123
Milliy-hududiy chegaralanish o‘tkazilgandan so‘ng 1924-yil 28-dekabrda
maxsus qaror bilan O‘zbekiston SSR MIK huzirida O‘zbekiston SSR Arxiv ishi
markaziy boshqarmasi tashkil qilindi. O‘zbekiston hududida tashkil bo‘lgan barcha
arxivlar, masalan, Farg‘ona,
Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm va boshqa
viloyatlar arxiv idoralari vujudga kelgan arxiv jamg‘armalari O‘zSSR Arxiv ishi
markaziy boshqarmasiga topshirildi.
1931-yil 20-mayda O‘zbekiston SSR MIK O‘zbekiston SSR Arxiv ishi
markaziy boshqarmasi va uning mahalliy idoralari to‘g‘risidagi nizom haqida
qaror
qabul qildi. O‘zSSR Arxiv ishi markaziy boshqarmasi huzurida O‘z SSR Oktyabr
inqilobi markaziy davlat arxivi va markaziy davlat tarix arxivi tashkil qilindi.
Farg‘ona va Samarqand shaharlarida ularning bo‘limlari tashkil etildi. SHahar
va tumanlarda zarur hollarda tuman va shahar davlat arxivlari tashkil qilishga
qaror qilindi.
1938-yil 15- yanvardagi sobiq SSSR Oliy Kengashi sessiyasida O‘zbekistonda
Farg‘ona, Toshkent, Samarqand, Buxoro viloyatlarini tashkil etish to‘g‘risida qaror
qabul qilingan edi. Bular o‘z-o‘zidan Markaziy arxiv ishini yaxshiladi va tartibli
tuzilma vujudga kelishi uchun zamin yaratdi. 50-yillarning
boshlarida ham
arxivlarga yangi arxiv hujjatlarini saqlaydigan binolar etishmas edi. Ushbu vaziyatni
hisobga olib O‘zbekiston hukumati 1954- yilning 13- yanvarida “Respublikada arxiv
ishini yaxshilash to‘g‘risida” qaror qabul qildi va Toshkent shahrida markaziy arxiv
uchun bino qurilishi nazoratini O‘zSSR IIV ga yukladi. Bu vazifa 1964-yilga kelib,
amalda bajarildi. 1955-yilning 1-yanvarida O‘zbekiston shahar va tumanlarida 8 ta
shahar va 138 ta tuman arxivlari mavjud edi.
1960-yillar boshida arxivlar taraqqiyotida yangi davr boshlandi. Arxiv
tashkilotlarini bevosita O‘zbekiston Ministrlar Sovetiga bo‘ysundirilishi
respublikada arxiv ishini rivojlanishiga yordam qilgan muhim omil bo‘ldi.
Ministrlar Sovetining 1961-yil 9-maydagi qarori bilan O‘zbekiston SSR Ichki Ishlar
Vazirligining arxiv boshqarmasi O‘zbekiston SSR Ministrlar
Soveti huzuridagi
arxiv boshqarmasi qilib qayta tashkil qilindi. SHu qaror asosida mahalliy arxiv
tashkilotlari Qoraqalpog‘iston ASSR Ministrlar soveti va viloyatlar ijroiya
124
qo‘mitalari ixtiyoriga o‘tkazilishi ularni davlat apparati
tuzumidagi rolini orttirdi
hamda arxiv ishi taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berdi.
Bu yillarda davlat arxivlari arxiv ishini tartibga solishni nazorat qilishni
kuchaytirdilar. SHu bilan birga ularga yordam berishga katta etibor qaratdilar. Bu
ishlar natijasida respublikada 1964- yili1809 tashkilotda, 1965-yili 1759 tashkilotda
arxiv hujjatlari tartibga solindi. 1968-yilning boshida Namangan viloyati tashkil
topishi munosabati bilan Namangan viloyati davlat arxivi tashkil qilindi.
Keyinchalik Namangan viloyatida Tuychi shahar posyolkasi arxivi (1969) va CHust
(1962) bo‘limlari ochildi.
1970-yillarda davlat arxivlari nazorat qilayotgan tashkilotlarning idoraviy
arxivlari va ish yuritish xizmati bir muncha yaxshilandi. O‘zbekiston SSR Ministrlar
Sovetining 1973-yil 16-fevraldagi “Respublikada arxiv ishini ahvoli va yanada
yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori asosida ijrokomlar qoshida shaxsiy tarkib
hujjatlarini idoralararo xo‘jalik hisobidagi arxivlarni tashkil qilish keng avj oldi.
Yana bir qarorga ko‘ra arxiv boshqarmasi O‘zSSR Ministrlar Soveti huzuridagi
Bosh arxiv boshqarmasiga aylantirildi.
Mustaqillik yillarida hududiy arxiv muassasalari arxiv hujjatlari saqlovini
ta’minlash, ish yuritishni tashkil qilish borasida samarali ishlar amalga oshirildi.
Ular o‘z faoliyatini 1990-yil 28-iyunda“O‘zbosharxiv” qarori bilan tasdiqlangan
“DAF hujjatlari idoraviy saqlovining ta’minlashi, asosiy yo‘nalishlari (1990-1995
yillar) va amalga oshirilishi tashkiliy-metodik tadbirlari rejasi” asosida tashkil
qilindi. Unda arxiv tashkilotlari Respublika vazirliklari va idoralari bilan birgalikda
DAF hujjatlari idoraviy
saqlovini takomillashtirish, ular tarkibini yaxshilash,
moddiy texnika bazasini yaxshilash, ularni kadrlar bilan ta’minlash, idoraviy
arxivlar bilan ishlash bo‘yicha me’yoriy-metodik qo‘llanmalar tayyorlash va boshqa
tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan edi. Bu tadbirlarning bajarilishi
muassasa, tashkilot va korxonalar idoraviy arxiv
hujjatlari saqlovini yanada
yaxshilashga imkon berdi.
Shahar va tuman hokimiyatlari qoshidagi shaxsiy tarkib bo‘yicha idoralararo
arxivlar tarmog‘i birmuncha kengaydi. 1995-yilda 1990-yilga nisbatan bunday
125
arxivlarning soni 13 taga ko‘paydi va 1995-yilda ularning soni 91 tani tashkil qildi.
Bu arxivlar shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlari saqlovini va fuqorolarga ijtimoiy–
huquqiy ma’lumotnoma berishni yaxshiladi.
Mustaqillik sharoitida arxiv ishini boshqaruv davlat organi O‘zbekiston
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi hisoblanadi. Uning tizimiga
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy
boshqarmalari, ularning qaramog‘idagi davlat arxivlari (ularning filiallari) hamda
markaziy davlat arxivlari kiradi.
Yuqorida qayd etilgan arxiv tashkilotlariga
arxivlarni butlash, O‘zbekiston
Respublikasi Milliy arxiv fondi hisoblangan respublika xalqlarining o‘tmish tarixi
to‘g‘risidagi hujjatli yodgorliklarni jamiyat va fuqarolar manfaati uchun saqlash
hamda foydalanish kabi davlat majburiyatlari yuklangan.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida 100 dan ortiq davlat arxivlari
bo‘lib, ularda 8 miln. yig‘majildlardan ziyod hujjatlar asrab - avaylab saqlanmoqda.
Bu hujjatlardan tarixchilar, tadqiqotchilar, talabalar va boshqa mutaxassislar ilmiy,
madaniy-ma’rifiy ishlarda keng foydalanmoqda.
Dostları ilə paylaş: