Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


Xorazm viloyati davlat arxivi



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/68
tarix02.05.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#106091
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   68
ozbekistonda arxiv ishi tarixi-1

Xorazm viloyati davlat arxivi. Xorazmda arxiv ishi 1926-yilda Xarazm 
viloyati arxiv byurosi sifatida faoliyat boshladi. Bu arxiv muassasasi 1927-yili 
Xorazm okrugi arxivi deb o‘zgartirilgan. 1934-yildan O‘zbekiston SSR Markaziy 
arxiv boshqarmasi yangi Urganch bo‘limi sifatida tuzilib, 1935-yildan Xorazm 
okrugi arxivi deb qayta o‘zgartirildi. 1938- yili tuzilgan Xorazm viloyati arxiv 
boshqarmasi 1940-yildan boshlab, Xorazm viloyati davlat arxivi deb qayta 
nomlangan. Viloyat va tuman ijroiya qo‘mitasi jamg‘armasidagi hujjatlarda Xorazm 
viloyati xalq ta’limi va viloyatdagi qurilish ishlari olib borilishi to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar, sovet hukumatining iqtisodiy va madaniy hayoti aks ettirilgan. Qishloq 
xo‘jaligi va suv xo‘jaligi jamg‘armasida qishloq xo‘jaligida tashkil etilgan kolxoz 
va MTSlarning tuzilishi, kollektivlashtirishning o‘tkazilishi, paxtachilik, 
chorvachilik va sug‘orish tizimlari taraqqiyoti borasidagi ko‘pgina hujjatlar mavjud. 
Sovet hukumati xalq ta’limi jamg‘armasida, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, sport va 
madaniyat sohasiga oid ma’lumotlar keltirilgan. Xususan, viloyatdagi oliy o‘quv va 
o‘rta maxsus bilim yurtlari, kutubxonalar, madaniy-maishiy uylar qurulishiga oid, 
viloyat aholisining statistikasiga oid hujjatlar jamlangan. Shuningdek, arxivda 
suratli hujjatlar Xorazmdagi sovet hukumatining boshqaruviga, sovet ittifoqi 


133 
qahramonlari hayotiga va turli shahar – tumanlarga oid hujjatlar jamlangan.
Bugungi kunda Xorazm viloyat davlat arxivi Urganch shahar, A.Bahodirxon 
ko’chasi 207-uyda faoliyat yuritadi.
2.Hududiy arxiv muassasalari faoliyatini takomillashtirishning asosiy 
yo‘nalishlari. Mustaqillik yillarida yurtimizda tarixiy hujjatlar va o‘tmish 
merosimizni o‘rganishga e’tibor tubdan o‘zgardi. Zero, tarixni tiklash, uni o‘rganish 
va yaratish madaniy merosimizni yangi bosqichga olib chiqdi. Istiqlol sharofati bilan 
arxiv muassasalariga e’tibor kuchayib, moddiy-texnik bazasi yaxshilanishiga, 
binolarining zamonaviylashishi va kadrlar salohiyati o‘sishiga erishildi. Arxivlar 
o‘tmishdagi kechmishlarning aniq ifodasidir. Shuning uchun davlat arxivi 
muassasalarida mavjud hujjatlarni qayta ko‘rikdan o‘tkazish, ularning sifati va 
doimiy saqlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga katta e’tibor qaratildi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Arxivlar to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar 
Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish 
to‘g‘risida”gi Qarorining qabul qilinishi ana shu fikrning isbotidir. Shuningdek, 
2010-yil iyun oyida “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi yangi Qonunning qabul qilinishi esa 
arxiv muassasalari faoliyatini tubdan yaxshilash imkonini yaratdi. Mazkur me’yoriy 
hujjatlar asosida arxiv muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, 
ularni zamon talablari asosida jihozlash, kadrlar salohiyatini oshirish jarayonida 
ko‘pgina samarali ishlar amalga oshirildi.
Hujjatlardan foydalanish, ularni ommaviy-axborot vositalari orqali targ‘ib etish 
bugunning dolzarb masalalaridan biri sanaladi, – deydi Navoiy viloyat hududiy arxiv 
ishi boshqarmasi boshlig‘i Sayyora Bekova. Zamonaviy sinovlar shuni 
ko‘rsatmoqdaki, korxona, tashkilot va muassasalar ish faoliyatida keng 
ishlatiladigan lazer va purkovchi printerlarda hujjatni chop etish uchun maxsus 
qog‘oz zarur. Buning uchun elektrofotografiya usulidan foydalanib kelinayapti. 
Yuqori sifatli tasvirlarni olish uchun ishlatilayotgan qog‘oz ma’lum bir issiqlikka 
chidamli va elektrostatik xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak. Bunday printerlarda 
chop etilgan hujjatlar matnni oson o‘chib ketadi. Biroq yorug‘likka, issiq haroratga 
va namlikka chidamliligi kuchayadi. Ayni paytda viloyatlardagi davlat arxivlarida 


134 
aniqlangan matnni so‘nayotgan hujjatlarning sug‘urta fondini tashkil etish bo‘yicha 
mikrofilmlar tayyorlash ishlarini tashkil etish imkoniyati yo‘q, maxsus asbob-
uskunalar mavjud emas. Bu yo‘nalishdagi ishlar reproduktiv tasvirga olishdan iborat 
bo‘lmoqda. Ya’ni, hujjatning aslidan skaner, raqamli fotoapparatlar yordamida 
fotonusxa olinayapti. Ta’kidlash joizki, bugungi kunda Navoiy viloyatidagi davlat 
arxivlarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish uchun bir-biridan dolzarb ishlar 
amalga oshirib kelinmoqda. Ayniqsa, ularni internet tarmog‘iga ulash natijasida 
aholiga interaktiv xizmatlar ko‘rsatilyapti. Bu esa arxiv ishlarini yanada 
takomillashtirish imkonini bermoqda. Ayni paytda Navoiy shahrida yangi qurilgan 
zamonaviy binoda hududiy arxiv ishi boshqarmasi va viloyat davlat arxivi faoliyat 
ko‘rsatib kelmoqda. Bunday muassasalarning bir binoda joylashtirilgani 
fuqarolarning ortiqcha ovvoragarchiliklariga barham berdi. Bu ko‘rkam ma’muriy 
maskanda faoliyat olib borayotgan muassasa xodimlari uchun barcha sharoit va 
imkoniyatlar yaratilgan. Bino qurilishi uchun qariyb bir gektar yer ajratildi. Bu 
maskanni obodonlashtirish maqsadida 5340 kv.metr yer maydoni gulzorga, mevali 
ko‘chatlar ekilib, mo‘jaz boqqa aylantirildi. Arxiv hujjatxonalaridagi 
ma’lumotlarning saqlanishini ta’minlash asosiy vazifamiz sanaladi, – deydi birinchi 
toifali arxivchi Zulayho Zairova. Bunday xonalarning nisbiy namligi va havo 
almashinishi doimiy nazorat qilib borilmoqda. Hujjatlarni turli zamburug‘lardan, 
kemiruvchilardan himoyalash ham juda muhim. Shuning uchun sanitariya-
epidemiologiya markazi xodimlari bilan birga har oyda tozalash-nazorat ishlari 
amalga oshiriladi. Joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida tizimdagi arxiv 
muassasalariga fuqarolardan jami 4458 ta, asosan, mehnat staji, ish haqi, 
taqdirlanish, o‘qish davrini tasdiqlashdan iborat ijtimoiy-huquqiy mazmundagi 
so‘rovlar kelib tushdi. Shu davr mobaynida pullik xizmatlarning umumiy hajmi 100 
million so‘mdan ortiqni tashkil etdi. Milliy arxiv fondiga tegishli bo‘lgan o‘ta 
qimmatli ma’lumotlarning elektron nusxalari yaratilib, har chorakda saqlovga kelib 
tushgan hujjatlar asosida baza yangilanib kelinayapti, – deydi viloyat hududiy arxiv 
ishi boshqarmasi bosh mutaxassisi Shuhrat Xoliqulov. Boshqarmaning 
navoiy@archive.uz elektron pochtasi orqali ham fuqarolar bilan so‘rovlar amalga 


135 
oshirilmoqda. Shuningdek, boshqarma veb-saytini yaratish orqali jismoniy va 
yuridik shaxslarga interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyati yanada 
kengaytirildi. Har bir bo‘limda elektron hujjat almashish tizimi hokimiyat va 
Vazirliklar bilan E-Xat, “O‘zarxiv” agentligi bilan E-xat dasturi orqali amalga 
oshirilmoqda. Navoyi viloyatda arxiv ishini rivojlantirishning 2014-yil 1-yarim 
yilligiga mo‘ljallangan rejasi barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha samarali amalga 
oshirildi. Bu ham tizim xodimlarining o‘z vazifalariga sidqidildan 
yondashayotganligidan darak beradi. Demak, jamiyat hayotida ro‘y berayotgan har 
bir jarayon, xalqimiz hayotidagi har bir muhim sananing tarix zarvaraqlarida aks 
etishida arxivchilar mehnatining ahamiyati beqiyos. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-avgustdagi 
194-sonli “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini yanada rivojlantirishga doir 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “2011-yilgacha 
O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni rivojlantirish Dasturi”ga 
ko‘ra 18 ta yangi arxiv binosi qurilishi va 1 ta arxiv binosi rekonstruksiya qilindi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 21- martdagi PQ-1730-son 
qarorini bajarilishi bo‘yicha chora-tadbirlar rejasida belgilangan topshiriqlarni 
amalga oshirish yuzasidan Agentlik tomonidan “O‘zarxiv” agentligida elektron 
hujjatlar almashish tizimini hamda kompyuter texnikasidan foydalanish 
samaradorligini oshirish, AKTni rivojlantirish va joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar 
rejasi” ishlab chiqilib, 2012-yil 1-mayda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi 
(№08-12-75, 11.05.2012y.). 
Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, mustaqillik yillarida 
hududiy arxiv muassalarini moddiy-texnik bazasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 
keng qamrovli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Lekin yuqoridagi ma’lumotlardan 
ko‘rishimiz mumkinki hozirgi kundagi 102 ta hududiy arxiv muassasalarining 20 
dan ortig‘i arxiv hujjatlarini saqlash va bu boradagi faoliyatni olib borish talablariga 
to‘la javob beradi. Qolganlari esa dasturlarga kiritilgan bo‘lib, ko‘pgina qilinishi 
lozim bo‘lgan ishlar kelajakda amalgaoshirilishi ko‘zlangan. Ushbu ishlarni 
jadallashtirish uchun yangicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish, xususan, 


136 
investitsiyalarni jalb qilish, bozor iqtisodiyoti talablariga mos holda xizmat turlarini 
kengaytirish, xizmat ko‘rsatish tizimini yangi texnologiyalar qo‘llash orqali 
samaradorlikni oshirish kabilarni hal qilish lozim. Bu esa o‘z navbatida huquqiy-
meyoriy hujjatlarda ko‘zda tutilgan maqsadlarni to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqarish 
imkonini beradi. Shuningdek, Koreya Respublikasi, Fransiya kabi dunyoning 
rivojlangan mamlakatlarining ilg‘or ish tajriblaridan foydalanish ham ijobiy samara 
keltirishi mumkin. 
2014-yil 26-iyulda “O‘zarxiv” agentligining kengaytirilgan hay’atining 
videokonferensiya rejimida yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda agentlik xodimlari, arxiv 
ishi bo‘yicha hududiy boshqarmalar boshliqlari, markaziy, viloyat, shahar va 
tumanlar davlat arxivlari hamda shaxsiy tarkib hujjatlari arxivlari direktorlari, 
pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘limlari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok 
etdilar. Yig‘ilishda “O‘zarxiv” agentligi tizimida 2013-yil 1-yarim yilligidagi 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda joriy yildagi ustuvor vazifalarni 
to‘liq bajarish yuzasidan qo‘shimcha choralar to‘g‘risida, Buxoro va Samarqand 
viloyat arxiv muassasalarida sohaga oid asosiy faoliyatni kompleks o‘rganish 
natijalari to‘g‘risida, 2013-yil investitsiya dasturiga kiritilgan ob’ektlar hamda 2014-
yil investitsiya dasturiga takliflar to‘g‘risida, pensiya jamg‘armasi tomonidan arxiv 
muassasalarida fuqarolarga beriladigan arxiv ma’lumotlarini haqqoniyligi bo‘yicha 
o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari to‘g‘risida, Respublika arxiv muassasalarida ijro 
intizomining holati to‘g‘risida va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi 
tomonidan “Agentlikda O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning murojaatlari 
to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi bo‘yicha o‘tkazilgan tekshirish natijalari to‘g‘risida 
masalalar ko‘rib chiqildi. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin