Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar Markaziy



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/71
tarix13.12.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#175214
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71
Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019

2. O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar Markaziy 
davlat arxivida saqlanayotgan fondlar. 
Arxivda O‘zbekistonning XIX asrning 
60-yillaridan to hozirgi davrlarga oid tarixni o‘zida aks ettirgan noyob hujjatlar 
yig‘ilgan. Arxivda umumiy hisobda 273.000 saqlov birligidagi hujjatlar saqlanadi. 


105 
Shulardan 19.257 saqlov birligi kinohujjatlar, 238.652 saqlov birligidagisi suratli 
hujjatlar, 15.185 saqlov birligidagisi ovozli hujjatlarni tashkil etadi. O‘zR KSOH 
MDAda fond va yig‘majild tushunchalari ishlatilmaydi, ya’ni har bir hujjat alohida 
saqlov birligida va alohida arxiv raqami bilan hisobga olinadi. 
 
Mustamlaka davr fotoxujjatlarida Turkiston o‘lkasidagi milliy-ozodlik va 
inqilobiy harakat (1898, 1905-1907 yillar) ko‘rinishlarini, Rossiyasi imperiyasi 
vakillari tomonidan o‘lkaning boshqaruvi, ularning mahalliy hokimiyat bilan 
munosabatlari, sud organlari faoliyati, Qo‘qon xoni va Buxoro amirining xalqaro 
munosabatlari va aloqalari, musulmonlar dini va turmush tarzi tasvirlangan. 
Fotoxujjatlarda sanoatning rivojlanishi (temir yul ko‘priklarining qurilishi, 
sug‘orish kanallari, teri va yog‘ zavodlarining ishlab chiqarish faoliyati, 
to‘qimachilik, ipakchilik fabrikalari, gilam to‘qish hunarmandchiligi, qishloq 
xo‘jalik inventari, ko‘mir sanoati va boshqalar) qishloq xo‘jalik ( sodda mexnat 
qurollari, erni omoch bilan haydash, qo‘l bilan paxta terish va boshqalar), transport 
va aloqalar (vokzal binolarining ko‘rinishlari; Toshkent temir yuli, Toshkentda 
Turkiston pochta-telegraf xizmatchilarining I o‘lka s’ezdi) (1917-yil ); savdo-sotiq 
(gazlama sotuv do‘konchalari, do‘ppilar, sopol idishlar, Samarkanddagi Registon 
maydonidagi sotuv rastalari; Andijon, Buxorodagi bozorlarning umumiy 
ko‘rinishlari va boshqalar) tasvirlangan. Suratlar o‘zida o‘lkadagi sog‘liqni saqlash, 
maorif-fanni rivojlanishi; Turkiston ilmiy-tekshirish komissiyasining ishlari, 
Samarqanddagi Ulugbek observatoriyasi qazilmalari, musulmon maktablaridagi 
darslar, maktabdagi urf-odatlar, kasallarni eskicha davolash usullari, “o‘qib dam 
solish” ko‘cha muzikachilarining chiqishlari va boshqalarni aks ettirgan. 
Sho‘rolar davri kino, surat va ovozli hujjatlarida hozirgi O‘zbekiston 
Respublikasi hududida sho‘ro hukumatining o‘rnatilishi, Buxoro Xalq Sovet 
Respublikasi, Xorazm Xalk Sovet Respublikasi, Turkiston ASSR, O‘zbekiston SSR 
dagi davlat hukumati, ushbu respublikalar jamoat tashkilotlarining faoliyati, xalk 
xo‘jaligi, fan-texnika , sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, madaniyat va san’at, sport, 
xizmatchilarning dam olishi, shuningdek, bu respublikalar vakillari va chet davlat 
siyosiy jamoat arboblarining yuqori partiya organlari faoliyatida ishtirok etishi, fan 


106 
va madaniyat arboblarining O‘zbekistonga tashriflari va o‘z vakillarining boshqa 
respublikalarga safarlarini o‘zida aks ettirilgan. 
Badiiy ovozli hujjatlar O‘zbekiston va chet el kompozitorlari asarlari, xalq 
musiqalari, she’riy, nasriy va drammatik asarlar, taniqli qo‘shiqchilarning 
chiqishlari, xalq ijrochilari, respublika musiqa kollektivlari, jumladan Tamara 
Xonim, F.Baratova, M.Turg‘unboeva, N.Axmedova, T.Qodirov, M.Uzokov, 
Y.Rajabiy va boshqa ovozli yozuvlardan iborat. 
Shuningdek, O‘zbekistonda xotin-qizlar ozodligi uchun harakati (Xujum): 
xotin-qizlarni paranjini butunlay yuq qilishga qaratilgan miting va yig‘ilishlari, 
savodsizlikka barham berishga qaratilgan kino, suratlar xam mavjud. 
Arxivning kino va surat hujjatlari 2-jaxon urushi davridagi respublika 
hayotini, ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining frontdagi qaxramonligi, front orqasida 
o‘zbek xalqining etim bolalarni asrab olish, mamlakatga zavod va fabrikalarni 
evakuatsiya qilinishi, mexnatkashlarning mitinglari, frontga ko‘ngillilarni kuzatish 
va boshqalarni ko‘rish mumkin . 
Arxivda urushdan keyingi davrlarda respublika xalq xo‘jaligi tarmoqlari 
energetika, yoqilgi sanoati, metallurgiya, mashinasozlik, stanoksozlik, asbobsozlik 
sanoati va boshqalar, transport va aloqaning rivojlanishi; O‘zbekistonda qishloq 
xo‘jaligining rivojlanishi (qishloq xo‘jaligi ilg‘orlari va ishchilarining s’ezd va 
quriltoylari), qo‘riq va bo‘z erlarni o‘zlashtirish qishloq xo‘jaligini 
mexanizatsiyalashtirish va kollektivlashtirish, paxtachilik va chorvachilikni 
rivojlantirish) o‘zida tasvirlangan kino, surat hujjatlar mavjud. Ushbu kino, surat 
hujjatlar madaniyat qurilishi, fan, sog‘liqni saqlash, san’at, fizkultura va sport 
rivojlanishi haqida ham tushuncha beradi. 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik davri kino, surat va ovozli hujjatlari 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi, demokratik jamiyat 
qurilishi, davlat boshqaruvining yangi tizimini vujudga kelishi, markaziy organlari 
faoliyatining maqsad va vazifalaring o‘zgarishi, bank tizimining qayta tashkil 
etilishi, jaxon tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining tan olinishi, 
chet el mamlakatlari bilan diplomatik aloqalarning o‘rnatilishi, ko‘p 


107 
Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin