85
Nodavlat tashkilotlar idoraviy arxivi ularning mulki hisoblanadi. Shuning bilan
birga 1999-yil 30-oktyabrda Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan O‘zbekiston
Respublikasi Milliy arxiv fondi to‘g‘risidagi Nizomda «Nodavlat yuridik va
jismoniy shaxslar nodavlat arxiv fondi hujjatlarini saqlash maqsadida tashkil etilgan
arxivlarda yoki korxonalar,
muassasalar, tashkilotlar va birlashmalarning tarkibiy
bo‘linmalarida doimiy saqlashni ta’minlaydilar. Doimiy muddatda saqlanadigan
hujjatlar va shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar (mehnat staji, ish haqi, o‘qish,
mukofotlash va boshqalar to‘g‘risidagi hujjatlar) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi "O‘zarxiv" agentligi organlari va muassasalari roziligini
olmasdan nodavlat va yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yo‘q qilinishi
mumkin emas», deb uqtirilgan. O‘zR MAF to‘g‘risidagi Nizomga binoan nodavlat
yuridik, jismoniy shaxslar o‘z hujjatlarini davlat
mulki qilib davlat arxivlari,
muzeylar va kutubxonalarda saqlashga berishlari mumkin. Nodavlat tashkilotlar
yoki shaxsiy arxiv egasi vafot etganda, vorislar va qonuniy merosxo‘rlar
bo‘lmaganda, ularning hujjatlari davlat mulkiga o‘tkazilib, doimiy saqlash uchun
davlat arxivlariga topshiriladi. Davlat arxivlari hujjatlarni butlash, saqlash,
foydalanish ishlariga metodik yordam beradi va hujjatlarga ilmiy-texnik ishlov
berish, ish yuritish bo‘yicha me’yoriy
hujjatlarni ishlab chiqish, yig‘majildlarni
ta’mirlash va muqovalash yuzasidan pullik xizmatlar ko‘rsatishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov tomonidan
2008-yil 21-avgustda qabul qilingan “Koreya Respublikasi hukumatining grant
mablag‘larini jalb etgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivlarini
rekonstruktsiya qilish hamda ularni texnik modernizatsiyalash chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarori ijrosi samarasida qisqa muddatda salmoqli natijalarga erishildi.
Xususan, uchta davlat arxivi o‘rtasida yagona axborot tarmog‘i yaratildi. Arxivlarda
server va boshqa jihozlarning o‘rnatilishi barcha davlat arxivlarida saqlanayotgan
ma’lumotlarning yirik yagona bankini yaratish imkonini berdi. Kelajakda
mamlakatimizning
barcha
arxivlarini
yagona
tarmoqqa
birlashtirish
mo‘ljallanmoqda. Shuningdek, foydalanuvchilarga kerakli axborotni izlashda
qulaylik yaratish maqsadida markaziy va poytaxtdagi davlat arxivlarida infokiosklar
86
o‘rnatilgan bo‘lib, ularga eng qimmatli hujjatlarning
kataloglari hamda
mamlakatimiz arxiv ishini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari kiritilgan.
Bugungi kunda infokiosklarga 11248 tashkilotning ma’lumot bazalari, Toshkent
shahar arxivlarida saqlanayotgan shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar hamda idoraviy
arxivlarda saqlanayotgan 2545 tashkilotning hujjatlari hakida axborot jamlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-avgustdagi
194-sonli “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini yanada rivojlantirishga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “2011-yilgacha
O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni rivojlantirish dasturiga”
ko‘ra 18 ta yangi arxiv binosi qurilishi 1 ta arxiv binosi rekonstruksiya qilindi.
2009-2013-yillar mobaynida markazlashtirilgan manbalar hisobiga (byudjet
mablag‘lari) 19 ta yangi arxiv binosi qurildi va 5 ta arxiv binosi rekonstruksiya
qilindi. Natijada arxivlar balansda bo‘lgan binolar 2006-yildagi 21 foizdan 2013-
yilda qariyb 95 foizga chiqishi ta’minlangan. Bu 2,7 mln saqlov birligidagi
hujjatlarni saqlash imkoniyatlarini yaratgan.
Mamlakatimiz dasturchilari tomonidan arxiv
muassasalari uchun maxsus
“Arxiv ma’lumotlarini rasmiylashtirish” kompyuter dasturi ishlab chiqilgan. Ilgari
qo‘lda amalga oshiriladigan hisob-kitoblarning barchasi endi avtomatik ravishda
bajariladi. Bu esa nafaqat vaqtni tejash hujjatlarni to‘ldirishda yo‘l qo‘yilishi
mumkin bo‘lgan hatolarning oldini olish imkonini beradi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari inson faoliyatining barcha
sohalariga, shu jumladan, arxiv muassalari ishiga ham kirib keldi. Arxiv va
kutubxonalar faoliyatiga yangi aktlarning joriy etilishi hujjatli axborotdan,
jumladan,
masofadan turib foydalanish, arxivlar ma’lumotlarini tahlil qilish
imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu o‘z navbatida arxivshunoslikning yangi
vositalarini taqdim etadi, hujjatlar va ma’lumotlarni eng zamonaviy elektron
shakllarda chop etish imkonini beradi. Arxivlardagi axborot resurslarining jaxon
kibermakoniga integratsiyalashuviga xizmat qiladi.
Arxiv ishini yanada rivojlantirish
va unga zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish maqsadida mamlakatimizda tegishli
87
me’yoriy-huquqiy baza yaratilgan bo‘lib, u muntazam takomillashtirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yilning 21-martida qabul qilingan
“Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori arxiv hujjatlarini saqlash, xavfsizligini ta’minlash,
ulardan foydalanish jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishda muhim
dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda 102 ta davlat arxivi faoliyat yuritmoqda.
Milliy arxiv fondida saqlanayotgan hujjatlar hajmi esa 8,4 million saqlash birligiga
etdi, ularni saqlash va qo‘llash uchun etarli shart-sharoitlar yaratilgan, - deydi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi “O‘zarxiv” agentligi bosh
direktori o‘rinbosari D.Ko‘charova. Davlat arxivlari
bilan bir qatorda shahar va
tuman hokimliklari qoshida tashkil etilgan 115 shaxsiy tarkib bo‘yicha xo‘jalik
xisobidagi idoralararo arxivlar, shuningdek, 3 millionga yaqin saqlash birligiga ega
17 nodavlat arxiv ham faoliyat ko‘rsatmoqda.
“O‘zarxiv” agentligining Arxiv ishi bo‘yicha 2017- yil soha rivojining eng
muhim ustuvor vazifalarini bajarilishiga katta ahamiyat berildi. Bu borada arxiv
muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, Milliy arxiv fondining
saqlovini ta’minlash va hujjatlarni saqlash usullarini yanada takomillashtirish
yuzasidan samarali ishlar olib borildi.
Dostları ilə paylaş: