Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


partiyaviylikning va jamoat harakatining vujudga kelishi, bozor iqtisodiyoti



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/68
tarix02.05.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#106091
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   68
ozbekistonda arxiv ishi tarixi-1


partiyaviylikning va jamoat harakatining vujudga kelishi, bozor iqtisodiyoti, 
tadbirkorlikning rivojlanishi, yangi ma’naviy dunyoqarashning vujudga kelishini 
o‘zida aks ettirgan. 
Arxivning kinohujjatlari M.Qayumov, D.Salimov, Sh.Zoxidov, I.Gibalevich 
kabi va ko‘pgina boshqa hujjatli kino ustalari ishlari bilan tanishtiradi. O‘R KSOH 
MDAda irrigator P.M.Kildyushovning, Toshkent tramvay-trolleybus boshqarmasi 
faxriy ishchisi S.A.Yusupovning, Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi O‘zMU) 
biologiya-tuproqshunoslik 
fakulteti 
professori 
I.A.Raykovaning, 
Respublikamizning 
sport 
faxriylari 
L.Ivanova 
va 
F.R.Semerninlarning, 
“Tashkentskie 
malchish-ki” 
kitob 
avtori, 
jurnalist 
L.Berejnixning, 
Respublikamizning markaziy ro‘znoma va oynomalari fotomuxbirlari M.Z.Penson, 
I.N.Panov, A.P.Shteynberg, U.Nurumbaev, E.Ryapasov, va boshqalarning 
fotohujjatlar kolleksiyalari (to‘plamlari) saqlanadi. 
Foto hujjatlar. Milliy istiqlol tufayli o‘zbek fotografiyasi tamomila yangicha 
rivojlanish yo‘liga ega bo‘ldi. Jahon fotosan’atining o‘ta muhim o‘rni, ahamiyatini 
nazarda tutgan holda 2002-yilda O‘zbekiston Ba’diy akademiyasi tarkibida 
«Toshkent foto uyi» tashkil etildi. 
F. Qurbonboev, R. Shagaev, N. Muhammadjonov, K.Minaychenko, M. va D. 
Penson, T. Zelma, V. Vyatkin, Tursun Ali, Sh. Usmon, V. An, V. Sokolov, R. 
YArullin kabi fotoustalar O‘zbekiston foto san’atida samarali faoliyat 
ko‘rsatgan.«Mahalla – men yashayotgan olam», «Suv – bu hayot demakdir» (2003 
y. BMT bilan hamkorlikda), shuningdek, 2003-2004 y.larda «O‘zbekiston: sevgi 
izhori» ochiq respublika havaskor fotorassomlari uchun an’anaviy tarzda xalqchil 
fototanlovi o‘tkazildi. 
Kino hujjatlar. O‘zbekistonda birinchi film 1897-yili «Eski jo‘va» maydonida 
ko‘rsatilgan. 1908-yildan Toshkent, Samarqand, Qo‘qon va boshqa shaharlarda chet 
el filmlari namoyish etilgan. O‘rta Osiyoda ko‘rsatilgan kinolentalar, asosan, 
Amerika, Fransiyaning Sharq ekzotikasi tasvirlangan filmlaridan iborat bo‘lgan. 
O‘zbek milliy kino sa’nati XX asrning 20-yillarida vujudga keldi. Birinchi o‘zbek 


108 
kinooperatori Xudoybergan Devonov o‘zining ilk hujjatli-xronikal filmlarida o‘zbek 
xalqining hayotini, urf-odatlaripi, Xorazm manzaralarini aks ettirishga intilgan. 
1924-yil rus-buxoro shirkati «Buxkino», 1925-yil Toshkentda «Sharq 
yulduzi» (1936-yildan «O‘zbekfilm») kino-fabrikasining tashkil bo‘lishi o‘zbek 
kino sa’nati rivojini boshlab berdi. Lekin milliy kadrlarning yetishmasligi natijasida 
studiyani tashkil etishga urinish va «Buxkino» shirkati qoshida muntazam suratga 
olishni tashkillashtirish muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. Toshkent studiyasiga hali kino 
sohasida yaxshi tanilmagan rus kino arboblarining kelishi, ularning kasbiy 
saviyasining pastligi haqiqiy milliy mazmundagi kinolar yaratishga yo‘l qo‘ymasdi. 
Ular yaratgan filmlar faqat ekzotik va tashviqiy xarakterda bo‘lib, o‘zbeklar hayoti 
buzib ko‘rsatilardi, o‘zbek ayollari rolini rus aktrisalari o‘ynashi natijasida 
qahramonning ichki dunyosi, uning psixologik kechinmalari ochib berilmasdi 
(masalan, «O‘lim minorasi» (rej. V. Viskovskiy), «Musulmon qiz» (D. Bassaligo), 
«Ikkinchi xotin» (M. Doronin) va boshqalar).
Ovozsiz filmlarda berilgan mazmun tomoshabinga ko‘proq Yevropa 
mutaxassislari nuqtai nazarini ifodaladi.Chunki milliy an’analarni bilishdan yiroq 
mualliflarning asarlari shu ruhda yaratilgan edi. 20-yillarda yaratilgan «Soyabon 
arava» (O. Frelix), «Ravot qashqirlari» (K.Gertel), «Makrli changal» (V. Kozlov), 
«CHodira» (M. Averbax) kabi filmlar shular jumlasidan. Ovozli kinoning yuzaga 
kelishi o‘zbek kino sa’natining ham badiiy qiymatini oshirdi. Birinchi o‘zbek ovozli 
filmi «Qasam» (1937)da milliy aktyorlik madaniyati, o‘zbek hayoti va psixologiyasi 
mufassal aks etdi, ijtimoiy qarama-qarshiliklar asosiga qurilgan dramaturgiya 
namoyoi bo‘ldi. Chunki barcha bosh rollarni o‘zbek aktyorlari o‘ynagan edi. Lekin 
baribir asar ovozsiz kino davridagi eski kino madaniyati qoldiqlaridan xoli 
bo‘lolmagani sababli o‘tmish va bugungi kun o‘rtasida arosatda bo‘lib qoldi. Shu 
sababli, o‘sha davrda yaratilgan Gruziya, Ozarbayjon filmlari kabi eng yaxshi 
filmlar darajasiga ko‘tarila olmadi. 
O‘zbek kinosining muboshiri bo‘lgan «Nasriddin Buxoroda» (1943, rej. Y. 
Protazanov) filmi xalq mavzusining haqiqiy imkoniyatlarini ochib berdi.Tasviriy 
vositalar qatorini qanday chiroyli va ifodali qurish mumkinligini ko‘rsatdi, yuqori 


109 
darajadagi ijro uslubini o‘rgatdi. «Tohir va Zuhra» (1945, rej. N. G‘aniev) filmi xalq 
ertaklari asosida yaratiladigan filmlar chegarasini «buzib» o‘tgan holdatarixiy 
filmlar yaratishga asos soldi hamda milliy ruhdagi ifodali o‘yin imkoniyatlarining 
naqadar kengligini his etishga imkon berdi. Keyinroq yaratilgan «Alisher Navoiy» 
(1947, rej. K. Ermatov) filmining yaratilishiga «Tohir va Zuhra» kinosi muhim 
poydevor bo‘lib xizmat qildi. Shuningdek, «Boy ila xizmatchi», «Qutlug‘ qon» 
(1953, 1957, rej. L. Fayziev), «Shohi so‘zana» (1954, A. Beknazarov) kabi badiiy 
asarlar ekranlashtirildi. 
O‘zbek kinosila yoshlarda zamon taablariga yangicha qarash shakllandi, eski 
qolip va taxminlardan uzoqlashdilar hamda dunyoga shoirona nazar tashlash 
imkopiyatlari namoyon bo‘ldi. Shu bilan birga hayot faqat sevish, xursandchilik 
qilish, qahvaxonalarda raqsga tushish, chiroyli kiyinishdan iborat deb bilgan 
shaharlik yigit va qizlar uchun tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan filmlar ham 
o‘zbek ekran san’atiga yangi bir sahifa bo‘lib kirib keldi. Bu rejjisyor E. 
Eshmuhamedov ijodida «Nafosat» (1966), «Sevishganlar» (1969) va b.) yaqqol 
ko‘zga tashlandi. «Maftuningman» (1958, Y. A’zamov), «Mahallada duv-duv gap», 
«Sen etim emassan», «Qalbingda quyosh». «Toshkent — non shahri» (1960, 1962, 
1966, 1967, rej. Sh. Abbosov), «Sinchalak», «Ulug‘bek yulduzi», «Natashaxonim» 
(1961, 1965, 1966, rej. L. Fayziev), «O‘tgan kunlar» (1969, rej. Y. A’zamov) va b. 
filmlar shular jumlasidan. Urush yillari «Frontdagi do‘stlarga» (rej. K. Yormatov), 
«Frontga sovg‘a» (S. Muhamedov, Y. A’zamov), «5 respublika konserti» (A. 
Speshnev, 3. Sobitov) kabi badiiy-hujjatli filmlar ishlandi. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin