O’yin bola faoliyatining asosiy turi Reja: I. Kirish II. Asosiy qisim I bob. О’yin bola tarbiyasining muhim vositasi



Yüklə 47,21 Kb.
səhifə1/8
tarix01.05.2023
ölçüsü47,21 Kb.
#105614
  1   2   3   4   5   6   7   8

O’yin bola faoliyatining asosiy turi
Reja:


I.Kirish

II.Asosiy qisim
I BOB. О’yin bola tarbiyasining muhim vositasi
1.1. O’yin nazariyasining asosiy masalalari
1.2. O’’yinning mazmuni, mohiyati va unga rahbarlik

II BOB. Didaktik o’yinlar

2.1. Milliy xalq o’yinIari
2.2. Bola tarbiyasida o’yinchoqning ahamiyati


III.Xulosa

IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

O’yin bola faoliyatining asosiy turi
Mundarija

Kirish

I BOB. О’yin bola tarbiyasining muhim vositasi
1.1. O’yin nazariyasining asosiy masalalari
1.2. O’’yinning mazmuni, mohiyati va unga rahbarlik

II BOB. Didaktik o’yinlar

2.1. Milliy xalq o’yinIari
2.2. Bola tarbiyasida o’yinchoqning ahamiyati


Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati




KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
 Yоshlarga ta’lim-tarbiya berish har doim ham eng dolzarb muammo sanalib kelingan. Jamiyatning taraqqiyoti insonlarning ongiga, aql-zakovati, axloq-odobiga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. YAxshi tarbiya ko’rgan kishi eng avvalo el-yurtning, xalqning manfaatini o’ylaydi. CHunki har bir shaxsning baxt-saodati alohida, o’z holicha amalga oshmaydi. Atrofdagilar baxtli va farovon turmush kechirganlarida huzur-halovat hammaga tatiydi. Bu qoida qadim zamonlardan mavjud bo’lib, unga turli davrlarda turlicha amal qilib kelingan.
Yoshlarning ta’lim-tarbiya olishlariga mas’ul bo’lgan barcha o’rinlarda xalq pedagogikasi xazinasidan foydalanish hayotiy ehtiyoj darajasigako’tarildi.
O’quvchilarga ta’lim va tarbiya uzviy bog’langan holda berilishi, bilim egallash jarayonida tarbiyalanib borishi, tarbiyaviy ta’sir etilayotganda bilimlarning boyishiga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqbo’ladi.
Birinchi Prezidentmiz I.Karimov yoshlarning tarbiyasini quyidagicha ifodalaydi: "Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi".YOshlarning ma’naviy- axloqiy tarbiyasi quyi sinflarda xalq og’zaki ijodi namunalaridan samarali foydalanilganda bu darajaga erishish engil amalga oshadi. O’rta umumiy ta’limning birinchi bosqichi bo’lgan Maktabgacha ta’limda o’quvchilarning bilim egallashga bo’lgan qiziqishlari, havasi asosida aqliy qobiliyatlari shakllantiriladi. Aqliy kamolotga uyg’un tarzda o’quvchilarning ma’naviy dunyosi boyitiladi. Axloqiy fazilatlar takomillashtiriladi. O’quvchilarda mehnatsevarlik, yuksak did, fahm-farosat, nafis his-tuyg’ular rivojlanib boradi. Maktabgacha ta’limdayoq iqtisodiy va ekologik tushuncha, ko’nikma va malakalar tarkib topib boshlaydi. Ta’lim-tarbiya muassasalarida o’quvchi-yoshlarning har tomonlama kamol topishiga e’tibor qaratiladi. Jamiyat tomonidan ta’lim muassasalari oldiga mazkur jamiyatning ehtiyojini to’la qondirishga qodir bo’lgan kadrlarni tayyorlab berish talabi qo’yiladi.
Milliy mustaqillikka erishib, o’zining yangi taraqiyoti boshidan kechirayotgan
Respublikamizda huquqiy-demoratik jamiyat qurish jarayoni muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Bu jarayonning yanada jadallashuvi yoshlarni aqliy va axloqiy ulg’ayishlari, jismoniy va ruhiy barkamol bo’lishlariga ko’p jihatdan bog’liq hisoblanadi. O’quvchi-yoshlarning maktab ta’limini chuqur egallashlari, jamiyatda sodir bo’layotgan ijtimoiy o’zgarishlarning to’g’ri anglashlariga va imkon darajasida o’z hissalarini qo’shish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarning tarkib topishini ta’minlaydi. Faqat o’quvchilarga beriladigan bilimlarning mazmuni to’g’ri tanlanishi, o’quv reja, dastur va darsliklarda mukammal eks ettirilishi zarur bo’ladi. O’quvchilarga xalqimizning boy ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy merosini etkazib berish hozirgi paytda ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan biri bo’lib qoldi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da: “Yosh avlodni ma’naviy-tarbiyalashda xalqning boy milliy madaniy-tarixiy an’analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi” degan firlar bildirilgan. Chunki, yoshlarning voyaga etishi, kamol topishlari maktabdagi ta’lim va tarbiya jarayonining qay darajada ilmiy asosda yo’lga qo’yilganiga, qanday bilimlarning kimlar tomonidan berilayotganiga, qaysi usul va vositalardan foydalanayotganligiga har tomonlama bog’liqdir. SHuning uchun ham maktab ta’limi tizimining bara bosqichlari bir maqsadga – o’quvchilarni etuk bilimdon va axloqli qilib o’stirishga yo’naltirishi zarur. Ayniqsa, Maktabgacha ta’limda o’quvchilarga beriladigan bilimlar keyingi bosqichlarda ilm egallash uchun asos hisoblandi. Mana shu asos qancha mustahkam bo’lsa, o’quvchilarning aqliy salohiyati shuncha yuksak darajaga ko’tarilaoladi.
Bola kamolotining turli davrlariga mos keladigan, ta’limning har bir bosqichida o’rganilishi mumkin bo’lgan xalq og’zaki ijodi namunalari mavjud bo’lib, ularni to’g’ri tanlash, xilma-xil metod va usullardan, vosita va shakllardan foydalangan holda o’rgatish o’qitishning samaradorligini oshiradi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga milliy tarbiya berish kuchaytirilgan hozirgi paytda, ta’lim va tarbiyaning mazmuniga o’zgartirishlar kiritilayotgan sharoitda bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalq og’zaki ijodi namunalari ijobiy natija berishi shubhasizdir. SHuning uchun ham bu muammoni o’rganishni dolzarb debhisobladik.
YUqoridagi ilmiy izlanishlarga suyangan holda kurs ishimizning mavzusini “O`quvchilarni tarbiyalashda rivoyat va afsonalarning tutgan o`rni ” deb belgiladik.



Yüklə 47,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin