Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/68
tarix02.05.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#106091
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   68
ozbekistonda arxiv ishi tarixi-1

10-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi 
Reja: 
1.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivining tashkil topishi va faoliyati. 
2.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan fondlar. 
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxividagi shaxsiy fond
hujjatlarining tavsifi. 
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivining tashkil topishi 
va faoliyati. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi O‘zbekiston SSR 
Sovet Ministirligining 1958-yil 20-noyabrda 759-son qarori asosida, 1931-yildan 
faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Oktyabr inqilobi markaziy davlat arxivi va markaziy 
davlat tarix arxivining birlashtirilishi natijasida tashkil etilgan. O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan qimmatbaho hujjatlarning 
soni va mohiyati jihatdan O‘rta Osiyo respublikalari Markaziy davlat arxivlari ichida 
eng yirigidir. Unda XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, to hozirgi kunimizgacha 
bo‘lgan ko‘p sonli hujjatlar saqlanmoqda. 
O‘zR MDA dastlab tashkil etilganida quyidagi tuzilmalar mavjud edi. 
1. Arxiv rahbari; 
2. Sovet davrigacha bo‘lgan fondlar bo‘limi; 
3. Maxfiy fondlar bo‘limi; 
4. E’lon qilish bo‘limi; 
5. Ma’lumot stoli; 
6. O‘quvxona; 
7. Ilmiy-ma’lumot kutubxonasi; 
8. Xodimlarga xizmat ko‘rsatish: 
O‘zbekiston SSR Sovet Ministirligi buyrug‘i bilan 1962- yil 28-aprelda O‘zR 
MDA tuzilmalariga qo‘shimchalar qilindi. 
1. Hisobga olish bo‘limi; 
2. Jamlash; 
3. Tekshirish; 


90 
4. Ilmiy-ma’lumotnoma apparati: 
O‘zbekiston SSR Sovet Ministirligining 1963-yil 14-oktyabr 603-sonli qarori 
asosida O‘zR MDA quyidagi bo‘lim tashkil etildi. 
1. Idoraviy arxivlar. 
O‘zbekiston SSR Sovet Ministirligi qoshidagi Arxiv boshqaruvi 1964- yildagi 
33-son buyrug‘i asosida O‘zbekiston SSR MDA quyidagi o‘zgarishlar kiritildi. 
1. Rahbar lavozimi Direktor lavozimiga o‘zgartirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining 1991-yil 31-avgustdagi qaroriga 
muofiq 1991-yil 1-sentyabrdan O‘zbekiston SSR MDA O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy davlat arxivi deb yuritildi. 
1991-yilda bo‘limlar nomiga quyidagi o‘zgarishlar qilingan. 
1. “Xodimlar apparati shtati” “Apparat boshqaruvi” deb yuritildi. 
2. “Xodimlarga xizmat ko‘rsatish” bo‘limi “Xo‘jalik xizmati” ga 
o‘zgartirildi. 
1992-yil shtat jadvaliga asoslanib, O‘zR MDA quyidagi tuzilmalardan iborat 
bo‘lgan: 
1. Apparat boshqaruvi; 
2. Xujjatlarni saqlovini ta’minlash bo‘limi; 
3. Sovet davrigacha bo‘lgan fondlar arxiv saqlovxonasi; 
4. Sovet davri fondlar arxiv saqlovxonasi; 
5. Mikronusxalar arxiv saqlovxonasi; 
6. Davlat hisobini olib borish va ilmiy-ma’lumot apparati bo‘limi; 
7. Jamlash idoraviy arxivlar va ish olib borish bo‘limi; 
8. Maxsus fondlar bo‘limi; 
9. Rejalashtirish va tashkilish – uslubiy ishlar bo‘limi; 
10. Hujjatlardan foydalanish va ularni e’lon qilish bo‘limi; 
11. Hujjatlarni saqlovini ta’minlash bo‘limi; 
12. Xo‘jalik xizmati bo‘limi: 


91 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi respublika miqiyosidagi 
muassasa hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
“O‘zarxiv” agentligiga bo‘ysunadi. O‘zR MDA arxivshunoslik, hujjatshunoslik, 
arxeografiya va ular bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator fanlar sohasida respublikada olib 
borilayotgan ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlar bo‘yicha markaz sanaladi. 
Bugungi kunda arxivda 3 mingdan ziyod fondlar saqlanib, ulardan 200 tasi 
fuqarolarning shaxsiy fondlaridir. Umumiy holda 2 miliondan ortiq saqlov birligida 
hujjatlar saqlanadi. Mazkur hujjatlarda O‘zbekiston tarixining turli davrlarga oid 
masalalar yoritilgan bo‘lib, ularning o‘ta qimmatlilari vaqf hujjatlari hisoblanadi. 
Vaqf hujjatlarda bayon etilgan ma’lumotlarning eng qadimiysi IX asrga oid. 
O‘zR MDA ning kutubxona fondi 3 mingdan ziyod turli xil kitoblarni o‘z ichiga 
oladi. Ularning ichida 558 ta bosma nashrlar, to‘plamlar, tarixiy davr (1917 
yilgacha) ga oid adabiyotlar mavjud. 
O‘zbekiston Respublikasi MDA tomonidan quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi: 

hujjatlarni tartibga solish, ilmiy-texnikaviy qayta ishlash va ularni kelgusida 
saqlash uchun arxivga topshirish uchun tayyorlash; 

tashkilotlar, korxonalarning bayram sanalari haqida, hamda atoqli 
shaxslarning yubiley sanasi tashabbus axborotini tayyorlash; 

radio- va teleko‘rsatuvlarni tayyorlash; 

ekskursiyalarni o‘tkazish; 

ko‘rgazmalarni tashki etish; 

fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy so‘rovlarini bajarish; 

jismoniy va huquqiy shaxslarning mavzuli so‘rovlarini bajarish va 
hujjatlarini aniqlash; 

ish yuritish va arxivshunoslik muaamolari bo‘yicha ilmiy ishlarni tayyorlash 
va chop etish; 

arxiv hujjatlarining to‘plamini nashr etish; 

arhiv hujjatlaridan nusxalarni va ko‘chirmalarni berish; 

arxiv hujjatlarini raqamlashtirish; 


92 

arxiv ishi bo‘yicha seminarlarni, ma’ruzalarni o‘tkazish; 

arxiv ishi bo‘yicha o‘quv kurslarini o‘tkazish; 
Bugungi kunda O‘zR MDA arxivshunoslik va hujjatshunosli sohasi bo‘yicha 
quyidagi muassasalar bilan hamkorlik olib boradi: 
1. Hujjatshunoslik va arxiv hujjatlari Butunittifoq ilmiy-tekshirish instituti 
(VNIIDAD) – Rossiya Federatsiyasi; 
2. Korea International Cooperation Agency (KOICA) – Janubiy Koreya; 
3. M. Lyuter nomidagi Universitetning Sharqshunoslik instituti – Germaniya; 
4. «Xolokost» memorial muzeyi – AQSH; 
5. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti; 
6. O‘zbekiston Respublikasi Milliy kutubxonasi. 
7. O‘zbekiston Respublika Fanlar Akademiyasining Tarix instituti 
Arxiv ma’lumotlarini bosmadan chiqarish say-harakatlari 1922-yilda “Qizil 
arxiv” deb nomlanuvchi jurnalning nashr qilinishi bilan boshlangan. Uning birinchi 
galdagi vazifasi hech qanday yashirin sirning yo‘qligini ko‘rsatish edi. Jurnalda 
imperiyadagi mavjut korrupsiya va tengsizliklarni takidlaydigan izohlar bilan 
birgalikda chor Rossiyasi hujjatlari ham nashr qilingan. Ba’zi maqollalar esa 
masxara qilish uchun nashr qilingan. O‘rta Osiyo qo‘zg‘olonining yigirma yilligiga 
bag‘ishlangan, 1936-yilda nashr qilingan maqolada Farg‘ona viloyat harbiy 
gubernatori general-letenant Gippiusning tartibsizliklarni bostirish yo‘lidagi say-
harakatlari aks ettirilgan. Chor Rossiyasi amoldorlari yuritgan hujjatlarga qaraganda 
Gippius musulmonlar chopon do‘ppisini kiyib, Qur’onni o‘qishdan oldin uni o‘pgan. 
Bu hol tuzum tarafdorlarini ruhlantirgan. Ammo, arxiv hujjatlarida keltirilgan 
ma’lumotlarning turli talqinlari mavjut: bundan ko‘zlangan maqsad tuzumning 
oddiyligini emas, balki Qur’onni o‘qiyotgan gubernator rolini ko‘rsatish bo‘lgan 
(Antonina Burton.Archive Stories.(facts, fictions and the writing of history). -
London.2005.-P.50.). 
Arxiv hujjatlari sovet xalqlari birodarligidan chor hukumati va g‘arbiy imperiya 
tuzumlarini ajratishda xizmat qiladigan muhim vosita sifatida namoyon bo‘ldi. 


93 
1917-yil boshlarida bu farqni aniqlashga harakat qilgan V. Lenin chor imperiya 
hududlari bo‘ylab rus shovinizmini cheklab qo‘ydi. Bolsheviklarning xalqaro 
doiradagi yetakchilari inqilobni sharq tomon yoyish maqsadida osiyolik faollarni 
jalb etdi va ular sotsializm rivojlangan sobiq mustamlakalar holatini ko‘rsatish 
uchun O‘rta Osiyodan foydalanishga umid qilganlar (Antonina Burton.Archive 
Stories.(facts, fictions and the writing of history). -London.2005.-P.50.). 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin