138
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat arxivining tashkil etilishi.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi
va unda saqlanayotgan
fondlar tasnifi.
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat arxivining tashkil etilishi.
Turkiston, Buxoro, Xorazm sovet respublikalari 1924-yil noyabrida bo‘lib o‘tgan
maxsus sessiyalarida o‘z-o‘zini tarqatib yuborish to‘g‘risidagi qarorini qabul qildi.
Shu yilning 31-oktyabrida O‘zbekiston SSR tuzilishini boshqarish uchun Inqilobiy
qo‘mita (Revkom) ta’sis etildi.
O‘zbekiston SSR Inqilobiy qo‘mitasi Qoraqalpoq Avtonom viloyati bilan
ham chegaralar xususida quyidagi kelishuvni tasdiqladi:
1) To‘rtko‘l shahri va uning tumanlari Qoraqalpoq Avtonom viloyati tarkibiga
kiritilsin;
2) Qoraqalpoqlarni ajratgandan so‘ng aholisini o‘zbeklar tashkil qilgan
Amudaryo viloyatidagi Xorazm SHo‘raxon uezdi O‘zbekiston
SSR tarkibiga
kiritilsin;
3) Qo‘mitaning To‘rtko‘l tumani hududini Qoraqalpoq Avtonom viloyati va
O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida chegaralash to‘g‘risidagi qarori tasdiqlansin
(O‘rta Osiyo Byurosining 2-sonli bayonnomasi).
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishning o‘tkazilishi natijasida
O‘zbekiston SSR,
Turkmaniston SSR, Tojikiston ASSR (O‘zbekiston SSR
tarkibida), Qoraqirg‘iz (Qirg‘iz) viloyati (RSFSR tarkibida) va Qoraqalpog‘iston
Avtonom oblasti (Qozog‘iston ASSR tarkibida) tashkil etildi va ularga tegishli arxiv
hujjatlar berib yuborildi. 1936-yildan e’tiboran Qoraqalpog‘iston Avtonom
respublika sifatida O‘zbekiston SSR tarkibiga kiritildi. Qoraqalpog‘iston
Respublikasining markazi Nukus shahri bo‘lib, uning hududi 166,600km
2
ni tashkil
etadi. Respublika 14 ta Amudaryo, Beruniy, Chimboy, Ellikqa’la, Kegayli,
Mo‘ynoq, Nukus, Qani’ko‘l, Qo‘ng‘irot, Qorao‘zak, Shumanay, Taxtako‘pir,
To‘rtko‘l, Xo‘jayli tumanlaridan iborat.
Qaraqalpog‘istonda arxiv ishi 1925-yili Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati
arxiv idorasi sifatida faoliyat boshladi. 1932-yildan Qoraqalpog‘iston ASSR arxiv
139
idorasi
sifatida, 1934-yildan esa Qoraqalpog‘iston ASSR Markaziy boshqarmasi,
1940- yili Qoraqalpog‘iston ASSR NKVD arxiv bo‘limiga aylantirildi. 1943-yildan
to 1991-yilgacha Qoraqalpog‘iston ASSR Markaziy Davlat arxivi sifatida o‘z
faoliyatini olib bordi. 1991-yili O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligiga
erishgach Qoraqalpog‘iston Respublikasi ham O‘zbekiston tarkibida o‘zining
mustaqil tuzilmalarini tuzdi. Shu bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston ASSR Markaziy
Davlat arxivi Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Markaziy davlat arxivi deb
o‘zgartirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy davlat arxivida bugungi kunda
f
uqarolarni qabul qilish, murojaatlarning o‘z vaqtida
va sifatli bajarilishini
ta’minlash nazoratga olingan. Fuqarolar murojaatlari bo‘yicha ish olib boruvchi
xodimlarning ish o‘rinlari va ichki hujjatlarini (murojaatlarni qayd etish jurnallari),
shu bilan birga ularning muomala madaniyatini har bir arxiv muassasasi rahbari
tomonidan shaxsan nazarot qilib borish ishlari yo‘lga qo‘yildi.
Hozirgi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi
arxiv ishi boshqarmasi
tarkibiga:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy davlat arxivi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tuman davlat arxivi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tuman davlat arxivi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qani’ko‘l tuman davlat arxivi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tuman davlat arxivi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tuman davlat arxivi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tuman davlat arxivi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tuman davlat arxivi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tuman davlat arxivi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tuman davlat arxivi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tuman davlat arxivlari
kiradi.
Dostları ilə paylaş: