O’yin bola faoliyatining asosiy turi Reja: I. Kirish II. Asosiy qisim I bob. О’yin bola tarbiyasining muhim vositasi


Didaktik o ‘yinchoqlammg asosini xalq o’yinchoqlari tashkil qiladi



Yüklə 47,21 Kb.
səhifə7/8
tarix01.05.2023
ölçüsü47,21 Kb.
#105614
1   2   3   4   5   6   7   8
Didaktik o ‘yinchoqlammg asosini xalq o’yinchoqlari tashkil qiladi. Ularni o’ynashda bola o’z-o’zini nazorat qiladi. Xilma-xil mozaikalar sensor qobiliyatlarini rivojlantiradi. Ulardagi o’yin vazifasi naqshlar, rasmlarni tanlash va joylashtirishdan iborat. Harakatli о ‘yinlarga mo ‘Ijallangan о ‘yinchoqlar: suv, qum bilan o’ynaladigan o’yinchoqlar, koptoklar, arg’amchilar, chambaraklar, kegli va boshqalar. Ularning asosiy vazifasi bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalashdir. Musiqali va teatrlashtirilgan о ‘yinchoqlar bolalarning musiqaviy ohang va ritmni eshita olish qobiliyatini o’stirishga yordam beradi. Katta yoshdagi bolalar ertaklarni sahnalashtiradilar. o ‘yinchoq-ovutmachoqlar harakatchan, ko’pincha ovoz chiqaradigan bo’ladi. Ular bolalarni o’zlarining ajoyib xatti-harakatlari bilan quvontiradilar, sujetlari esa vaqtichog’lik bag’ishlaydi. Qo’lbola о ‘yinchoqlami kattalar bolalar bilan birgalikda tayyorlaydilar va turli ertak, hikoyalarni sahnalashtiradilar. o ‘yinchoqlarni materialiga ko’ra hunarmandchilik, qo’lbola usulda, fabrikada tayyorlanadi. Taniqli pedagog A.S.Makarenko o’yinchoqlarning uch turini ajratib ko’rsatgan edi: tayyor o’yinchoqlar, yarim tayyor o’yinchoqlar va o’yin materiallari. Birinchi turi bolalarni buyumlar va narsalarning rang-barangligi bilan tanishtiradi, tasawurini o’stiradi. Ikkinchi turi boladan aktiv faoliyatni talab qiladi, mantiqan va aqlan o’sishga yordam beradi. Uchinchi turi bevosita bolaning ijodiy faoliyatini ta’minlaydi. 7.7. Maktabgacha ta’lim tizimida o’yinlar texnologiyasi o ‘yin texnologiyasining nazariy asoslari. Bugungi kunda ta’­ lim tizimiga, jumladan, maktabgacha ta’lim tizimiga ham yangi pedagogik texnologiyalar, interfaol usullar kirib kelmoqda. Bu texnologiyalaming mazmun-mohiyatini, asosiy tamoyillarini, qonuniyatlarini, ulardan samarali foydalanish yo’llarini amaliyotchitarbiyachi va o’qituvchilarga yetkazib berish pedagogika fani oldida turgan dolzarb muammolardan biridir. «Texnologiya» yunoncha so’z bo’lib, «techne» — «mahorat», «san’at» va «logos» — «tushuncha», «o’rganish» demakdir. Texnologiya so’zi zamirida jarayonlarni amalga oshirish usullari va vositalari haqidagi bilimlar yig’indisi, shuningdek, obyektda sodir bo’ladigan sifat o’zgarishlari tushuniladi. 74 Ta’lim texnologiyasi tushunchasi ta’lim maqsadiga erishish quroli, ya’ni oldindan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish va shu maqsadga erishishning metod, usul va vositalari tizimini, ta’lim jarayonini boshqarishni ifodalaydi. Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi bola shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. Pedagogik texnologiyaning tamoyillari quyidagilardir: kafolatlangan yakuniy natija, ta’limning samaradorligi, qaytuvchan aloqaning mavjudligi, ta’lim maqsadining aniq shakllanganligi. o ‘yin texnologiyasi ham o’yin metodidan o’zining aniq maqsadi, amalga oshirish kerak bo’lgan jarayonlarning mantiqiy ketmaketligi va o’zaro bog’liqligi, oldindan belgilangan natijalarga erishish kafolati bilan farq qiladi. L.S. Vigodskiy o’yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy buyurtmalarni o’zlashtirish vositasi sifatida ta’riflaydi. Har qanday o’yin muayyan vazifalarni bajaradi:
• maftunkorlik;
• kommunikativlik;
• o’z imkoniyatlarini amalga oshirish;
• tashxis;
• o’yin ishtirokchilari o’rtasidagi muloqot;
• ijtimoiylashuvlik. S.A. Shmakovning ta’kidlashicha, o’yinlar quyidagi to’rt asosiy xususiyatga ega: — erkin rivojlantiruvchi faoliyat, ya’ni bola o’yinni o’zi tanlaydi, unda faol ishtirok etadi. Bunda birinchi navbatda yakuniy natija emas, balki o’yin jarayoni muhim ahamiyatga ega; — ijodiy xarakter, ya’ni o’yin jarayonida bolalar uchun ijod qilishga katta imkoniyatlar mavjud; — emotsional ta’sir — bola o’yinda markaziy o’rin egallashni xohlaydi, g’olib bo’lishga intiladi, bu bolaning faolligini oshirishga yordam beradi; — asosiy va qo’shimcha qoidalar o’yin mazmuni, uning mantiqiy ketma-ketligini belgilaydi. o ‘yin strukturasiga maqsad, rejalashtirish, maqsadga erishish, natijalarni tahlil qilish kabi komponentlar kiradi. o ‘yinning eng asosiy xususiyati uning ijodiyligidadir. U o’zaro kurash, musobaqalashish, raqobat shaklida namoyon bo’ladi. 75 Nazariy jihatdan o’yinga faoliyat, jarayon va o’qitish metodi sifatida qarash mumkin. o ‘yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga oshirish, natijalarni tahlil qilishni qamrab oladi va bunda shaxs subyekt sifatida o’z imkoniyatlarini to ‘la amalga oshiradi. o ‘yinli faoliyatni motivatsiyalash o’yin xarakterining musobaqalashish shartlari, shaxsning o’zini namoyon qila olishi, o’z imkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyojlarini qondirishdan kelib chiqadi. Jarayon sifatida o’yin tuzilmasi (G.K. Selevko ta’biricha) quyidagilarni qamrab oladi:
• o’ynash uchun olingan rollar;
• bu rollarni ijro etish vositasi bo’lgan o’yin harakatlari;
• haqiqiy narsalarni shartlilarga almashtirish;
• o’yinda ishtirok etuvchilarning real o’zaro munosabatlari;
• o’yinda shartli ravishda yaratilgan sujet (mazmun). Har qanday texnologiyada, jumladan, o’yin texnologiyalarida ham, o’quv maqsadi aniq belgilanishi zarur. Bu texnologiyaning asosiy negizidir. Maqsad to’g’ri qo’yilishi uchun tarbiyachi bolaga nimani o’rgatmoqchi bo’lganligini bilishi kerak. Bitta mashg’ulotda bitta maqsad qo’yilishi maqsadga muvofiq. Masalan, bolalarni 3 raqami bilan tanishtirish yoki yil fasllari haqida tushuncha berish va h.k. o ‘yin texnologiyalari (ayniqsa, bog’cha bolalari uchun) rivojlantiruvchi maqsadlarni (bolaning idrok, xotira, diqqat, tafakkurini rivojlantirish) amalga oshirishi ham mumkin. Bunda o’yin jarayonida yakuniy natija muhimroq bo’ladi. Maktabgacha ta’lim tizimida pedagogik o’yinlarning shakllari va amalga oshirish metodlari. Pedagogik ijrochilik o’yinlarini bola uch yoshdan boshlab o’zlashtira boshlaydi. Shu yoshga kelib bola odamlar o’rtasidagi munosabatlar bilan tanisha boshlaydi, hodisalarning ichki va tashqi tomonlarini ajrata boshlaydi, o’zida ichki kechinmalarni seza boshlaydi. Ularga munosabat bildiradi. Maktabgacha yoshda bolalar o’yin faoliyatini o’zlashtira borib ijtimoiy qadrli va ijtimoiy baholanuvchi faoliyatga tayyorlana boshlaydilar. Maktabgacha ta’lim tizimida qo’llaniladigan pedagogik o’yinlarning quyidagi turlari mavjud: 76 1. Bolalar kayfiyatini ko’taruvchi. 2. Hamkorlikka chorlovchi. 3. Bolalarni o’zligini namoyon etishga chorlovchi. 4. BolaMrda o’ziga ishonch hissini shakllantiruvchi, jismoniy va intellektual muammolarni yo’qotishga qaratilgan. 5. Maktabgacha bolalar xatti-harakatidagi cheklanishlarni tavsiflovchi (diagnostika). 6. Bolalar shaxsi strukturasiga ijobiy korreksiyalar beruvchi. 7. Millatlararo bag’rikenglikni shakllantiruvchi. 8. Bolalarda ijtimoiy, jamoaviy munosabatlarni shakllantiruvchi o’yinlar. Pedagogik o’yinlarni quyidagicha tasniflash mumkin. Faoliyat turlariga qarab: ijtimoiy intellektual, mehnat, ijtimoiy va psixologik o’yinlar. Pedagogik jarayonlarning xarakteriga qarab: ta’lim-tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, mahsulotli, ijodiy, psixotexnik o’yinlar. o ‘yinlar metodlariga qarab: predmetli, sujetli, badiiy rolli, hodisalarni tasawur etuvchi va dramalashtiruvchi o’yinlar. Predmetlar asosidagi o’yinlar: matematik, biologik, ekologik, musiqali, texnikaviy, jismoniy tarbiyalovchi, iqtisodiy tejamkorlik va ishbilarmonlik, tadbirkorlikni rivojlantiruvchi o’yinlar. o ‘yin vositalari bo’yicha: o’yin vositalari (koptok, piramida, kub va boshq.) bilan amalga oshiriladigan o’yinlar va o’yin vositalarisiz amalga oshiriladigan o’yinlar xontaxta ustida, xonada va dalada o’ynaladigan o’yinlar, kompyuter va televizor o’yinlari kabi texnik vositalar. Maktabgacha ta’limda yoshi kattalaming to’plagan tajribasini kichik yoshdagilarga singdirish jarayonida o’yinlar ta’lim metodi sifatida namoyon bo’ladi. o ‘yin metodlariga qarab maktabgacha ta’lim vazifalaridan kelib chiqib, predmetli, sujetli-ishchan, dramalashtirilgan o’yinlardan keng foydalaniladi. Maktabgacha ta’limda rivojlantiruvchi pedagogik o’yinlarni o’quv tarbiya jarayonida qo’llash quyidagi o’ziga xos xarakterga ega bo’ladi. Birinchidan, rivojlantiruvchi pedagogik o’yinlar maxsus topshiriqlar majmuasidan iborat bo’ladi. Ikkinchidan, o’yin faoliyatidagi topshiriqlar rangli kublar, g’ishtchalar, kvadratlar, plastilin, karton qog’ozlar, konstruktor-mexanik majmualarida turli ornament, rasm va jimjimador predmetlar vositasida amalga oshiriladi. Uchinchidan, topshiriqlar mustaqil bajarilishini ta’minlash 77 maqsadida ulami osondan qiyinga tomon, aniq vaqt ora!ig’ida sifatli bajarilishini ta’minlash darkor. Maktabgacha ta’lim muassasalarida interfaol o’yinlardan foydalanish ijobiy natijalarga olib keladi. Bu o’yinlar jarayonida bola passiv obyektdan faol subyektga aylanadi. Tarbiyachining asosiy vazifasi esa o’yinni tashkil etish, bolalar ijodiga sharoit yaratishdan iborat. Interfaol о’yinlar jarayonida bola mustaqil fikrini to’g’ri bayon etishga, boshqalarni tinglashga o’rganadi, boshqacha qilib aytganda interfaol o’yinlar orqali kelajakda har bir bola uchun zarur bo’lgan ijobiy sifatlar shakllantiriladi. Interfaol o’yinlarni samarali o’tkazish uchun quyidagi qoidalarga e’tibor berish lozim: 1. Mashg’ulot oldidan bolalar o’yin qoidalari va mazmunini qay darajada tushunganliklarini aniqlash. 2. Bolalarning yosh xususiyatlari va bir-birlariga bo’lgan munosabatlarini hisobga olish. 3. Har bir bolaning qobiliyati va psixologik xususiyatlarini e’tiborga olish. 4. o ‘yin jarayonida bolalarga qiziq bo’lgan materiallardan foydalanish. 5. Diqqat va e’tiborni jalb etadigan uslublarni izlab topish. 6. Bolalarga rollarni to’g’ri taqsimlash. 7. o ‘yindan qanday maqsadda foydalanish mumkinligini bilish. 8. o ‘yinning asosiy bosqichlari haqida tasawurga ega bo’lish va natijalarini prognoz qilish. Pedagogik nuqtayi nazardan to’g’ri tashkil etilgan o’yin bolaning axloqiy, irodaviy xususiyatlarini shakllantirish bilan birga unda bilim olishga, atrofdagi olam sirlarini ochishga qiziqish uyg’otadi. Shuning uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida o’yin texnologiyalaridan keng foydalanish kerak. o ‘yinlar texnologiyasi tushunchasi pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismidir. o ‘yin texnologiyasi an’anaviy ta’limdagi o’yin metodidan o’zining aniq maqsadi, amalga oshirish kerak bo’lgan jarayonlarning mantiqiy ketma-ketligi va o’zaro bog’liqligi, oldindam belgilangan natijalarga erishish kafolati bilan farq qiladi.


XULOSA
Maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasi — pedagogikattg maktabgacha yoshdagi bolalarga tarbiya berish hamda ularning shaxsiyatini shakllantirish qonuniyatlari, tamoyillari, vositalari, shakl, usul va metodlarini oʻrganuvchi sohasi. Maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasib.p. bola psixologiyasi, yosh anatomiyasi va fiziologiyasi, tibbiyot, gigiyena, shuningdek, tilshunoslik, nafosat tarbiyasi, axloq fanlari bilan uzviy bogʻliq. 19-asrning 2-yarmida umumiy ped. dan ajralib chiqqan. Bu bir tomondan yosh psixologiyasining rivojlanishi va ilmning alohida tarmogʻi sifatida namoyon boʻlishi bilan bogʻliq boʻlsa, ikkinchi tomondan ayollarning f-ka va zavodlarga jalb etilishi natijasida bolalar muassasalarining vujudga kelishi bilan izoxlanadi. Ingliz utopik sotsialisti R. Ouen birinchi boʻlib bolalarga ilk yoshdan ijtimoiy tarbiya berish gʻoyasini asoslab berdi va proletar bolalari uchun maktabgacha yoshdagi bolalar muassasasini ochdi. Xuddi shu vaqtdan boshlab Maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasib.p. fanning maxsus tarmogʻi sifatida shakllandi va rivojlana boshladi. 20-asr boshlarida erkin tarbiya jarayonida bola shaxsiyatini rivojlantirish gʻoyasi keng tarqaldi.


Yüklə 47,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin