O’z bеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi tеrmiz davlat univеrsitеti


xalq  dostonlaridagi otlarda ko’rishimiz mumkin va shu asosda tahlil qilamiz



Yüklə 425,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/15
tarix11.10.2023
ölçüsü425,64 Kb.
#153968
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Kurs ishi

xalq 
dostonlaridagi otlarda ko’rishimiz mumkin va shu asosda tahlil qilamiz. 
Hayvon tuslarini ifodalovchi sifatlarning stilistik imkoniyatlarini nazardan 
qochirmagan holda, ularni adabiy tilga qiyosan semantik jihatdan ikki guruhga bo`lish 
mumkin. 
1. Ot tuslarini ifodalovchi so`zlar
.
a) Faqat ot tuslarini ifodalovchi so`zlar: jiyron, saman to`riq , to`riq , saman 
kabilar. Masalan: 
Jiyron 
so`zi otlarning sarg`ish qizil yoki qizg`ish sariq tuslisini 
ifodalab keladi
. Masalan: Ostida jiyron oti, ko`pdir Rustam g`ayrati
.(Rustamxon 
dostoni) 
To`riq
so`zi qizg`ish jigar rang otlarning nomini bildiradi. Borayotir 
qalmoqshoxning to`r oti, // Shunday bo`lar to`riq otning odati . 
Saman
so`zi sariq tusli otlarga nisbatan yuritildi. «Saman sariga tush, yo 
olapocha to`riga tush, shapaqning zo`riga tush,» – deb qo`riqni soldi (“Alpomish” 
dostoni) 
b) otlarning rangini ifodalovchi so`zlar: ola , tarlon kabi. Bo`z so`zi ko`kimtir 
oq yoki kulrang otlarga nisbatan ishlatiladi. Egarlab keltiring Tarlon bo`zimni. 
v) ot rang-tuslarini ifodalovchi birikmalar: Bo`z chipor, oq to`riq, chovkar ko`k 
,qora yol saman, tarlon ko`k kabi. 
Tarlon
ko`k so`zi ola rang ustiga qoramtir, qizg`ish dog`lari bor ot tusini 
bildiradi.


Bo`z alvon
so`zi , kulrang va qizg`ish aralash yoki qizg`ish dog`lari bor ot tusini 
bildiradi. Masalan: 
Ostingda o`ynaydi bo`z alvon oting, // Dushmanni o`rtaydi shonu 
shavkating. 
2. Ot badanidagi farqlovchi belgilarga ko`ra nomlanishi
: qashqa, oq tovon, 
oq tuyoq, oq chocha, chavkar // chovkar), olapocha kabi. 
Olapocha so`zi oyoqlari oq-qora, oq-malla va shu kabi qorishiq tusli ot turi. 
Masalan: 

Yüklə 425,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin