Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


Navoyi viloyati davlat arxivi



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/68
tarix02.05.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#106091
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   68
ozbekistonda arxiv ishi tarixi-1

Navoyi viloyati davlat arxivi. Navoyi viloyati davlat arxivi O‘zSSR Oliy 
Soveti Prezidiumining 1882-yil 20-apreldagi “Navoyi viloyatini tashkil etish 
to‘g‘risida”gi ko‘rsatmasiga binoan tashkil etildi. Oliy Sovet Prezidiumining 1988- 
yil 6-sentyabrdagi “Navoyi va Samarqand viloyatlarini birlashtirish to‘g‘risida”gi 
qarorining qabul qilinishi natijasida Navoyi viloyati davlat arxivi o‘z faoliyatini 
to‘xtatadi. 


128 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining1992-yil 27-fevralda №188 
sonli qaroriga “Navoyi viloyatini qaytadan tashkil etishning masalalari 
to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Navoyi viloyati tashkil qilingach, Navoyi viloyati 
davlat arxivini tashkil etish asosiy kun tartibidagi masalaga aylandi. 1993-yil 7-
yanvardagi Navoyi viloyati hokimining №01/3 sonli qarori qabul qilindi. Ushbu 
qaror asosida Navoyi viloyati davlat arxivini tashkil qilishning barcha tashkiliy 
masalalari ishlab chiqildi. Hozirda viloyat davlat arxivi Navoiy shahri, M.Tarobiy 
ko‘chasi, 107 a-uyda faoliyat yuritmoqda. 
Namangan viloyati davlat arxivi. Namanganda arxiv ishi 1936-yilda davlat 
arxivi bazasi asosida tashkil etilgan. 1941-yili Namangan viloyati tashkil etilgach,
viloyat davlat arxivi deb qayta nomlangan. 1960-yildan Andijon viloyati davlat 
arxivining Namangan shahar filiali sifatida faoliyat yuritgan. 1986-yilga kelib, 
Namangan viloyati davlat arxivi deb qayta nomlangan. Arxiv jamg‘armalarida 
Namangan viloyati siyosiy-iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy taraqqiyotiga oid sovet 
hukumati davrini yorituvchi hujjatlar jamlangan. Namangan viloyati arxiv 
jamg‘armalarida sovet hokimiyatining o‘rnatilishi, milliy ozodlik harakati, 
sotsialistik qurulishning olib borilishi va Namangan viloyati, shahar, tuman ijroiya 
qo‘mitalari faolitiga oid turli hujjatlar mujassamlashgan. 
Arxivning uezd yer-suv komissiyasi jamg‘armasida qishloq xo‘jaligi va 
o‘rmon xo‘jaligiga oid 1925-1926-yillardagi yer-suv islohotlariga oid, qishloq 
xo‘jaligini kollektivlashtirish, kooperativlar tarixiga oid hujjatlar to‘plangan. Xalq 
ta’limi jamg‘armasida esa, madaniyat, kasaba uyushmalari, xalqning moddiy 
ahvoliga oid hujjatlar saqlanmoqda. Shuningdek, arxivning suratli hujjatlar 
jamg‘armasida yer-suv islohotlari, sanoat va xalq xo‘jaligi taraqqiyotini madaniy va 
ommaviy tarzda yoritilishiga oid hujjatlar mavjud. Hozirda viloyat davlat arxivi 
Namangan shahri, Bank ko‘chasi, 9-uyda faoliyat yuritmoqda. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin