128
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining1992-yil 27-fevralda №188
sonli qaroriga “Navoyi viloyatini qaytadan tashkil
etishning masalalari
to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Navoyi viloyati tashkil qilingach, Navoyi viloyati
davlat arxivini tashkil etish asosiy kun tartibidagi masalaga aylandi. 1993-yil 7-
yanvardagi Navoyi viloyati hokimining №01/3 sonli qarori qabul qilindi. Ushbu
qaror asosida Navoyi viloyati davlat arxivini tashkil
qilishning barcha tashkiliy
masalalari ishlab chiqildi. Hozirda viloyat davlat arxivi Navoiy shahri, M.Tarobiy
ko‘chasi, 107 a-uyda faoliyat yuritmoqda.
Namangan viloyati davlat arxivi. Namanganda arxiv ishi 1936-yilda davlat
arxivi bazasi asosida tashkil etilgan. 1941-yili Namangan viloyati tashkil etilgach,
viloyat davlat arxivi deb qayta nomlangan. 1960-yildan Andijon viloyati davlat
arxivining Namangan shahar filiali sifatida faoliyat yuritgan. 1986-yilga kelib,
Namangan viloyati davlat arxivi deb qayta nomlangan. Arxiv jamg‘armalarida
Namangan
viloyati siyosiy-iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy taraqqiyotiga oid sovet
hukumati davrini yorituvchi hujjatlar jamlangan.
Namangan viloyati arxiv
jamg‘armalarida sovet hokimiyatining o‘rnatilishi, milliy ozodlik harakati,
sotsialistik qurulishning olib borilishi va Namangan viloyati, shahar, tuman ijroiya
qo‘mitalari faolitiga oid turli hujjatlar mujassamlashgan.
Arxivning uezd yer-suv komissiyasi jamg‘armasida qishloq xo‘jaligi va
o‘rmon xo‘jaligiga oid 1925-1926-yillardagi
yer-suv islohotlariga oid, qishloq
xo‘jaligini kollektivlashtirish, kooperativlar tarixiga oid hujjatlar to‘plangan. Xalq
ta’limi jamg‘armasida esa,
madaniyat, kasaba uyushmalari,
xalqning moddiy
ahvoliga oid hujjatlar saqlanmoqda. Shuningdek,
arxivning suratli hujjatlar
jamg‘armasida yer-suv islohotlari, sanoat va xalq xo‘jaligi taraqqiyotini madaniy va
ommaviy tarzda yoritilishiga oid hujjatlar mavjud. Hozirda viloyat davlat arxivi
Namangan shahri, Bank ko‘chasi, 9-uyda faoliyat yuritmoqda.
Dostları ilə paylaş: