Fanning ahamiyati. O‘zbekistonda arxiv ishi tarixi fani yoshlarga
xalqimizning o‘tmishini aks ettiruvchi qadimgi va bugungi arxivlar tarixi haqida
bilim berish bilan chegaralanib qolmaydi. Ushbu fan yoshlarni moddiy va ma’naviy
merosni asrab-avaylaydigan vatanparvar, ma’naviy jihatdan komil fuqaro yetib
tarbiyalashga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti ta’kidlab
o‘tganidek “Ma’naviyatni tiklash, tug‘ilib o‘sgan yurtida o‘zini boshqalardan kam
sezmay, boshini baland ko‘tarib yurishi uchun insonga, albatta tarixiy xotira kerak.
Kim bo‘lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa,
bunday insonlarni yo‘ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix
saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi ( Karimov I.A.
Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. – T.: “Sharq”, 1998. – B. 8-9).
O‘zbekistonning arxiv ishi tarixifani orqali arxivlarning davlat va jamiyat
ravnaqidagi qadrini talabalarga tushuntirish, ularni arxiv hujjatlarini chuqur
tushunishi, tahlil va tadqiq etish malakasini hosil etish va jamoatchilikni arxiv ishi
tarixi, mavzu va g‘oyaning mohiyati bilan tanishtirishga ko‘maklashishdan iborat.
Shuningdek, jamiyatning ma’naviy manzarasini arxiv hujjatlaridagi manbalar
bo‘yicha boyitish, bozor iqtisodiyoti sharoitida tarixiy xotiramizni aks ettiruvchi
arxivlarni mablag‘ va qiymat keltiruvchi hodisaga aylanib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik
uchun amaliy ko‘rsatmalar beradi.
Fanning ob’ekti va pretmeti. O‘zbekistonning arxiv ishi tarixi fani tadqiqot
ob’ektiga yurtimizdan topilgan yog‘och, suyak, teri, xum sirtiga va qog‘ozga
yozilgan ilk arxiv hujjatlari, o‘rta asr kutubxona-arxivlar haqida ma’lumot beruvchi
manbalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondini tashkil
etuvchi arxiv hujjatlari, ilmiy-texnikaviy, tibbiyot va kino, surat, ovozli hujjatlar,
mikrofilm va boshqa manbalar kiradi.
O‘zbekistonda arxiv ishi tarixi fani davlat taraqqiyoti va inqirozining faqat bir
tomoninigina emas, balki jamiyatning hamma tomonlarini uzviy o‘zaro bog‘liqlikda
bir butunlikda arxiv hujjatlari asosida o‘rganadi. U O‘zbekistonning o‘tmishidagi va
hozirgi hududida eng qadimgi davrdan to hozirgacha kechgan voqeliklar, insoniyat
hayoti, tabiyat va jamiyat taraqqiyoti hamda tanazzulini tahlil qiladi. Uning
10
o‘rganish pretmetiga esa, manashu makondagi jamiki xilma-xil voqea hodisalar,
ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik hamda qonuniyatlar hodisasi hamda
jarayonlar, umuman, xalq va insonning yaratuvchanlik faoliyati kiradi.