Xix asr ikkinchi yarmi – XX asrlarda buxoro amirligida ta`lim tizimi ismoilova Marxabo Abduraximovna



Yüklə 33,19 Kb.
səhifə1/2
tarix13.05.2022
ölçüsü33,19 Kb.
#57786
  1   2
XIX ASRNING IKKINCHI YARMI


XIX ASR IKKINCHI YARMI – XX ASRLARDA BUXORO AMIRLIGIDA TA`LIM TIZIMI

Ismoilova Marxabo Abduraximovna

Buxoro maqom san`atiga ixtisoslashtirilgan maktab internatining

Ingliz tili fani o`qituvchisi

Telefon: 998(93) 4782060

markhaboismoilova00@gmail.com

Annontatsiya: ushbu maqolada XIX XX asrlarda Buxoro amirligidagi fan va maorif tizimi haqida so`z boradi.

Kalit so`zlar: sharq madaniyati, adabiyot, san`at, madrasa, maorif, madaniy hayot, maktab, mullavachcha.

XVI-XIX asrning birinchi yarmida O'rta Osiyo xonliklari va Buxoro amirligining xalq ta'limi , fan· va madaniyati haqida gap· borganda shu narsani alohida ta'kidlash kerakki , ijtimoiy-siyosiy hayotning hamma sohalarida va birinchi navbatda madaniyat va mafkurada islom dini g'oyasi markaziy o'rinni egallar edi XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarida Buxoro amirligidagi fan va maorif tizimi o`ziga xoz tarzda shakllangan edi. Xususan, Buxoro shahrida bir necha yuzlab masjidlar bo`lgan. Ibodatxonalarning barchasi musulmon an’analari sarchashmasidan suv ichgan betakror arxitekturaga ega edi. Masjidlar bir qavatli, ikki qavatli va ko`shkli qilib qurilgan. Buxoro shahrida 170 ga yaqin katta va kichik madrasalar bo`lib, ularda qariyb 10 ming mullavachchalar (oddiy o`qituvchilar), mudarrislar (tajribali o`qituvchilar), imomlar (oliy ruhoniy arboblar) va ulamolar — mamlakat hukmdorining istalgan harakati ustidan fatvo (xulosa) berishga haqli bo`lgan qonunshunos olimlar xizmat qilishardi. Bu yerda nafaqat Buxoro amirligidan, qolaversa, Qozon, Orenburg va hatto Qrimdan kelgan talabalar ham tahsil olishardi. Musulmon olamining barcha go`shalaridan ilohiyot bilimlarini o`rganish maqsadida Buxoroga kelishardi. Madrasalar iqtisodiy jihatdan mustaqil bo`lib, ular daromadi qariyb 5 million tangaga boruvchi ulkan vaqf mulklariga ega edi.

O`quv muassasalari ikki bosqichdan, ya’ni boshlang`ich — maktab va oliy — madrasadan iborat edi1[1].

Madrasa qoshidagi maktablarda imomlar o`qituvchilik qilishar edi. Bu yerda qur’onni o`qishga o`rgatilar edi. Maxsus maktablar hisoblangan qorixonalarda o`quvchilar qur’onni yodlashar va qur’onni qiroat bilan yoddan o`quvchi, ya’ni qori  nomini olishar edi.

Madrasada ular arab alifbosi va yozuvini, qur’onning tafsirini va diniy bilimlar — huquqshunoslik va tarixdan ozroq miqdorda ta’lim olishar edi. Zamondoshlarining ma’lumotlariga qaraganda XIX asrning o`rtalarida Buxoroda madrasa talabalari soni 9 mingdan 10 ming nafargacha yetar edi.

Madrasa va masjidlar katta vaqf mulkiga ega bo`lib , undan tushgan foydadan o`qituvchilarga maosh va talabalarga stipendiya to`lanar edi . Mudarrislqrdan biri tushgan foydaning xarajat qilinishini nazorat qilar edi . Har yili madrasada bo`lib o`tadigan imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan din· xizmatchisi umrbo`yi beriladigan stipendiya — dahyak olardi.

Buxoro o`rta Osiyoning ma’rifat markazi hisoblanar edi . Bu yerga Xiva , Qo`qon , Hisor , Samarqand va boshqa ko`plab viloyatlardan talabalar kelib o`qishar edi . Samarqand o`zining o`tmishdagi fan· va madaniyat markazi maqomini yo`qotdi , masjid va madrasalar qarovsiz qoldi , o`qishni istaganlar Buxoroga ketishga majbur bo`ldilar .

Og`ir iqtisodiy ahvolga qaramasdan, Buxoro ilm-fan va san’at, she’riyat va musiqa markazi bo`lib qolaverdi. O`sha davr taraqqiyparvar doiralari g`oyalarini yorqin ifodalagan ajoyib o`zbek shoiri va mutafakkiri Ahmad Donish (Ahmad maxdum) Buxoroda yashagan va ijod qilgan edi. Uning "Navodir ul-vaqoe" (Nodir voqealar) va "Buxoroyi sharif mang`it amirlari muxtasar tarixi" asarlarda o`sha davr maorif tizimi haqida noyob ma`lumotlarni olishimiz mumkin.


O'rta Osiyodagi har ucha-la amirlik va xonliklarning madaniy taraqqiyotiga xos bo'lgan u mu miy o'xshashliklar diqqatga loyiqdir. Bu o'xshashliklarning sabablari ham bir-biriga juda o'xshashdirlar[2]2Birinchidan, O'rta Osiyo hududi davlatlari XV asrlarda madaniy taraqqiyotda dunyoda eng yetakchi o'rinlarda turgan bo'lsa, XVI-XIX asrlardan e'tiboran bu hududda tushkunlik boshlanadi .Ikkinchidan, har uchala davlat birliklari o'zlari alohida mustaqil faoliyat ko'rsatsalarda davlat idora ishlari o'zbek va fors tilida olib borilardi. Buxoroda fors, tili rasman davlat tili bo'lib hisoblanardi. Turmushda, adabiy ijodda o'zbek va fors tillari keng qo'llanilar edi. Uchinchidan, an'anaga ko'ra fanda, adabiyot va maktabda arab va fors tilining obro'si saqlanib qolgandi.
Buxoro amirligi, Qo'qon va Xiva xonliklarida xalq ta'limining tuzilishi va faoliyati deyarli bir xil bo'lgan. Ularda madrasalar, maktablar va qorixonalar mavjud edi. Madrasalar musulmon oliy o'quv yurtlari hisoblangan. Maktablar masjidlar qoshida va xususiy uylarda tashkil etilgan. Xonlar o'rtasida xonzoda va zodagonlarning bolalarini o'qitish uchun maxsus maktab bor edi.

Odatda , maktablarda asosan o'qish va yozish , arifmetika va adabiyot o'qitilar edi . Qorixonalarda esa asosan ko'zi ojizlar o'qib , Qur'on , doston va she'r-u g'azallar yodlar edilar . Maktablar qizlar uchun alohida , o'g'il bolalar uchun alohida bo'lgan3[3] .



O'qituvchilar o'z uylarida ochgan xususiy maktablaridan tash-qari barcha o'quv yurtlari, turli shaxs va tashkilotlar tomonidan xayriya qilingan vaqflardan tushadigan daromad hisobiga ishlar edi. Ularning odatida masjidlar birinchi o'rinda turardi, chunki deyarli barcha masjidlarda maktablar ochilgan.
O'qishni bitirganlarning ayrimlari bilimini takomillashtirish va oshirish uchun Buxoro va Samarqand madrasalariga ham borib o'qishardi.
Har bir maktabdor domlaning ham o'zicha o'qitish usullari bo'lgan. Ularning ba'zilari bolalarning yosh xususiyat-lariga alohida e'tibor bergan holda kichik yoshdagi o'quvchilarga husnixat va og'zaki hisobni o'rgatsa, katta yoshdagi o'quvchilarga esa Qur'onning oyat va suralaridan tashqari fors, arab, turkiy tillarda yozilgan o'nlab hayotiy kitoblarni ham o'qishni o'rgatar edi.
Demak, dastlabki boshlang'ich ta'limdan so'ng Qur'on xatm qilinib, «Chor kitob», keyin esa «So'fi Olloyor» ibtido qilingan. So'ngra «Kalila v a Dimna», «Qobusnoma» singari donishmandlik ruhidagi kitoblar o'qitilgan. O'quvchilarga «Odobnoma» dasturlari asosida dars berilgan. Xalq og'zida yurgan axloqiy, falsafiy ruhdagi maqollar, masallar, majmualar, rivoyatlar, hikoyatlardan esa tarbiya vositasi sifatida foydalanilgan.
Madrasalarda o'quv dasturi asosan uchi bosqichda: boshlang'ich (adno), o'rta (avsat) va yuqori (a'lo) bosqichlarda olib borilib, unda uchta til (arab, fors va turkiy) mukammal o'rgatilgan. Madrasalarda Qur'on ilmi (o'qish usullari, qiroat, tavsif), fiqh (shariat qonunlari), xandasa, ilmi nujum, axloq, falsafa, mantiq, adabiyot, jo'g'rofiya, tarix, tabobat fanlari o'qitilgan4[4]. Talabalar arab va fors tillari orqali Fariduddin Attorning «Mantiq ut-tayr», Hofiz Sheroziy devoni, Mirzo Abdulqodir Bedil devoni, Mir Alisher Navoiyning «Chor devon»i, Fuzuliy g'azaliyoti hamda sharqda milliy ta'lim sohasida darslik va qo'llanma sifatida foydalanib kelinayotgan «Maslak ul-muttaqin», «Avvali ilm», «Mu'zi Vazanjoniy», «Avomil», «Harakat», «Qofiya», «Sharqi muloyi Jomiy», «Risolai Shamsiya» kabi risolalar bilan tanishish imkoniga ham ega bo'lganlar. Bu esa madrasalarda ta'lim jarayonida badiiy adabiyotning mumtoz namunalari keng o'rin olganligini, dunyoni, tаfаkkurni shakllantirish borаsidа bаdiiy аsаrlаrgа alohida ahamiyat berilganligini ko'rsаtаdi.
Mаdrаsаlаrdа bilim olish mumkinligi, bu yerdа ham diniy, ham dunyoviy fаnlаr bo'yichа dunyogа tаnilgаn mutaffakkir, olimlаr bor bo'lgаnligi uchun ham Turkistondа turli mаmlаkаtlаrdаn ko'plаb tаlаbаlаr kelib o'qigаnlаr1.
XIX asr oxiri va XX asrning boshlarida Buxoro amirligida siyosiy tuzum monarxiya tartibiga asoslangan bo‘lib, mang‘itlar sulolasi vakillari tomonidan boshqarilar edi. Rossiya imperiyasining mamlakatga 1866-1868 yillardagi harbiy yurishlaridan so‘ng amirlikning imperiya qo‘shinlari tomonidan bosib olinishi natijasida tuzilgan 1868 yildagi Rossiya-Buxoro sulh bitimiga ko‘ra, mamlakat siyosiy mustaqillik va hududiy yaxlitlikdan mahrum etilib, Jizzax, Kattaqo‘rg‘on, O‘ratepa, Samarqand hududlarini Turkiston general-gubernatorligi tasarrufiga o‘tishiga asos bo‘ldi, Buxoro amirligi o‘z siyosiy mustaqilligini yo‘qotib, vassal mamlakatga aylanib qoldi. Buxoro amirligi faoliyatini nazorat qilib turish uchun tashkil etilgan Rossiya imperiyasining Buxorodagi siyosiy agentligi katta mavqega ega bo‘lib, mamlakat ichki masalalariga ham bevosita aralashish vakolatiga ega edi. Mamlakatning Rossiya imperiyasiga siyosiy qaramligi tez orada uning iqtisodiy jihatdan bo‘ysundirilishiga olib keldi. Buxoro amirligining Rossiya boj tizimiga kiritilishi uni savdo mustaqilligidan mahrum etdi. Mamalakat qisqa fursatda Rossiya xom ashyo manbai va tayyor mahsulotlar bozoriga aylandi. Amirlikda temir yo‘l qurilishi rus manzilgohlarining tashkil topishi, rus aholisining kirib kelishiga, ular bahonasida tashkil qilingan Rus siyosiy agentligining mamlakat ichida nazorati o‘rnatilishiga olib keldi. Ammo ichki boshqaruvning amirlik usulida saqlanib qolishi tufayli ko‘p sohalar an’anaviy tarzda rivojlanishda davom etdi. Xususan, an’anaviy madaniy hayot, ta’lim tizimi ham saqlanib qoldi. O‘rta Osiyo an’anaviy ta’lim tizimiga binoan mamlakatda quyi va yuqori bosqichdan iborat ta’lim maskanlari – maktab va madrasalar asrlar davomida faoliyat yuritib kelgan. Mirzo Abduazim Somiyning “ Mang‘it sultonlari tarixi” asarida qayd etilishicha, “... davlatdagi parokandalik, musulmon jamoasidagi tushkunlik amir Nasrulloning taxtga chiqishidan boshlandi va razillarga rahnamolik, e’tiborli va hurmatli insonlarning kamsitilishi amir Muzaffar hukmronligida mustahkamlandi, amir Abdulahadxon davrida odat tusiga aylandi va o‘zining zararli mahsulini bera boshladi”[5]5. Siyosiy huquqsizlik, tashqi aloqalar cheklanishi natijasida kuchaygan biqiqlik sharoitida mamlakatda nafaqat ijtimoiy sohada, balki madaniy hayotda ham turg‘unlik, davr talablaridan ortda qolish tendentsiyalari namoyon bo‘la boshlagan edi. Xususan, ta’lim tizimida bu holat yaqqol ko‘zga tashlanar edi. Mamlakatda an’anaviy ta’lim tizimi amalda bo‘lib, Buxoro amirligida va xususan, O‘rta Osiyoda faoliyat ko‘rsatgan boshlang‘ich maktablarda ta’lim olgan, so‘ngra madrasalarda tahsil olib dunyoni lol qoldirgan buyuk zotlar Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Mahmud Xorazmiy, Imom Buxoriy, Mahmud Zamaxshariy, Ulug‘bek, Ali Qushchi, Imom Termiziy, Imom Marg‘inoniylar kabi ko‘plab yirik olim – mutafakkirlarni ilgarilari etkazib bergan ilm maskanlari bu davrda ancha eskirgan, davr talablaridan ortda qolgan edi. XX asr boshlarida ham Buxoro Markaziy Osiyo, Kavkazorti, hozirgi Tatariston va Boshqirdiston hududlari uchun islom dinining markazlaridan biri sifatida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Bu Turkiston general-gubernatorining 1899 yil yakuni bo‘yicha podshoga yozgan xatida ham tan olingan. Xat orqali Rossiyada 14 million atrofida musulmonlar yashayotganligi, qadimdan Buxoro musulmonlar dunyosida islom ma’rifati markazlaridan biri sifatida tan olib kelinayotganligi va hozirda ham o‘zining bu boradagi ahamiyatini yo‘qotmaganligi to‘g‘risida xabar berilgan6[6]. Boshlang‘ich an’anaviy maktab musulmon bolalari uchun umumiy ma’lumot beradigan xat-savod chiqarish maskanlari bo‘lib, arab imlosida savod olish, yozish va o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish,[7]7 hisoblash qoida va ko‘nikmalarini hosil qilish, tabiat va jamiyat, atrof-muhit, islom dini haqida bilim va tushunchalar berish, axloq-odob me’yorlariga amal qilishni o‘rgatishdan iborat edi.
Buxorodagi birinchi an’anaviy maktab 714 yili Qutayba ibn Muslim tomonidan Buxoro arkida, zardushtiylar ehromi o‘rnida bunyod etilgan[8]8. “Maktab” so‘zi arabcha “kataba” – yozmoq fe’lidan yasalgan bo‘lib, yozishga o‘rgatiladigan joy[9]9 deyilsa, boshqalarida “maktab” termini mirzalar maktabi ma’nosini bildirgan. 1896 yilda Sank-Peterburgda nashr qilingan entsiklopediyada: “Maktabmusulmonlarning masjidlar qoshidagi xat-savod chiqarish va diniy udumlarni o‘zlashtirish dargohi” deya ta’rif berilgan. Bunday an’anaviy ta’lim tizimi O‘rta Osiyo erlari Arab xalifaligi tomonidan bosib olingandan keyin (VIII asrda) zardushtiylarning “dabiriston”lari o‘rnida shakllangani ma’lum. O‘rta Osiyoda an’anaviy ta’lim ikki bosqich: quyi – boshlang‘ich maktab va yuqori – madrasa bosqichidan iborat edi. Ushbu tizim maktablari davlat tomonidan to‘liq mablag‘ bilan ta’minlanmagan, ular doimiy ravishda xususiy shaxslar mablag‘i va vaqf mulklari hisobiga yashab kelgan. Shariat qoidalariga muvofiq, maktab, madrasa, masjidlarga vaqf qilingan mulklardan binolarni ta’mirlashga, madrasa talabalari, maktab mudarrisi va boshqa xizmatchilarni ta’minlashga va davlat soliqlarini to‘lashga sarflangan16. O‘rta Osiyoning barcha shahar, qishloq va ovullarida maktabxonalar mavjud bo‘lgan. Maktablar ko‘pincha bir sinf xonasidan iborat bo‘lganligi uchun ham ularni maktabxona deb atashgan. Musulmon qoidalaridan kelib chiqqan holda o‘g‘il va qiz bolalar alohida-alohida maktabxonalarda o‘qitilgan. O‘g‘il bolalar maktabxonalarining aksariyati masjidlar, madrasalar, qorixonalar qoshida yoki xususiy maktabdorlar xonadonlarida, qiz bolalar maktabxonalari otin ayollar uylarida yoki badavlat kishilarning maktab yoshidagi qizlari uchun ularning uylarida tashkil etilgan. Maktablarda o‘g‘il bolalarni o‘qitgan kishi “ domla, ustod, ustoz, muallim” deb atalgan. Qizlarni o‘qitgan ayollarni esa “otinoyi” yoki “ otinbibi” ( Toshkentda) “ bibixalifa” yoki “bibiotin” (Buxoroda), “eltibibi” (Xorazmda) deb atashgan[10]10. Shuni e’tiborga olish lozimki, hozirgi Qoraqalpog‘iston hududidagi maktabxonalarda o‘sha davrda ham o‘g‘il va qiz bolalar birgalikda bir muallim tomonidan o‘qitilavergan. Ayrim an’anaviy maktablarda dars berish bilan shug‘ullanuvchi domlaning ish haqi vaqfnomada belgilangan mablag‘dan to‘lab borilishi ko‘pgina vaqfnomalarda uqtirilgan. Bunday ma’lumotlarni Raufboy o‘g‘li Ma’rufboy, Mirmansurning qizi Nozikoy, O‘zbek o‘g‘li Mirzo G‘ulom vaqfnomalaridan bilib olishimiz mumkin. Masalan: Raufboy o‘g‘li Ma’rufboy vaqfnomasida: “ Vaqf mulkidan hosil bo‘lgan pulni musulmon farzandlariga diniy ta’lim beradigan hamda har juma ertalab va kechqurun “ Mulk”, “ Taborak” surasini o‘qib, o‘shandan hosil bo‘ladigan savobni vaqf egasiga va uning ota-onasiga, o‘tgan barcha olim-ulamolarga bag‘ishlagan kishi”ga berilishi yozib qo‘yilgan. Yana bir vaqfnomada 1338 hijriy yilda Shamsuddin valadi Mirg‘iyos Mirzog‘ulomning Mullo Shodiy guvohligida vaqf vakolatini olgani quyidagicha yozilgan: “Hovli vaqf qilinganligi va shunga bizdan keyin tirik qolgan kishi ushbu vaqflarga valiy (egalik) qilib maktabdagi musulmon bolalariga hovlini ijaraga bergan pulining bir qismini berishlarini va ular har juma kuni “Yosin”surasini o‘qib vaqf va payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam ruhlariga bag‘ishlashini shart qilgan”. Bundan tashqari, muallimga nisbatan quyidagicha shart qo‘yilgan: “ O‘qituvchi maktabni uzrsiz tark etmasligi kerak”[11]11. Maktablar ko‘p hollarda ayrim badavlat shaxslarning xayrehsonlari evaziga, ba’zan esa masjidlarga tushgan daromad evaziga qurilgan. Masalan, Mir Mansurning qizi Nozikoy etti xonali uy va boloxonadan iborat bo‘lgan hovlisini maktab o‘quvchilari foydasiga diniy ta’lim olishlariga yordam sifatida vaqf qildirgan. Vaqfnomalarda yozilishicha, maktabxonalar yog‘och, xom va pishiq g‘ishtdan bino qilingan. Maktabxona binosi odatda bir xonadan iborat bo‘lib, bolalar bo‘yra yoki gilam ( to‘shamcha, sholcha) ustida o‘tirishgan. Maktabning xonalari kichik, tor bo‘lib, yorug‘lik tushmaydigan qorong‘i, o‘quvchilar o‘tiradigan joy esa nam va zah bo‘lgan. O‘g‘il bolalar maktabxonalarida masjid qavmi tomonidan taklif etilgan masjid imomi, muazzini yoki madrasani tugatgan kishi muallimlik qilgan. Buxoro amirligidagi maktabxonalar faoliyatini Abdurauf Fitrat shunday ta’riflaydi: “ Maktab shunday joydirki, bir muallimi bor, uni maktabdor deydilar, bolalar u erda etti yildan to o‘n yilgacha zaruriy xat-savodlarini chiqargunga qadar qoladilar, undan keyin xohishlariga qarab, madrasaga borib, dars o‘qiy boshlaydilar”. Sadriddin Ayniyning yozishicha, Buxorodagi maktabxonaning ko‘rinishi quyidagicha bo‘lgan: “ Maktab torgina bir xonadan (hujradan) iborat bo‘lib, uning ikki eshigi bor, buning biri bir tavaqali va eshik ko‘pincha yopiq turar edi. Ikkinchi eshigi darcha bo‘lib, uch gaz bo‘yi va yarim gaz eni bor. Bu darchaning oldida domla(maktabdor)ning o‘tiradigan joyi bor. Darchalarga esa parda qilingan (derazasi qog‘oz bilan qoplangan) va qog‘ozga qor-yomg‘irdan saqlash uchun zig‘ir moyi surtilgan edi. Shuningdek, maktabning derazasidan darsxonaga hech bir yorug‘lik kirmas edi. Hujraning shipi tagidan devorning shipga yaqinlashgan joyida ikki tomondan ham bir-biriga ro‘parama-ro‘para qilib ochilgan ikki tuynukcha bo‘lsa ham, bulardan kiradigan yorug‘lik pastga tushmasdan, hujraning devorlarida qolar edi. Bu hujraning kengligi o‘n olti gaz murabba (kvadrat) edi, uning ichida bir-birining ustidan o‘tkazilib to‘rtta sinch tortilgan va bu bilan hujra to‘qqiz bo‘lakka bo‘lingan, go‘yo maktabxonaning ichida to‘qqiz oxur paydo bo‘lgan edi.

Yüklə 33,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin