
fuqarolarga biografik ma’lumotnomalar berish maqsadida shaxsiy tarkib bo‘yicha
xo‘jalik hisobidagi Qo‘rg‘ontepa tumanlararo arxivi tashkil qilingan. Bu arxiv
Qo‘rg‘ontepa, Xo‘jaobod tumanlari tashkilotlari, kolxoz va sovxozlari mablag‘i
hisobidan shaxsiy tarkib hujjatlarini markazlashtirib saqlash va foydalanish uchun
tuzilgan. Har bir tashkilot va xo‘jalik shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlarni
markazlashtirib saqlagan xo‘jalik hisobidagi arxivga mablag‘ o‘tkazib turar, ana shu
mablag‘ hisobidan arxiv ishchi va xizmatchilariga ish haqi berar edi. Ijroko‘m qarori
bilan har bir yig‘majild uchun bir yilga 65 tiyin miqdorda haq to‘lash belgilangan
edi.
Qo‘rg‘ontepa arxivining tajribasi shaxsiy tarkib hujjatlarining saqlash va
foydalanishni samarali va foydali shakli tuman, shahar idoralararo arxivlarda
bunday hujjatlarni markazlashtirib saqlash ekanligini isbotladi. O‘zbekiston
Respublikasi Ministrlar Sovetining 1973-yil 16-fevraldagi «Respublikada arxiv
ishini ahvoli va yanada yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida ijroqo‘mlar
qoshida shaxsiy tarkib hujjatlarining idoralararo ho‘jalik hisobidagi arxivlarini
tashkil qilish keng avj oldi. Bu arxivlar vazifasi ularga tashkilotlar shartnoma
asosida topshirgan shaxsiy tarkib hujjatlarini markazlashtirib saqlash va fuqarolarga
ular asosida ma’lumotnomalar berish edi. Bunday arxivlar respublikaning ko‘pchilik
viloyatlarida tashkil qilindi.
Davlat arxivlari tashkilotlarda ish yuritishni takomillashtirishga qaratilgan amaliy
natija beradigan tadbirlar o‘tkazdi. Tashkilotda ish yuritishni tashkil qilinganligi
darajasi to‘g‘risida fikr yurgizishga asos bo‘ladigan asosiy ko‘rsatkichlar bular ish
yuritish bo‘yicha yo‘riqnomani, yig‘majildlar nomenklaturasini borligi hisoblanadi.
1980-yilda respublikada davlat arxivlari nazoratidagi 8733 ta tashkilotdan 3472
75
(40%)tasida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma, 85%da yig‘majildlar nomenklaturasi
mavjud edi.
1986-yildan boshlab respublika davlat arxivlari tashkilotlarda idoraviy arxiv va
ish yuritishni tashkil qilinishini, tekshirishni odatda idoraviy tizimlar bo‘yicha
kompleks tarzda amalga oshirdilar. 1986-yilda O‘zbekiston qishloq xo‘jalik
mashinasozlik vazirligi va O‘zbekiston kinematografiya davlat qo‘mitasi tizimlari,
1987-yilda O‘zbekiston Maorif vazirligi tizimi, 1988-yilda O‘zbekiston
teleko‘rsatuvlar, radioeshitirishlar davlat qo‘mitasi tizimi kompleks tekshirilgan.
O‘zbekiston arxiv tashkilotlari tomonidan 1987-yil yanvar-mayda Maorif
vazirligi tizimi tashkilotlari, muassasalarida idoraviy arxivlar va ish yuritishda
hujjatlarni tashkil qilinishi ahvoli tekshirildi. Ushbu vazirlik tizimida 435
muassasadan 221 tasida yig‘majildlar nomenklaturasi ishlab chiqilgan edi. Vazirlik
muassasalarida saqlanayotgan 80687 ta doimiy muddatda saqlanadigan
yig‘majildlardan 40447 ta yig‘majild arxiv ro‘yxati (opis)ga kiritilib, davlat arxivi
ETKsi tomonidan tasdiqlangan. Ma’orif vazirligi tizimini markazda va viloyatlarda
tekshirish natijasi bo‘yicha arxiv tashkilotlari yirik tashkilotlarda arxiv mudiri
lavozimini joriy qilishni, idoraviy arxivlarni maxsus jihozlangan xonalar bilan
ta’minlashni, ekspert komissiyasi ishini va arxiv hujjatlarini tartibga solishni
faollashtirishni, ish yuritish yo‘riqnomasini va yig‘majildlar nomenklaturasini joriy
qilishni taklif qildilar.
70-80-yillarda arxiv hujjatlari ro‘yxatlarini takomillashtirishva kataloglashtirish
respublika davlat arxivlarining muhim vazifalaridan biri bo‘lgan. Ro‘yxatlarni
ma’lumot berish darajasini ko‘tarish maqsadida davlat arxivlari 1975-yildan boshlab
ro‘yxatlarni takomillashtirish va qayta ishlashni faol olib bordilar. 1976-1990-
yillarda 1,7 million yig‘majilddan iborat I va II kategoriyali fondlar ro‘yxatlari
respublika davlat arxivlari tomonidan takomillashtirildi va qayta ishlandi.
Ro‘yxatlarni tuzatish, yaxshilash, yig‘majild sarlavhalarini qayta tuzish,
xatolarini tuzatish, boshqa fondlarga tegishli hujjatlarni ajratish, hujjatlar
qimmatdorligini ekspertiza qilib, qiymati yo‘q hujjatlarni makulaturaga ajratish,
yig‘majildlarni tartibga solish, yig‘majildlar shifrini qayta tuzish va zarur ilmiy-
76
ma’lumot apparati (so‘zboshi, mundarija, yig‘majildlarning yangi arxivshifri
jadvali, ko‘rsatgichlar)ni tuzish yo‘li bilan amalga oshirilgan.
Hujjat darajasida axborot olish maqsadida respublika markaziy va mahalliy
arxivlarida tizimli, mavzuli, ism kataloglari yaratilgan.1991-yil 1-yanvarga qadar
761 fonddan 489,5 ming yig‘majild o‘rganilib, ma’lumotlar kataloglarga kiritilgan.
Kataloglarga olingan hujjatlar asosan I va II kategoriyali fondlar, hokimiyat va
davlat boshqaruv organlari edi. Natijada boshqarma hujjatlariga va shaxsiy tarkibga
oid hujjatlarga 970 ming mavzular bo‘yicha kartochka va 49 mingdan ortiqism
kartochkalari tuzilgan. Bu kartochkalar tizimli, mavzuli va ism kataloglariga
kiritilgan.
Kino-foto-fonohujjatlarini ham kataloglashtirish faol olib borildi. 1976-1980-
yillarda kinohujjatlarga 9 mingdan ortiq, fotohujjatlarga 61 mingdan ortiq va
fonohujjatlariga 8 ming dan ko‘p kartochkalar tuzilib, kataloglarga qo‘shilgan.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda O‘zbekiston arxiv tashkilotlarida hujjatlarni e’lon
(nashr) qilish ishlari ancha avj olgan edi. Hujjatlar to‘plamlarining ilmiy
salohiyatlarini ko‘tarishda arxiv tashkilotlarining ilmiy-tadqiqot institutlari bilan
hamkorligi muhim ahamiyat kasb etdi. 1961-1965-yillarda respublika arxiv
tashkilotlari O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Tarix instituti, Partiya tarixi
instituti va Markaziy Osiyo respubliklarining shunga o‘xshash ilmiy tashkilotlari
bilan birgalikda quyidagi hujjatlar to‘plamlari chop etilgan. “Подготовка условий
сплошной коллективизации сельского хозяйства в Узбекистане (1927-1929-
гг.)». Сборник документов.
Dostları ilə paylaş: |