1 – qism
(Uyg’onishga chaqiriq)
U to’satdan odamlar bilan gavjum bo’lgan sud zalining o’rtasida qulab tushdi.
U shu mamlakatning eng taniqli advokatlaridan biri edi. U, yana shuningdek,
ko’rkam qomatiga yarashib turgan uch ming dollarlik italyan kostyumlari bilan ham
mashhur bo’lib, bularning barchasi unda ajoyib g’alaba onlari ketma-ket
bo’lganligini anglatib turardi. Men esa hozirgina o’zim guvohi bo’lgan voqeadan
shokka tushgan ko’yi sud zalida hech bir harakatsiz turardim. Buyuk Julian Mentl
ayni shu damda o’zida achinarli holatni aks ettirib, zaif bir go’dak kabi yerda behol
ingrar, terlab ketgan tanasi esa go’yo aqldan ozgan kishiniki kabi titrardi.
Go’yoki barcha hodisalar ko’z o’ngimda sekinlik bilan harakatlanayotgandek
edi. “Yo Xudo, Julian muammoga duch keldi!” – degan ovoz bizni haqiqatdan ham
jiddiy bir falokat sodir bo’lganligini anglashimizga sabab bo’ldi. Bu qichqiriq
Julianning yordamchisiga tegishli edi. Sudya esa vahimaga tushgancha favqulodda
vaziyatlar uchun o’rnatilgan shaxsiy telefoni orqali kimgadir telefon qilib, past
ovozda nimalardir tushuntira boshladi.
Menga kelsak, men hayratlanganimdan sarosimaga tushgancha qotib
qolgandim.
Iltimos, o’lmang, ey keksa “ahmoq”. O’yindan chiqishingizga hali juda erta.
Dostları ilə paylaş: