Milliy xalq o’yinlari ikki guruhga bo’linadi:
1. Milliy harakatli o’yinlar.
2. Milliy xalq o’yinlari.
Milliy harakatli o’yinlar sport turlari hamda xalqimiz qadriyatlari bilan aloqador bo’lib, ular asrlar davomida davrlarga mos ravishda rivojlanib, takomillashib, e’zozlanib kelingan. U bolalarning jismonan baquwat, sog’lom, jasur, qat’iyatli, chaqqon, uddaburon boiib o’sishlarida muhim omil bo’lib hisoblanadi. Xalq milliy o’yinlarida millatning o’tmish tarixi, ma’naviy va madaniy rivojlanishining xarakter xususiyatlari, urf-odatlari, an’analari jamlangandir. Xalq milliy o’yinlari orqali bolalarni ma’naviy, aqliy, jismoniy, estetik jihatdan tarbiyalab borish jarayonida bolalarda o’z Vatanini sevish, uning boyliklari qadriga yetish, buyuk ajdodlarimiz meroslarini hurmat qilish, milliy kuy va qo’shiqlardan zavqlanish tuyg’ulari, shuningdek, o’sib kelayotgan yosh avlodda chidamlilik, sabr-toqatlilik, tezkorlik, ildamlik, botirlik kabi shaxsiy sifatlar shakllanib boradi. Xalq milliy o’yinlarini maktabgacha ta’lim muassasalarida tashkil etishda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi lozim:
• xalq milliy o’yinlarining turlari va ularni tashkil etish yo’llari, usullari hamda uslublarini ishlab chiqish;
• milliy o’yinlarni tashkil etishda ma’naviy qadriyatlar va urfodatlarimizni kundalik hayot jarayoniga singdirib borish;
• maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy istiqlol ruhida tarbiyalashda xalq milliy o’yinlaridan maqsadli foydalanish;
• xalq ertaklari, xalq og’zaki ijodi durdonalaridan unumli foydalanish;
• bolalarning o’ynashlari uchun shart-sharoit (o’yin uchun jihozlar, atributlar) yaratish;
• maktabgacha ta’lim muassasalari, oila va mahallalar o’rtasida milliy o’yinlar bo’yicha ko’rik tanlovlari va musobaqalar o’tkazish.
Milliy harakatli o’yinlar bolalarning yosh xususiyatlariga, o’yindagi harakatlar rivojiga qarab takomillashib boradi. l —2yoshli bolalar bilan о ‘ynaladigan о yin turlari. «Barmoqqabarmoq», «G’oz-g’oz», «G’oz tursin», «Bo’p-bo’p», «Toy-toy», «Poyezd», «Achom-achom» o’yinlari go’dak endi bir-ikki qadam tashlashni o’rganayotgan vaqtda gavdasini to’g’ri tutishga yordam beradigan o’yinlar hisoblanadi. 3—4 yoshli bolalar bilan о ‘ynaladigan о ‘yin turlari: «Ot o’yin», «Kesak qo’ydi», «Ko’z boylagich», «Choriy chambar», «Awalakam», «Tayoq irg’itish», «Quloq cho’zish», «Chitti gul», «Xolam menmonga keldi», «Uchdi-uchdi». 4—5 yoshli bolalar bilan о ‘ynaladigan о ‘yin turlari: «Chir aylanma», «Chillak», «Tortishmachoq», «Lafta», «Dor o’yin», «Ko’pkari», «Berkinmachoq», «Jami», «Chertan devor gir-gir aylan». Katta yoshdagi bolalar uchun o ‘yinlar: «Chavandozlar», «Doiraga tort», «Do’ppi yashirma», «Sapalak», «Besh tosh», «Oq terakmi ko’k terak». Bu o’yinlar orqali bolalarda chaqqonlik, o’zo’zini boshqara olish va o’ziga ishonch tarbiyalanadi, qat’iyatlilik ko’nikmalari shakllanadi, fikrlashga o’rgatilib boriladi, topqirlik qobiliyatlari rivojlanadi, hozirjavob bo’lishga tayyorlanib boriladi. Xalq harakatli o’yin!arini tashkil etish va bolalarga o’rgatishda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur: 1. Bolani ruhiy jihatdan o’yinga tayyorlash. 2. o ‘yin jarayonida bolalarning jismoniy tayyorgarligi va yosh xususiyatlariga e’tibor berish. 3. Har bir o’yinning pedagogik tomonlarini nazardan qochirmaslik. 4. o ‘yinlami ijtimoiy-foydali mehnat bilan bog’lagan holda hayotga tatbiq etish. 5. o ‘yin davomida o’zaro munosabatlami yanada rriustahkamlash. 6. Jamoa bo’lib birgalikda harakat qilish, jamoa manfaatiga hurmat va e’tiborli boMish. o ‘zbek xalqining ermak va ovutmachoq o’yinlari bilan, asosan, bolaning ilk yosh davridan boshlab shug’ullanib boriladi. Bu o’yinlar asosan kattalaming bevosita rahbarligida harakat va so’zlarning uyg’unlashuvi bilan o’ynatiladi. Masalan, «Barmoqlar», «Sichqon-sichqon» o ‘yinlari orqali bolalarda xushchaqchaqlik kayfiyatlari hosil qilinib tasawurlari o’sib boradi. Xalqimizda «Bolaning ilonni changallaydigan davri» degan ibora bor. Bu hikmat bola hali qo’rqish hissini bilmaydigan davrida, ya’ni yaxshi-yomonni ajrata olmaydigan vaqtida qo’llaniladi. Xuddi shu davrda «Sichqon-sichqon» o’yini qo’l keladi. Ilk yoshdagi bolalar dastro’moldan yasalgan «sichqon»ning harakatlanishidan qattiq zavqlanib, qiyqirib yayraydilar. «Sichqon»ni harakatlantiruvchi katta odam uning juda chaqqonligini namoyish etishi kerak. Bu ovutmachoq go’dakka sichqon shakli va uning juda yugurdakligi to’g’risida tasawur hosil qilishga ko’maklashadi. Ermak o’yinlardan «Oymoma», «Bog’ga kirsam maylimi», «Alla», «Aji-aji», «Boylandi», «Chapakka-xo-chapakka» orqali bolalarni muloqotga o’rgatib boriladi. Bu jarayonda bolalarning eshitish, ko’rish, sezish, his qila olish kabi sensor qobiliyatlari faollashadi. Bolalarning nutq faolligini o’stirish maqsadida aytishma o’yinlaridan keng foydalaniladi. Bunday o’yinlarga «Boylandi», «Xolam keldi», «Mundi-mundi», «Bulbulim-bulbulim», «Ko’z boylog’ich», «Oq sholi, ko’k sholi», «Ada hormang»lar kiradi. Yana, xalqimizda azal-azaldan o’ynab kelinadigan so’z o’yinlaridan «Yarashtirgich»lar hali-hanuzgacha bolalar orasida «tinchlik — yarashuv» timsoli sifatida qo’llaniladi. Bu o’yinlar bolalar tilidan ana shunday jaranglaydi: Karimga berdim toychoq, U olavermadi har choq. Toychog’imni kim olsa, Men u bilan chin o’rtoq. Yalinchoq-yalinmachoq, Pista po’choq. Qilichmi, to’qmoq, qirq yilgacha o’rtoq, To’qmoq, to’qson yilgacha o’rtoq. Bolalarning matematik tasawurlarini o’stirishga yordam beradigan o’yin turiga «Sanamalar» kiradi. Bu o’yin jarayonida bolalar she’riy satrlar orqali son-sanoqdan topishmoq tarzida foydalanib qatnashadilar. Bunda bolalarning tasawurlari, fikrlash doiralari kengayib, she’riy ohangda to’g’ri javob qaytarishga o’rgatilib boriladi. Asosan, bu o’yinlar quyidagicha jaranglaydi: Dadam-u oyim, Bor ikkita singlim. Bahodir, Dildor, Bog’chaga ketar, Sanab ko’r chaqqon, Bizlar nechta jon. o ‘zbek xalqi nihoyatda so’zga chechan, topqir bo’lib, o’zining alyor-u qo’shiqlariga boydir. Bu fikrimizning isboti sifatida xalq orasida mashhur bo’lgan «Qiqillamalar»ni misol sifatida keltirish mumkin. Bu so’z o’yinlarida sodir bo’layotgan voqea-hodisalar, kechinmalar she’riy ohangda ijro etiladi. MasaLan: 7o Shov-shov etadi ariq, Karim ekadi tariq. Yoki: / Echki keladi ma’rab, o’z egasiga qarab. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan o’yinlarni ertalab va kechki soatlarda o’ynash mumkin. 7.6. Bola tarbiyasida o’yinchoqning ahamiyati O’yinchoq — bola hayotining dastlabki davrlaridan boshlab ularga yo’ldosh quvonch manbayi. o ‘yinchoq bolaning o’ynashi uchun mo’ljallangan va boshqa maqsadlarda foydalanilmaydigan buyum hisoblanadi. Unda buyumlarning tipik xususiyatlari umumiy tarzda aks etadi. «Qisqacha aytganda, xonadondagi har bir narsa — daraxt va o’simliklar bo’ladimi, turli o’yinchoqlar uy hayvonlari bo’ladimi — bularning barchasi bolaning ko’ziga, go’yoki, olamning beqiyos mo’jizasi bo’lib ko’rinadi va shu tariqa u yorug’ dunyoni o’zi uchun kashf qiladi», deb to’g’ri ta’kidlagan edi yurtboshimiz I.A. Karimov. Xalq pedagogikasida o’yinchoqlarning butun bir tizimi ishlab chiqilgan bo’lib, bular bolaning sensor qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan. o ‘yinchoqlar bolalarning nutqiy faolligini uyg’otadi, lug’at boyligini oshiradi, ularda tahlil qilish, yaxlit holatga keltirish, umumlashtirish, taqqoslash, tavsiflash, diqqatni jamlash kabi qobiliyatlarni rivojlantiradi. o’yinchoqlar bolalarda ma’naviy-axloqiy tuyg’ularni (mehribonlik, avaylash, e’tiborlilik) shakllantiradi, atrof-muhitga ijobiy munosabatni uyg’otadi. o‘yinchoqlar tanlashda bolaning yosh va individual xususiyatlari, qiziqishlari, istaklari hisobga olinadi. Maqsadga qaratilgan bunday yondashuv o’yinchoq tanlashga boigan talabni yanada oshiradi. Asosan, pedagogik, gigiyenik, badiiy talab orqali o’yinchoq tanlanadi. Pedagogik talablar. o‘yinchoq obrazi va mazmunining bola tarbiyasiga muvofiqligi jamiyatimiz g’oyasi nuqtayi nazariga mos kelishi, g’oyaviy jihatdan qimmatli bo’lishi pedagogik talabning muhim belgisi hisoblanadi. o ‘yinchoq bolada oliyjanob tuyg’ularni uyg’otishi, boshqa millat bolalari bilan do’stona munosabatlarni tarbiyalashi, voqelikka nisbatan oliyjanob tuyg’ular uyg’otishi, 71 ijobiy axloqiy tajriba to’plashga yordam berishi lozim. Bolaning faollikka bo’lgan intilishini qoniqtirishi va uni uyg’otishi kerak. Obrazli o’yinchoq real haqiqatni ifoda etadi, buyum, uning xususiyatlari va hayotdagi ahamiyatini aks ettiradi. o ‘yinchoqning dinamiklik xususiyati undan ko’p marotaba rejali tarzda foydalanish imkonini yaratadi. Bu xususiyatidan kelib chiqib, o’yinchoqqa quyidagi talablar qo’yiladi. Gigiyenik talablar. o ‘yinchoq qanday materialdan va rangdan tayyorlanganligi, bolaning hayotiga hech qanday xavf solmasligi, yaxshi tozalanishi mumkinligi asosiy talablardan hisoblanadi. Badiiy talablar. Shakl, bo’yoq va bezaklarning har tomonlama uyg’unlashuvi, bir-birini rang va shakl jihatdan to’ldirib, ta’kidlab, o’yinchoqning badiiy ifodaliligini oshiradi. o’yinchoqlarning tuzilishi va bezalishi bolalarning turli yosh bosqichlarida idrok etish xususiyatiariga to’la mos kelmog’i lozim. To’g’ri tanlangan o’yinchoq bolaning jismoniy, axloqiy, aqliy va badiiy-estetik tarbiyasi rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bolani aqliy jihatdan tarbiyalashda didaktik o’yinchoqlarning butun bir tizimi katta ahamiyat kasb etib, sensor va nutq rivojiga ta’sir etadi, fikrlash jarayonlari va diqqatini tarbiyalaydi, buyum va uning xususiyatlariga, qurilishiga bo’lgan qiziqish shakllanadi, bilimi, tushunchalari boyib boradi. O’yinchoq bolani quvontiradi, atrofdagilarga nisbatan ijobiy munosabat hosil qiladi, birgalikda o’ynash tuyg’usini uyg’otadi va ijobiy his-tuyg’ularni tarkib toptiradi. Axloqiy his-tuyg’ularni shakllantirishda qo’g’irchoq muhim ahamiyatga ega. Milliy qo’g’irchoq bolalarni boshqa millatga mansub bo’lgan tengdoshlariga bo’lgan ijobiy munosabatini tarbiyalash manbalaridan hisoblanadi. San’atning birinchi yorqin obrazli va eng tushunarli buyumi bo’lgan o’yinchoq estetik hislar va kechinmalarni uyg’otadi, estetik tarbiyani to’plashga yordam beradi va badiiy didni shakllantiradi. Shu o’rinda bolalarga yaqin va tushunarli bo’lgan xalq o’yinchoqlarining ahamiyatini alohida ta’kidlash lozim. o ‘yinchoq bolalarni turli rang-barang harakatlarga undaydi va bolaning faol harakatga bo’lgan ehtiyojini qondiradi. Tezkor javob reaksiyasini, harakatlarning aniqligi va muvofiqlashtirishini rivojlantiradi. Ilk yoshdagi bolalarga mo’ljallangan ko’p o’yinchoqlar (shaqildoqlar, rezina koptokchalar, shaklchalar va boshq.) bolada 72 ko’rish va eshitish diqqatini rivojlantiradi, ushlash harakatlari va buyumli harakatlarni o’stirishga yordam beradi. O’yinchoqlarni turlari va ko’rinishlari bo’yicha quyidagi turkumlarga ajratiladi:
• sujetli-obrazli;
• texnika o’yinchoqlari;
• qurish-yasash, qurilish materiallari o’yinchoqlari;
• didaktik o’yinchoqlar;
• sport va harakatli o’ymlar uchun mo’ljallangan o’yinchoqlar;
• yig’ma-bo’linma o’yinchoqlar;
• teatr va dekorativ o‘yinchoqlar (soya va qo’g’irchoq teatrlarining personajlari, dramalashtirilgan o’yinlar uchun kiyimlar, archa o’yinchoqlari);
• o’yinchoq-ermaklar;
• ohang chiqaruvchi musiqaviy o’yinchoqlar;
• qo’lbola o’yinchoqlar va o’yin materiallari, turli-tuman o’yin jihozlari. Sujetli-obrazli o ‘yinchoqlar sujetli-rolli o’yin uchun foydalaniladi. U bolalarda ijobiy xarakter qirralarini, muloyimlik, g’amxo’rlik, yordam berishga ehtiyoj, shuningdek, kattalar mehnatiga hurmat va tengdoshlari bilan o’ynay olish malakalarini tarbiyalaydi. Texnika о ‘yinchoqlari bolalarda texnikaga va texnika asboblariga bo’lgan qiziqishni uyg’otib, ulami o’z o’yinlarida qo’llay olish imkonini yaratadi. Bolalarga texnikaga bevosita aloqasi bor buyumning (mashinalar, mexanizmlar, transport turlari, aloqa vositalari) tashqi ko’rinishi, obrazini va unga xos harakatlarini tanishtiruvchi texnik o’yinchoqlar yaqin turadi. Qurish-yasash о ‘yinchoqlari sodda, boshqarish va foydalanish jihatidan qulay va osondir. Bu o’yinchoqlar o’ynashda buyumning asosiy vazifalariga taqlid qilish imkonini yaratishi lozim (avtomobilda g’ildiraklar harakatlanishi, eshik ochilishi). Qurilish materiallari bilan o’ynaladigan o’yinchoqlarning asosiy tipi mavjud: a) kublar, prizmalar, konuslar, piramida, silindrlar, plastinkalar, geometrik shakllar to’plami. b) turli blok — devor, froniton, kolonka, tom, ark va boshqa arxitektura va qurilish materiallari. o ‘ynashga m o’ljallangan mayda (stol o’yinlari uchun) va yirik (polda va maydonchada) qurilish materiallarining rangi har xil bo’lishi mumkin.