3.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxividagi shaxsiy fond
hujjatlarining tavsifi. Shaxsiy fondlar tarkib topishi jixatidan shaxsiy arxiv fondi
hisoblanib, ayrim shaxs, oila, shajara hayoti va faoliyati jarayonida shakllangan
hujjatlardan tarkib topgan arxiv hujjatlari sanaladi. Shaxsiy fond hujjatlariga fond
egasiga tegishli biografik ma’lumotlar, ilmiy tadqiqotlar, dissertatsiya
ko‘chirmalari, shaxsiy yozishmalar, shaxsiy hayotiga va faoliyatiga doir turli rasmiy
hujjatlar, xizmat yoxud ijtimoiy ishga tegishli hujjatlar, kundaliklar, har xil
fotosuratlar, yozishmalar, hadya bitiklar, maktublar, magnit tasmalari, turli
yillardagi davriy matbuot nashrlaridan olingan qirqimlar, ayrim tarixiy manbalar,
kitob, jurnal va gazetalar, fond egasi to‘g‘risidagi turli shaxslarning chikishlari, fond
98
egasi tomonidan, topshirilishi kerak, deb hisoblangan turli qo‘lyozmalar va boshqa
hujjatlar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida 220 tadan ortiq tarixiy
shaxslarning shaxsiy fondlari saqdanadi. Fondlar turli davr va sohalarda ijtimoiy
faoliyat olib borgan shaxslarga tegishlidir. Ularning orasida davlat va jamoat
arboblari, ijtimoiy va tabiy soxa olimlari, yozuvchilar, shoirlar, san’atkorlar, ma’lum
soxa buyicha xizmat ko‘rsatgan faollar (arxitektor, irrigator, muxandis, diniy arbob),
madaniyat xodimlari, teatr va kino mutaxassislari, jurnalistlar, taniqli sportchilar,
urush qaxramonlari va hokazolar bor.
Shaxsiy fond hujjatlari nafaqat ma’lum shaxslarning personal tarixi, balki,
ijtimoiy tarix, ma’lum bir fan, soha tarixini o‘rganish buyicha daliliy materiallar
berishi bilan ahamiyatli hisoblanadi. Eng muhimi shundaki, ayrim tarixchi
olimlarning fondlaridagi hujjatlar faqatgina “shaxsiy” bo‘lmay, mamlakatimiz,
umuman O‘rta Osiyo tarixini o‘rganishga doir ko‘plab noyob hujjatlar uchraydi.
Shaxsiy fondda rus sharqshunos olimi va rassomi V.L.Vyatkin, tarix fanlari
doktorlari, akademiklar M.E. Masson va G.A. Pugachenkova, YA.E. G‘ulomov,
K.E. Jitov, K.Sh. Shoniyozov, S.A. Azimjonova, fan doktorlari. O.D.Chexovich,
B.V. Lunin, L.I.Rempel, G.N. Chabrov, M.Yu.Yuldashev, X.Sh. Inoyatov,
A.Ya.Sokolov, A.X.Boboxujaev, L.V. Gentshke, M.A. Axunova, T.G.Abaeva, P.A.
Kovalev, tarix fanlari nomzodlari L.M.Landa, G.L.Dmitriev, M.I.Vekselman,
M.E.Voronets, I.G.Polinov kabi olimlarning, bundan tashqari, tarixchi -
kutubxonachi E.K.Betger, arxeolog G.V.Parfenov, etnograf V.I.Anuchin, tarixchi
V.P.Savitskiy, arxitektor-sharqshunos B.N.Zasipkin, antrapolog L.V.Oshanin,
sharqshunos I.D.Yagello kabi o‘lkashunoslarning shaxsiy arxiv hujjatlar jamlanmasi
saqlanmoqda.
1943-yilda tashkil etilgan Tarix va arxeologiya instituti o‘z faoliyati
mobaynida O‘rta Osiyo tarixiga doir tadqiqotlar va manbalarni nashr etish ishlarini,
umuman sohaga oid barcha ishlarni ma’lum ilmiy yunalishda rejaga asosan amalga
oshirib kelmoqda. Tarix va arxeologiya instituti tashkil bo‘lgan dastlabki chog‘larda
olimlar asosan o‘z ilmiy ishlarini Rossiyaning etakchi shaharlarida boshlagan
99
bo‘lsalarda, keyinchalik O‘zbekistonda ham soha buyicha ilmiy kengash tuzila
boshlandi. Shunga ko‘ra, mutaxassislarning ilmiy salohiyat oshib bordi. Buni O‘zR
MDAda saqlanayotgan shaxsiy fondlar ham tasdiqlaydi.
O‘zbekistonda tarix ilmi rivojiga katta hissa qo‘shgan va ko‘plab shogirdlar
etishtirgan olimlardan yana biri professor Boris Vladimirovich Lunin bo‘lib, u 1953-
yildan umrining oxirigacha Tarix institutida faoliyat olib bordi. B.V. Lunin ilmiy
kotib, katta ilmiy xodim, 1968-yildan Tarix instituta tarixshunoslik sektorini
boshqargan. Uning rahbarligida o‘ndan ziyod nomzodlik va doktorlik
dissertatsiyalari yoqlangan. Uning “O‘zbekistonda arxeologiya, tarix, etnografiya,
falsafa va huquq
fanlari buyicha bibliografik ko‘rsatkichlar”i tadqiqotchilar uchun
muhim ilmiy amaliy qimmatga ega.
B.V.Luninga tegishli barcha shaxsiy arxiv hujjatlari uning qizi S.V. Lunina
tomonidan 2002-yilda O‘zbekistan Respublikasi Markaziy davlat arxiviga
topshirilgan. O‘sha yiliyoq 1876-2002-yillarga tegishli mazkur shaxsiy hujjatlar
ilmiy-texnik ishlovdan o‘tkazilib, jami 425 yigmajildning (fond R-2868) opisi
tuzilgan. B.V.Lunin shaxsiy fondi hujjatlari “B.V.Luninning ilmiy ishlari”, “Ilmiy
xizmat materiallari”, “Biografik materiallar”, “Xatlar”, “B.V.Lunin haqidagi
maqolalar”, “Xadya bitiklar”, “Boshka shaxsga tegishli materiallar” dan iborat.
O‘zR MDAda 2888-fond raqami ostida saqlanayotgan hujjatlar akademiklar
Karim Shoniyozovich Shoniyozov (1924-2000) va uning rafiqasi Saboxat
Azimjonovna Azimjonova (1922-2001) larning birlashgan fondi bo‘lib, hujjatlar
ikki yirik olimning hayoti va ilmiy faoliyatining juda ko‘p qirralarini aks ettiradi.
1957-yilda K. Shoniyozov O‘zR FA Tarix instituta aspiranturasiga o‘qishga
qabul qilindi. 1960-yilda Moskva shahrida «Историко этнографической очерк
карлуков юэчжых и западных раёнов Узбекистана» nomli nomzodlik, 1977-
yilda esa «К этнической истории узбекского народа» nomli doktorlik
dissertatsiyalarini himoya qildi. 1960-yildan boshlab Tarix institutining turli
lavozimlarida ilmiy faoliyat olib bordi. 1990-yildan umrining oxirigacha mazkur
dargoxda etnik jarayon va o‘zbek xalqining etnik tarixi muammolarini o‘rganuvchi
ilmiy tadqiqot guruxiga rahbarlik qildi.
100
K.Shoniyozov shaxsiy fondidan biografik ma’lumotlar, xotiranomalar
(qo‘lyozma), olimning ilmiy ishlari ro‘yxati, rejalari, monografiyalari, maqolalar,
ma’ruzalar, taqrizlar, olim ilmiy rahbarlik qilgan tadqiqotchilarning ro‘yxati va
ularning dissertatsiyalari, kundalik daftarlar (qo‘lyozma), olimning ilmiy ishlari
uchun to‘plangan materiallari, hayotiga doir shaxsiy hujjatlari, yozishmalar, ijtimoiy
faoliyatiga doir hujjatlar, faxriy yorliqlar, olim haqida boshqa shaxslarning ishlari
muhim o‘rin olgan. K.Shoniyozovning “O‘zbeklar”, “Qarluq davlati va qarluqlar”,
“O‘zbek xalkining shakllanish jarayoni”, “Toshkent shahri tarixidan lavha”,
“O‘zbek xalqining etnogeneziga oid ba’zi nazariy masalalar”, “Qang‘ davlati va
qang‘lilar”, “IX-X asrlarda Markaziy Osiyo mintaqalarida etnik va madaniy
jarayon”, “O‘zbek xalqining san’at tarixidan bir lavha”, “Mahalliy turklar kimlar:
turkmi yoki turkiy?” kabi ilmiy ishlariga doir hujjatlar saqlanadi. Shuningdek,
O’zbekiston FA akademigi, arxeolog olim Yahyo G’ulomov (1908-1977)ning
ishlari O‘zR MDA 2883-fondida, Baris Vladimirovich Lunin (1906-2001)ning ilmiy
ishlari 2868-fondda, etnograf olim Nil Sergeyevich Likoshin (1860-1923)ga tegishli
arxiv hujjatlar 2499-fondda, shaqshunos va lignvist olim Vladimir Petrovich
Nalivkin (1852-1918)ning hujjatlari 2409-fondda, tarixchi olima Axunova Melixon
Axunovna (1928-1987)ning ishlari 2800-fondda, arxeolog olim Mixail Evgenevich
Masson (1897-1986) ning ilmiy ishlari 2773-fondda, O’zbekiston SSR xalq rassomi
Lutfulla Abdullaevning asarlari 2707-fondda, O’zbekiston SSR FA Prezidenti
Abdullaev Habib Muxamedovich (1912-1962) ning hujjatlari 2575-fondda, Stalin
ta’qiblarining begunoh qurboni bo’lgan yozuvchi Mahmud Botu (Mahmud
Maqsudovich Xodiev (1904-1940)ga tegishli arxiv hujjatlari 2556-fondda, SSSR
xalq artisti, kinoaktyor Raxim Pirmuxammedov (1897-1972) ning hujjatlari 2639-
fondda saqlanadi.
Xulosa qilib aytganda, tarix fanining qaysi yo‘nalishi o‘rganilishidan qat’iy
nazar o‘rganilayotgan muammoni tadqiq etgan shaxslar faoliyati, ularning olib
borgan tadqiqotlari natijalari, shu bilan birga, shaxsiy hujjatlari bilan ham tanishish
kerak bo‘ladi. Muammoning o‘rganilish darajasi va tarixshunosligini yoritish
ma’lum bir shaxslar faoliyati bilan bog‘liqdir. Bu esa o‘z o‘rnida arxiv hujjatlariga,
101
xususan shaxsiy fondlardagi faktik materiallarga bo‘lgan talabni yanada oshiradi.
O‘zR MDAda saqlanayotgan 200 dan ortiq shaxsiy fond hujjatlari tarixiy tadqiqot
olib borishda muhim ahamiyatga ega. Bu kabi shaxsiy arxiv materiallari tarixda iz
qoldirgan mashxur-shaxslarning ijodi, faoliyatini, qolaversa, davr va jamiyat tarixini
tadqiq etishdagi “bo‘shliq”ni to‘ldirishda daliliy manba, tarixiy hujjat vazifasini
o‘taydi.
Dostları ilə paylaş: |