Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/68
tarix02.05.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#106091
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   68
ozbekistonda arxiv ishi tarixi-1

1. O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari 
Markaziy davlat arxivining tashkil topishi. Ikkinchi jahon urushidan so’ng butun 
dunyoda arxiv hujjatlariga o‘zgacha yondashish kuzatildi. Endilikda ularga ijobiy
yondashish, arxiv madaniyati qonunlari bilan birga turli sohalardagi arxivlarni 
o‘zgacha bir obrazda gavdalantirish imkonini berdi. Bu esa arxivning demokratik 
shaklini yaratishga yordam beradigan va uni izlaydigan insonlar sonini ko‘paytirdi 
hamda ko‘plab insonlar o‘zlarining boshidan kechirgan va o’tmishi haqidagi 
hikoyalari bilan tarix zarvaraqlarini boyita boshladilar. Nazariyachi olimlar Lari 
Grossberg va Megan Morris ta’kidlab o‘tganidek, kundalik hayotimizga hamma 
narsaning bir zumda g‘oyib bo‘lib ketishdagi qo‘rquv hissi XXI asr uchun yangilik 
emas (arxiv hujjatlarini demokratlashtirish bundan mustasno emas edi). Ko‘pchilik 
olimlar esa og‘zaki tarixiy hikoyarning ma’lum vaqt o‘tishi bilan yo‘q bo‘lib 
ketishidan xavotirlana boshladilar. O‘z ilmiy izlanishlarini xotirlab Tina Camit ba’zi 
olimlarning hamma narsa arxiv tarzda hisobga olinishi mumkinligidan xavotirda 
ekanliklarini ta’kidlab o‘tadi (Antonina Burton. Archive Stories (facts, fictions and 
the writing of history). - London.2005.-P.5.). 
Har bir narsada nafaqat hozirgi davr va o‘tmish orasida balki tuzumning 
taqdiriga dahldor shaxslar va arxiv hujjatlari orasida ham qandaydir bir dinamik 
aloqalar mavjutdir. Olim Carolin Stedman arxiv hujjatlariga mavjud zamon 


113 
xarakteri ruhiyati ham ta’sir qilishi mumkinligini takidlaydi. Sobiq tuzumda olib 
borilgan izlanishlar va undagi nazariyalar arxivning faqatgina oddiy manbaa emas, 
balki
to‘liq huquqli tarixiy aktyor vazifasini bajarishini ham isbotlaydi. Mustabid 
tuzum arxiv hujjatlari imperiya qudrati, bosib olib hukmronlik qilishi va 
gegemonlikni ko‘rsatib beruvchi oyna bo‘lib xizmat qiladi. Jorj Sanizares Esguerra 
va Diana Taylor ispan tilida so‘zlashuvchi turli mamlakatlarda tarixiy yozma 
manbaalarni jamiyatga qarshi olib borilgan nohaqliklar, noqonuniy hatti 
harakatlarni baholashga yordam berganligini ham ko‘rsatib beradilar 
(Antonina 
Burton. Archive Stories (facts, fictions and the writing of history). - London.2005.-
P.5-6.).
Arxiv hikoyalari faqatgina tarixdagi faktlarni dalil qilib ko‘rsatadigan manbaa 
emas, balki, u tanlab olingan jilolanib ishlov berilgan insonlarning haqiqiy hayoti 
aks ettirilgan asarlar to‘plami hamdir. Agar ko‘plab tarixchilar birgalashib arxivlar 
ustida ish olib bormasalar o‘z-o‘zidan ayonki tarix butunlay yo‘q bo‘lib ketishi 
boshqacha qilib aytganda tarix halokatiga sabab bo‘lishi mumkin. Chunki ular bizni 
aynan o‘tmish bilan bog‘lovchi bir ko‘prik vazifasini bajaradi 
(Antonina 
Burton.Archive Stories (facts, fictions and the writing of history). - London.2005.-
P.8.).
1960-yillar boshida sobiq Ittifoq miqyosida tibbiyot sohasini rivojlantirish, 
yuqumli kasalliklar tarixini o‘rganish, ularga qarshi kurashishni tashkil etish va 
ilmiy tadqiqotlar olib borish maqsadida sovet hukumati tibbiyot hujjatlarini arxivda 
saqlash va qabul qilish ishlarini amalga oshira boshladi. 1962-yili tibbiyot arxivi 
birinchi bo‘lib O‘zbekistonda tashkil qilindi. Arxivga tibbiyot xodimi To‘xta 
Usmonov direktor qilib tayinlandi. Arxiv xodimlari 100 dan ortiq tibbiyot sahasidagi 
tashkilotlarni boshqarib, ularning hujjatlarini qabul qilish va saqlashni nazorat qilish 
bilan birga uslubiy yordamlar ham ko‘rsatdi. 
1965-yili arxivda texnik hujjatlar bo‘limi tashkil etilib, xodimlari soni 8 
nafarga etdi. Ilmiy-texnikaviy hujjatlarning ahamiyati oshib borgani sababli arxiv 
1965-yil 26-martdagi O‘zbekiston SSR Ministirlar Kengashining qaroriga binoan 
tibbiyot va texnikaviy hujjatlar Markaziy Davlat arxiviga aylantirildi. Shundan 


114 
so‘ng, ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari davlat saqloviga topshirishni tashkil 
qilish tartibli amalga oshirilib, shu yilning o‘zida hujjatlarning umumiy soni 30 
mingga yetdi. 
1980-yil 18-dekabrda O‘zbekiston SSR tibbiyot va texnikaviy hujjatlar 
Markaziy davlat arxivi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi 
deb o‘zgartirildi. 
Arxivda 1930- yillarga tegishli hujjatlardan tortib sovet davri va mustaqillik 
yillariga oid hujjatlar saqlanadi. 2009-yilda arxiv jamg‘armasiga jami 4354 ta; 
shundan 1501 ta boshqaruv; 1888 ta shaxsiy tarkib hujjatlari; 758 ta ilmiy va shaxsiy 
fond egalarining 207 ta hujjatlari qabul qilindi. 2004-yilda mazkur arxiv o‘zining 
yangi binosiga ko‘chib o‘tdi. Hozigi kunda arxivda 341 ta fond, 250000 ta saqlov 
birligiga ega. Bundan tashqari 500 ga yaqin turli korxona va tashkilotlarning shaxsiy 
tarkib hujjatlari saqlanadi.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin