Oyoq suyaklari


BEL-DUMG’AZA OSTEOXONDROZI



Yüklə 57,5 Kb.
səhifə5/6
tarix18.06.2023
ölçüsü57,5 Kb.
#132250
1   2   3   4   5   6
oyoq suyaklari

BEL-DUMG’AZA OSTEOXONDROZI
Ushbu kasallikda ko'pincha 4-chi va 5-sonli umurtqalararo disklar ta'sirkanadi - ularga bosim har qanday og'irlik ko'tarilganda birinchi bo’lib bosim ko’rsatiladi. Harakatlar paytida kuchayadigan va oyoqlarga o’tadigan og'riq - bel-dumg’aza osteoxondrozning eng xarakterli alomati.
QANDLI DIABET, DIABETIK NEYROPATIYA
Qandli diabetda turli xil neyropatiyalar kuzatiladi - asab tizimining markaziy tizimlarininga va periferik nervlarning shikastlanishi. Bemorlarda oyoqlarda og'riq paydo bo'ladi, og’riq dam olish paytida va kechki payt ko'payib, yurish bilan kamayadi, tizza reflekslari kamayadi yoki butunlay yo'qoladi, og'riq sezgirligi pasayadi.
DIABETIK OYOQ
Diabetik oyoq - bu diabetning juda dahshatli asoratidir, unda oyoqlarda patologik o'zgarishlar yiringli-nekrotik jarayonlar rivojlanadi. Diabetik oyoqning paydo bo'lishining ba'zi sabablari - bu noqulay oyoq kiyimlarini, yassi oyoqlik va hokazolarni natijasida barmoqlarning bo'g'imlarida, oyoqlarda qadoqlar paydo bo’ladi. Ayniqsa kechasi oyoqlarning karaxtligi, shish, holsizlik va tortishish paydo bo'ladi. Oyoqlarning terisi quruq, po'stloqli, qichiydigan bo'ladi.
PODAGRA
Podagra ko'pincha 40 yoshdan oshgan erkaklarga ta'sir qiladi. Rossiyada 14 millionga yaqin odam podagra kasalligidan aziyat chekadi. Kasallikning sababi buyraklarning buzilishidir, natijada siydik kislotasi bo'g'imlarning to'qimalarida joylashadi. Asosiy simptom - bu bosh barmoqdagi o'tkir pulsli og'riq. Barmoq teginishda keskin reaksiyaga kirishadi, hatto yengil teginishda ham, yallig'lanib, shishib, teri qizarib ketadi.
YASSI OYOQLAR
Yassi oyoqlar oyoq shakli o'zgarishi - uning bo'ylama va ko'ndalang ravoqlarini tushishi bilan tavsiflanadi. Yassi oyoqli bemorlarda og'riq asosan boldir va oyoq kafti suyagida joylashib, kechqurun og'riq kuchayadi, yurish paytida bemor charchoqni va stressni his qiladi. Bunday bemorlar uchun tor poyabzal va baland poshnali poyabzal taqiqlanadi, ularga maxsus ortopedik poyabzal kiyish va maxsus mashqlarni bajarish tavsiya etiladi.

Yüklə 57,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin