2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan
fondlar.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida mavjud
bo‘lgan hujjatlar arxiv qoidasiga muofiq saqlanmoqda. Arxiv hujjatlaridan
foydalanishni osonlashtirish maqsadida “Ko‘rsatgich” (Putevoditel)lar nashr
qilingan. Bular esa arxivda saqlanayotgan fondlarning ma’no va mazmunini ochib
beradi hamda hujjatlarni o‘rganuvchilarga qulaylik tug‘diradi. Bugungi kunga qadar
beshta Ko‘rsatgich nashr etildi.
Birinchi Ko‘rsatgich.
Oktyabr inqilobidan oldingi arxiv fondlarida
saqlanayotgan hujjatlar uchun tuzilgan ko‘rsatgich bilan tanishib chiqamiz. Bu
ko‘rsatgich 7 bo‘limdan iborat.
I b o‘ l i m “Davlat ma’muriy boshqaruv organlari” deb ataladi. U yetti
bobdan iborat. Birinchi bob – “Turkiston viloyat Boshqaruv organlari” haqidagi
hujjatlar 336-fondda; ikkinchi bob – “O‘lka tashkilotlari, ya’ni Turkiston general-
gubernatori kanselyariyasi, uning Kengashi, diplomatik amaldorlar bo‘limi,
Buxorodagi imperatorning “siyosiy agentligi”ga oid hujjatlar arxivining 1-fondida;
uchinchi bob – “Xon hokimiyati organlari: Xiva xonligi kanselyariyasi, amir Buxoro
Qo‘shbegi boshqarmasi” haqidagi hujjatlar 125, 126-fondlarda; to‘rtinchi bob –
Sirdaryo viloyat boshqarmasi, Zarafshon okrugi boshlig‘i, Samarqand viloyat
boshqarmasi, Farg‘ona viloyat harbiy gubernasi kanselyariyasi Boshqarmasi, davlat
dumasiga saylov o‘tkazish komissiyasi Sirdaryo viloyat bo‘limi, qochoqlarni ishga
joylash Farg‘ona viloyat komiteti kabi hujjatlar 5, 17, 18, 19, 274, 276, 284, 525-
fondlarda saqlanmoqda; beshinchi bob – shahar, uezd, rayon va uchastka
tashkilotlari deb nomlangan, unda Toshkent shahar boshqarma boshliqlari, Sirdaryo
viloyat Qurama uezdi boshqarmasi, Jizzax, Samarqand, Andijon, Qo‘qon,
94
Namangan, Chimyon va Uchqo‘rg‘on uezdlarining har xil hujjatlari arxivining 36,
24, 21, 22, 20, 25, 300, 329, 360, 23, 15, 349, 296, 172, 299, 320-fondlarida
saqlanmoqda; Oltinchi bob – “Jandarm-politsiya nazorati organlari” deb nomlangan
va unda Turkiston rayonlarini himoya qilish bo‘limlari, Temir yo‘l jandarm-
politsiya bo‘limi, Toshkent eski va yangi shahar politsiya bo‘limlari, Andijon va
Jizzax politsiya pristavlari haqidagi hujjatlar 461, 467, 677, 468, 462, 463, 464, 465,
590, 620 va 531-fandlarda saqlanmoqda; ettinchi bob – “Qamoqxonalar va
qamoqxona qo‘mitalari” bo‘lib, u materiallar 80, 270, 325, 75-fondlarda
saqlanmoqda.
II b o‘ l i m “O‘z-o‘zini boshqarish tashkilotlari va oliy martabali
muassasalar” deb nomlangan, unda Toshkent shahar dumasi, shahar boshqarmasi,
shahar umumiy xo‘jalik boshqarmasi, Samarqand va Yangi Marg‘ilon xo‘jalik
boshqarmasi va Toshkent oqsoqoliklar kengashiga doir hujjatlar 718, 37, 472, 473,
277, 286 va 79-fondlardan o‘rin olgan.
III b o‘ l i m “ Sud va prokuror fondlari” deb ataladi. Bu bo‘lim o‘z navbatida
3 bobdan iborat. Birinchi bob – viloyat sudlari, ikkinchi bob – okrug sudlari va
uchinchi bob – uezd sudlari, sud ijrochisi, janjallik ishlar komissiyasi, xalq sudlari,
qozilar, natariuslar haqidagi hujjatlar bo‘lib, ular 127, 134, 353, 178, 122, 504, 592,
593, 129, 133, 128, 132, 318, 130, 131, 278, 350, 150 va 505-fondlarda
saqlanmoqda.
IV b o‘ l i m “Xo‘jalik-iqtisodiy tashkilotlar, muassasalar va korxonalar” deb
nomlanadi va bu yetti bobdan iborat. Birinchi bob – moliyaviy bo‘lim 87, 88, 89,
108, 13, 497, 475, 281-fondlarda; ikkinchi bob – sanoat bo‘limi 41, 241, 113, va
100-fondlarda; uchinchi bob – qishloq xo‘jaligi 7, 356, 104, 29, 16, 163, 614, 14,
42, 9, 78 va 12-fondlarda; to‘rtinchi bob – savdo-sotiq bo‘limi 469, 264, 90, 99, 97,
93, 98 va 214-fondlarda; beshinchi bob – boj solish va olish haqidagi bo‘lim 471,
121, 46, 187, 306, 185-fondlarda; oltinchi bob – transport bo‘limi 33, 39, 528, 102,
101 va 560-fondlarda va nihoyat ettinchi bob – aloqa va statistika ishlari haqidagi
hujjatlar 557, 43, 44, 266, 249, 269-fondlarda saqlanmoqda.
95
V b o‘ l i m “Ilmiy va madaniy muassasa hamda tashkilotlar” deb nomlangan.
O‘rta Osiyo ilmiy jamiyati haqida 591-fondda; Toshkent ximiya labaratoriyasi 73-
fondda; 1878-yilgi Toshkentda tashkil qilingan qishloq xo‘jaligi va sanoati
ko‘rgazmasi materiallari 575-fondda; Turkiston qishloq xo‘jaligi jamiyati 103-
fondda; Turkiston Harbiy okrugi qoshidagi astranomiya va fizika observatoriyasi
haqidagi ma’lumotlar 70-fondda; Turkiston arxeologiya havaskorlari to‘garaga 71-
fondda; rus imperatori geografik jamiyati Turkiston bo‘limi 69-fondda; imperator
Sharqshunoslik jamiyati Toshkent bo‘limi 361-fondda; Turkiston entomolog
stansiyasi haqida 231-fondda; polkovnik Serebrennikovning Turkiston o‘lkasi
haqida to‘plagan hujjatlari 715-fondda; Turkiston o‘lkasidagi oliy va o‘rta
maktablarni boshqarish haqidagi hujjatlar 47-fondda; Toshkentdagi 8 yillik erkaklar
gimnaziyasi 50-fondda; Toshkentdagi bilim yurti 64-fondda; Toshkent harbiy
gimnaziyasi 51-fondda; Toshkent savdo bilim yurti 56-fondda; Toshkentdagi
birinchi xotin-qizlar gimnaziyasi 52-fondda; Toshkentdagi rus-tuzem maktabi 61-
fondda; Toshkentdagi birinchi razryadli quyi qishloq gidrotexnika maktabi 65-
frndda; O‘rta Osiyo temir yo‘l Bosh boshqarmasiga qarashli Toshkent temir yo‘l
bilim yurti 254-fondda; Samarqand xotin-qizlar gimnaziyasi 55-fondda; Turkiston
xalq kutubxonasi 267-fondda va Turkiston xalq muzeyi haqidagi hujjatlar Markaziy
davlat arxivining 72-fondidi saqlanmoqda.
VI b o‘ l i m “Jamoat tashkilotlari” deb nomlangan va bu hujjatlar 596, 27, 81, 268,
611, 34, 8, 595, 76, 490 va 279-fondlardan o‘rin olgan.
VII b o‘ l i m “Diniy nazorat fondi” deb nomlangan va bu haqidagi
ma’lumotlar arxivning 182, 85-fondlarida saqlanmoqda.
Ko‘rsatgichga ilova sifatida geografik va shaxsiy ko‘rsatgichlar, sharq
tillaridagi ayrim so‘z va terminlarga izohlar ham berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan bu
durdona hujjatlar XIX asrning II yarmidan to Oktyabr inqilobigacha bo‘lgan O‘rta
Osiyo, shu jumladan, o‘zbek xalqlarining o‘tmishi, urf-odatlari va tarixini
o‘rganishda katta manba bo‘lib xizmat qiladi.
|