16
taxtachalarga qayd qilib borish an’analari paydo bo‘ldi.
Shunday qilib, muhim
voqealar hujjatlashtirilib borilgan va hujjatlarni saqlash an’anasi paydo bo‘lgan.
Shunga qadar Markaziy Osiyoda arxivchilik an’anasining paydo bo‘lganligi va
rivojlanganligini tasdiqlaydigan arxivlar topilgan. Qadimgi Nisadan topilgan Parfiya
ish yuritish hujjatlari podshohning sharob saqlanuvchi omborxonasidan topilgan
2700 dan ortiq ostrakon (sopol taxtacha)lardan iborat bo‘lib, kimga,
qancha yoki
kim, qaerdan vino olib kelganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. Mazkur
ostrakonlar hisob hujjatlari vazifasini o‘tagan. Hujjatlar oromiy alifbosiga
asoslangan parfiya tilida yozilgan.
Hujjatlar tasodifiy ravishda bir joyda to‘plangan bo‘lib,
miloddan avvalgi I
asr va milodiy II-III asrlarni o‘z ichiga oladi. Hujjatlardagi ma’lumotlar cheklangan
bo‘lishiga qaramay, umumiy holda ular Parfiya jamiyati hayotining turli tomonlari
to‘g‘risida axborot beradi. Ular yordamida podshohlik xo‘jaligining ayrim jihatlarini
o‘rganish mumkin. Xususan ular Parfiya podshohligining ma’muriy-huquqiy
tuzilishi, boshqaruv tizimi, ijtimoiy qatlami to‘g‘risida tasavvur hosil qilishga
yordam beradi.
1945-1950-yillarda S.P.Tolstov tomonidan Qorakalpog‘istonning Elliqqal’a
tumanida joylashgan Tuproqqal’a harobalaridan Xorazm hujjatlari sanalgan ulkan
arxivining topilishi fanga katta ma’lumotlarni olib kirdi. Tarix fanida bu arxiv joy
nomi bilan “Tuproqqal’a arxivi” deb yuritiladi. Hujjatlardan ma’lumki, Xorazmda
devonxona ish yuritish va arxivlashtirish ishlari juda yaxshi rivojlangan. Ayniqsa,
ma’muriy-xo‘jalik tizimi turkumiga kirgan arxiv xujjatlarining
topilishi Xorazm
davlatidagi ish yuritish an’anasi uzoq davrlardan buyon davom etib
kelayotganligini bildiradi.
Eramizning boshlari va milodiy II–III asrlarda, Tuproqqal’ada Xorazm
shohlarining qarorgohini o‘rganish davomida to‘plangan ashyoviy manbalarda,
ayniqsa, haykaltaroshlik namunalarida Kushon podsholigi davri madaniyatining
ta’siri yaqqol seziladi. Xorazmda yozuv o‘z yo‘nalishida davom etgan va oromiy
alifbosi asosida qadimgi xorazm yozuvi shakllangan.
Qadimgi Xorazm davlati
poytaxti – Tuproqqal’a arki-a’losidagi podsho qarorgohi bo‘lib xizmat qilgan saroy
17
majmuini o‘rganish jarayonida III asrga oid Xorazm podsholari arxivi topilgan.
Tuproqqal’a saroyidagi podsho arxivida 1947–1949 yillarda S.P. Tolstov
rahbarligidagi Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi a’zolari qadimgi
xorazmliklarning teri va yog‘ochga yozilgan 140 ta hujjatini topishdi. Shundan 122
tasi teriga yozilgan bo‘lib, ularning ko‘pi chirib ketgan. Teriga yozilgan hujjatlardan
18 tasi, taxtaga yozilganlardan esa 8 tasi yaxshi saqlangan. Bu hujjatlarning asosiy
qismi ma’muriy-xo‘jalik masalalariga doir bo‘lib, oromiy tipidagi alifboda yozilgan.
Hujjatlarning tili A.A. Freyman va boshqa tilshunoslar tekshirgan Xorazmning XIII
– XIV asrlardagi o‘ziga xos eroniy (forsiy) tiliga o‘xshaydi. Ayrim hujjatlarning yili
ham ko‘rsatilgan. Ular teriga yozilgan bo‘lib, noma’lum davr sanalari – 207, 231 va
232 yillar bilan belgilangan. Hujjatlar topilgan madaniy qatlam Xorazm tarixining
kushon-afrig‘iylar davri oralig‘i, ya’ni III-IV asrlarga oiddir.
Tuproqqal’a hujjatlari Mug‘ qal’asidan topilgan Panjikent hokimi Devashtich
arxivi kabi O‘rta Osiyoning qadimgi davriga
xos ijtimoiy munasabatlarni
o‘rganishda beqiyos muhim manba hisoblanadi. Ilk o‘rta asrlarga oid teriga bitilgan
boshqa bir Xorazm hujjati Yakkaporson ko‘shkida, 1959 yilda Xorazm arxeologik-
etnografik ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan topilgan.
Dostları ilə paylaş: