2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi va unda
saqlanayotgan fondlar tasnifi. Qoraqolpog‘iston Respublikasi Markaziy Davlat
arxivi tarixida 1991-yildan boshlab yangi sahifa ochildi.Mustaqillikka
erishganimizdan so‘ng Qoraqolpog‘iston Respublikasi Markaziy Davlat arxivida
fondlarni saqlash, qayta ishlash ishlari jadal suratlarda rivojlanmoqda va zamonaviy
texnika vositalari joriy qilinib, aholiga xizmat ko‘rsatish yaxshilandi. O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-fevraldagi 49-son qarori bilan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Arxiv ishi boshqarmasi bo‘lib qayta tuzildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2010-yil 12-yanvardagi 9-b
son qaroriga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Arxiv ishi boshqarmasi
balansiga sobiq partiya arxivining binosi o‘tkazib beriladi. Ushbu bino 200 ming
saqlash birligi hujjatlarini saqlash uchun maxsus bo‘lib qurilgan va hozirgi kunda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy davlat arxivi joylashtirilgan.
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
“O‘zbekiston
Respublikasida arxiv ishini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida” 26.08.08 yil 194-son qarori talablarini bajarish yuzasidan QR MDA va
tuman davlat arxivlari zamonaviy konditsionerlar, yong‘in xavfsizligi uskunalari,
qo‘riqlash signalizatsiyalari, video kuzatish tizimi, kompyuter vositalari va
litsenziyali dasturiy ta’minat, korporativ tarmoqqa ulash uchun tegishli qurilmalar,
metall stellajlar, arxiv hujjatlaridan nusxa olish bo‘yicha yuqori texnologik asbob
uskunalar bilan ta’minlandi. “Hujjatlarning elektron sug‘urta fondini yaratish
qurilmasi” yordamida hujjatlarning elektron nusxasini yaratish ishlari 4-5
barobariga tezlashtirishga va bu ko‘rsatkish bo‘yicha bir kunda 300-400 kadr
yaratish o‘rniga 2000 gacha kadr yaratish imkaniga erishildi. 2013-yilda o‘ta
qimmatli hujjatlarning elektron nusxalarini yaratish bo‘yicha QR MDAda 1000
saqlov birligidan 25346 kadr yaratildi. Ushbu yaratilgan elektron nusxalardan
tadqiqotchilar va arxiv xodimlari tomonidan foydalanish imkoni yaratildi.
Vazirliklar, idoralar, shahar va tuman hokimliklari idoraviy arxivlari
faoliyatini rivojlantirish, idoraviy saqlashdagi MAF hujjatlarining saqlanishini va
ilmiy-texnik jihatdan ishlanishini ta’minlash, arxiv ishi va ish yuritish xodimlari
144
malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi. Davlat arxivlari 40ta
kompyuter, 10ta notebook, 32ta printer, 8ta skaner, 12ta faks apparatlari, 10ta
ksersks,
3ta
raqamli
fotoapparatlar
bilan
ta’minlangan.
Fuqarolarni qabul qilish, murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini
ta’minlash nazoratga olingan. Fuqarolar murojaatlari bo‘yicha ish olib boruvchi
xodimlarning ish o‘rinlari va ichki hujjatlarini (murojaatlarni qayd etish jurnallari),
shu bilan birga ularning muomala madaniyatini har bir arxiv muassasasi rahbari
tomonidan e’tibor qaratilmoqda.
Arxiv hujjatlari MAF tarkibiga kiritilgan arxiv fondlarining tarkibi va hajmi
ularning o‘zgarishi shuningdek, ularni saqlash joylari bo‘yicha yagona ma’lumotlar
bazasi tizimli shakllantirildi. Davlat arxiv fondlari, shuningdek idoraviy arxivlarning
arxiv fondlari va ularning jamlash manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har
kalendar yilning 1-yanvar holati bo‘yicha 5-yanvardan kechikmay taqdim etilishi
yo‘lga qo‘yildi.
Qoraqalpog‘iston MDAga 1992-2016-yillarda Shamshetov Murat
Perdebaevich direktor lavozimida ishlagan. Ushbu arxivga 2016-yildan hozirgacha
Bekmuratov Aymurza Mirzamuratovich direktor lavozimida ishlamoqda. Hozirda
Qoraqolpog‘iston Respublikasi MDA da 24 kishidan iborat xodim faoliyat yuriitadi.
Qoraqolpog‘iston Respublikasi Markaziy Davlat Arxivi fondlarida
respublika hokimiyatining yuqori organlari, respublika va shahar ahamiyatiga
molik hujjatlar, sud va prokuratura organlari, jamoat, kooperativ muassasalar, o‘quv,
madaniy-ma’rifiy muassasalar, kasaba uyushmalari va boshq tashkilotlarning ish
jarayonida hosil bo‘lgan arxiv materiallari saqlanadi. Arxiv fondlarida o‘zbek,
qoraqalpoq, turkman, rus, arab va lotin alifbosida yozilgan asl nusxa va ko‘chirilgan
nusxalardan iborat hujjatlarni uchratish mumkin.
2017-yil 15-dekabrdagi holat bo‘yicha Qoraqolpog‘iston Respublikasi
Markaziy Davlat arxivida 575 fond va 156707 yig‘majild saqlanmoqda.
Shulardan 36 ta shaxsiy tarkib hujjatlari hisoblanadi. Qoraqolpog‘iston
Respublikasi Markaziy Davlat arxivida saqlanayotgan 575 fondning dastlabki
9 tasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxiviga yuborilgan. Bu
145
fondlarda “Petro –Aleksandrovskiy shahar maktablari”, “Amudaryo boshqaruv
kanselariyasi” hujjatlari bo‘lib, ular O‘rta Osiyo tarixi uchun muhim ahamiyatga
ega. SHuning uchun ham hozirda, bu hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
Davlat Arxivining 275 fondida saqlanmoqda.
Qoraqolpog‘iston ASSR arxividagi davlat boshqaruvi va tuzilishi
jamg‘armasida, Qoraqolpog‘iston ASSR va Nukus shahri tarixi shuningdek,
Turkiston ASSR Amudaryo bo‘limi tarixi va Qoraqolpog‘iston ASSR ning
1924-yilda O‘z SSR tarkibidagi tarixiga doir ma’lumotlar, Qoraqolpog‘iston
viloyati va qishloqlari to‘g‘risidagi ma’lumtlar, ocharchilik, vayrongarchilikka
qarshi kurash to‘g‘risidagi hujjatlar jamlangan. Shuningdek, O‘rta Osiyo
xalqlarining ko‘payishi va aholining soni, Qoraqalpog‘iston Avtonom
Respublikasining birinchi Konsititutsiyasini qabul qilinishi haqidagi ma’lumotlar
mavjud. Markaziy va mahalliy sovet tashkilotlari jamg‘armasida avtonom
respublika xo‘jaligi va madaniy qurilishiga oid hujjatlar jamlangan. O‘lkadagi ishlab
chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlar, paxta tozalash zavodlari jamg‘armasida
jamlangan bo‘lib, unda shuningdek, Xo‘jayli, To‘rtko‘l, Chimboy, Beruniy va
boshqa shaharlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud. Bu jamg‘armada Mo‘ynoq
baliqchilik konserva zavodiga, shuningdek, Nukusdagi turli zavodlarga oid arxiv
hujjatlari jamlangan. Yer boshqaruvi jamg‘armasida qishloq xo‘jaligi tarixiga doir,
ishchi dehqon deputatlar faoliyatiga oid, sovet hukumati davrida Qoraqolpog‘iston
tarixiga doirma’lumotlar saqlanadi.
Qoraqolpog‘iston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi R-193 fondida 3500ga
yaqin yig‘ma jild saqlanmoqda. Ushbu yig‘majilddagi hujjatlarning eng qadimiysi
1932-yildan to 2017-yilgacha bo‘lgan materiallar hisoblanadi. Bu fond hujjatlari
qoraqalpoq va o‘zbek xalqlari tarixi haqida ma’lumot beruvchi qimmatli manba
sanaladi. Shuningdek, arxivda saqlanayotgan o‘ta qimmatli fondlardan 12-fondda
saqlanayotgan “Amudaryo bo‘limi ishchi, dehqon, soldatlar soveti deputatlari” ham
juda muhim ahamiyatga ega. Bu fond 4 ta opisdan iborat bo‘lib, ular har biri turli
yillarni o‘z ichiga oladi. Mazkur fonddagi mavjud hujjatlarni tahlil qiladigan
bo‘lsak, 1-opisda 40 ta yig‘majild mavjud bo‘lib, unda 1915-yildan 1921-yilgacha
146
bo‘lgan, ishchi, dehqon, soldatlar soveti deputatlarining yig‘ilishlar, qarorlar va turli
masalalar haqida qimmatli ma’lumot beriladi. SHu bilan birgalikda
bolsheviklarning ushbu hududga kirib kelishiga oid ma’lumotlar keltiriladi.Ushbu
hujjatlarda markazi hozirgi To‘rtko‘l shahri bo‘lgan Amudaryo bo‘limida
bolsheviklarning bosqinchilik harakatlari, shu erdan turib Xiva xonligiga qarshi
tashviqot olib borishi va harbiylarni to‘plab xonlik hududiga bostirib kirish
harakatlari alohida o‘rin olgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi MDA 12-fond 2-opisida esa, 470 ta yig‘majild
mavjud bo‘lib, bu hujjatlarda 1921-1926-yilgacha bo‘lgan Amudaryo bo‘limi
haqidagi ma’lumotlar keltiriladi. Bu ma’lumotlarda dastlab bolshevikla tomonidan
qo‘llab-quvvatlangan “YOsh xivaliklar” faoliyati, xon hokimiyati tugatilganidan
so‘ng XXSR ning tuzilishi,milliy hududiy chegaralanishga bo‘lgan harakatlar va
dastlabki er-suv islohoti haqidagi qimmatlli ma’lumotlar saqlanadi. Shu fondda Xiva
xonligini tugatishda qanday harakatlar olib borilganligi, bolsheviklar tomonidan
mahaliy aholining qiynalishi, bu erga ham ko‘chirib keltirish siyosatini olib
borilganligi haqida ma’lumotlarni olishimiz mumkin bo‘ladi. Mazkur fondning 3-
opisida esa 1925-yildan to 1932-yilgacha bo‘lgan voqealar yoritilgan.
Qoraqalpog‘iston MDA 649 ta yig‘majildni birlashtirgan 203-fondda
“Qoraqalpog‘iston ASSR Kompartiyasi”ga tegishli hujjatlar saqlanadi. Bu hujjatlar
davlat boshqaruviga oid buyruq va qarorlardan iborat. 462-fonddan boshlab asosan
mustaqillik davri hujjatlarini ko‘rishimiz mumkin. 462-fondda Qoraqalpog‘iston
Respublikasidagi siyosiy partiyalarning yig‘ilishlari va tadbirlari, respublikada
mavjud bo‘lgan banklar, sud organlari, prokratura, ichki ishlar, moliya
tashkilotlariga tegishli bo‘lgan hujjatlar mavjud.
506-fondda 1990-2008-yillgacha bo‘lgan davrdagi qimmatli hujjatlar
saqlanadi. Bu fondda 195 ta yig‘majild mavjud bo‘lib, unda O‘zbekiston
Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi chiqargan qaror, nizomlarni va shular asosida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy Davlat Arxivi tomonidan yuqoridagi
qarorlar ijrosini bajarilishi yuzasidan ko‘rsatmalar keltirilgan. SHuningdek,
Qoraqalpog‘iston Respublikasida mavjud bo‘lgan jamoat birlashmalari, korxona va
147
tashkilotlar, oliygoh va umumiy o‘rta ta’lim tizimiga tegishli bo‘lgan hujjatlarni
ko‘rishimiz mumkin. 555-fondda esa “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Komolot
yoshlar tashkilotining fondiga” teshigli bo‘lgan 135 ta yig‘majild saqlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari X.Abdurahmonovning 2005-yil
17-may oyidagi 08/96-sonli qarori asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq
Demokratik Partiyasi binosi (Nukus shahri, A.Shamurotova ko‘chasi, 93 A uy) ga
ko‘chib o‘tgan.
Dostları ilə paylaş: |