108
kinooperatori Xudoybergan Devonov o‘zining ilk hujjatli-xronikal filmlarida o‘zbek
xalqining hayotini, urf-odatlaripi, Xorazm manzaralarini aks ettirishga intilgan.
1924-yil rus-buxoro shirkati «Buxkino», 1925-yil Toshkentda «Sharq
yulduzi» (1936-yildan «O‘zbekfilm») kino-fabrikasining tashkil bo‘lishi o‘zbek
kino sa’nati rivojini boshlab berdi. Lekin milliy kadrlarning yetishmasligi
natijasida
studiyani tashkil etishga urinish va «Buxkino» shirkati qoshida
muntazam suratga
olishni tashkillashtirish muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. Toshkent studiyasiga hali kino
sohasida yaxshi tanilmagan rus kino arboblarining kelishi, ularning kasbiy
saviyasining pastligi haqiqiy milliy mazmundagi kinolar yaratishga yo‘l qo‘ymasdi.
Ular yaratgan filmlar faqat ekzotik va tashviqiy xarakterda bo‘lib, o‘zbeklar hayoti
buzib ko‘rsatilardi, o‘zbek ayollari rolini rus aktrisalari o‘ynashi natijasida
qahramonning ichki dunyosi, uning psixologik kechinmalari ochib berilmasdi
(masalan, «O‘lim minorasi» (rej. V. Viskovskiy), «Musulmon qiz» (D. Bassaligo),
«Ikkinchi xotin» (M. Doronin) va boshqalar).
Ovozsiz filmlarda berilgan mazmun tomoshabinga ko‘proq Yevropa
mutaxassislari nuqtai nazarini ifodaladi.Chunki milliy an’analarni
bilishdan yiroq
mualliflarning asarlari shu ruhda yaratilgan edi. 20-yillarda yaratilgan «Soyabon
arava» (O. Frelix), «Ravot qashqirlari» (K.Gertel), «Makrli changal» (V. Kozlov),
«CHodira» (M. Averbax) kabi filmlar shular jumlasidan. Ovozli kinoning yuzaga
kelishi o‘zbek kino sa’natining ham badiiy qiymatini oshirdi. Birinchi o‘zbek ovozli
filmi «Qasam» (1937)da milliy aktyorlik madaniyati, o‘zbek hayoti va psixologiyasi
mufassal aks etdi, ijtimoiy qarama-qarshiliklar asosiga qurilgan dramaturgiya
namoyoi bo‘ldi. Chunki barcha bosh rollarni o‘zbek aktyorlari o‘ynagan edi. Lekin
baribir asar ovozsiz kino davridagi eski kino madaniyati qoldiqlaridan xoli
bo‘lolmagani sababli o‘tmish va bugungi kun o‘rtasida arosatda bo‘lib qoldi. Shu
sababli, o‘sha
davrda yaratilgan Gruziya, Ozarbayjon filmlari kabi eng yaxshi
filmlar darajasiga ko‘tarila olmadi.
O‘zbek kinosining muboshiri bo‘lgan «Nasriddin Buxoroda» (1943, rej. Y.
Protazanov) filmi xalq mavzusining haqiqiy imkoniyatlarini ochib berdi.Tasviriy
vositalar qatorini qanday chiroyli va ifodali qurish mumkinligini ko‘rsatdi, yuqori
109
darajadagi ijro uslubini o‘rgatdi. «Tohir va Zuhra» (1945, rej. N. G‘aniev) filmi xalq
ertaklari asosida yaratiladigan filmlar chegarasini «buzib» o‘tgan holdatarixiy
filmlar yaratishga asos soldi hamda milliy ruhdagi ifodali o‘yin imkoniyatlarining
naqadar kengligini his etishga imkon berdi. Keyinroq yaratilgan «Alisher Navoiy»
(1947, rej. K. Ermatov) filmining yaratilishiga «Tohir va Zuhra»
kinosi muhim
poydevor bo‘lib xizmat qildi. Shuningdek, «Boy ila xizmatchi», «Qutlug‘ qon»
(1953, 1957, rej. L. Fayziev), «Shohi so‘zana» (1954, A. Beknazarov) kabi badiiy
asarlar ekranlashtirildi.
O‘zbek kinosila yoshlarda zamon taablariga yangicha qarash shakllandi, eski
qolip va taxminlardan uzoqlashdilar hamda dunyoga shoirona nazar tashlash
imkopiyatlari namoyon bo‘ldi. Shu bilan birga hayot faqat sevish,
xursandchilik
qilish, qahvaxonalarda raqsga tushish, chiroyli kiyinishdan iborat deb bilgan
shaharlik yigit va qizlar uchun tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan filmlar ham
o‘zbek ekran san’atiga yangi bir sahifa bo‘lib kirib keldi. Bu rejjisyor E.
Eshmuhamedov ijodida «Nafosat» (1966), «Sevishganlar» (1969) va b.)
yaqqol
ko‘zga tashlandi. «Maftuningman» (1958, Y. A’zamov), «Mahallada duv-duv gap»,
«Sen etim emassan», «Qalbingda quyosh». «Toshkent — non shahri» (1960, 1962,
1966, 1967, rej. Sh. Abbosov), «Sinchalak», «Ulug‘bek yulduzi», «Natashaxonim»
(1961, 1965, 1966, rej. L. Fayziev), «O‘tgan kunlar» (1969, rej. Y. A’zamov) va b.
filmlar shular jumlasidan. Urush yillari «Frontdagi do‘stlarga» (rej. K. Yormatov),
«Frontga sovg‘a» (S. Muhamedov, Y. A’zamov), «5 respublika konserti» (A.
Speshnev, 3. Sobitov) kabi badiiy-hujjatli filmlar ishlandi.
Dostları ilə paylaş: