O`zb tarix 11 узб indd


-mavzu.  Fuqarolik jamiyati g‘oyasining rivojlanish tarixi



Yüklə 3,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/105
tarix24.12.2023
ölçüsü3,82 Kb.
#190880
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   105
O\'zbekiston tarixi 11-sinf

3-mavzu.
 Fuqarolik jamiyati g‘oyasining rivojlanish tarixi 
Mahalliy davlat hokimiyati organlari. 
O‘zbekistonda demokratik 
huquqiy davlat barpo etish jarayonida ko‘plab vazifalar belgilangan edi. 
Eng muhim vazifalardan biri respublikada davlat hokimiyatining vakillik va 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining yangi sharoitlarga mos 
keladigan tizimini yaratish edi. Hozirgi amalda bo‘lgan mahalliy vakillik 
organlari xalq deputatlari Sovetlari negizida tashkil qilingan. Biroq bular 
oldingi tizimdan demokratik mohiyati bilan tubdan farq qiladi.
1992-yil 4-yanvarda “O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat 
idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Bu qonun 
mamlakatimizda mahalliy hokimiyatning ikki mustaqil organi – 
vakillik 
va
 
ijro organlari
tizimiga boshchilik qiladigan hokimlik va hokimlar lavozimi 
joriy etildi.
Yodda tuting
!
1992-yilda ilk bor Toshkent shahrida va 12 ta viloyatda, 163 ta qishloq 
tumani va 18 ta shahar tumanida hamda 120 ta shaharda hokimlar tayinlandi 
va tasdiqlandi, ularning apparati — hokimiyatlar tuzildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobi “Mahalliy 
davlat hokimiyati asoslari” deb nomlanib, unda mahalliy davlat hoki-
miyati organlarining tizimi, vazifalari, tuzilish tartibi mustahkamlandi. 
Konstitutsiyaga ko‘ra, avvalgi mahalliy vakillik organlarining nomi Ken-
gashlar deb o‘zgartirildi. Ularning samarali ishlashini ta’minlash uchun 
viloyat, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlari vujudga keltirildi. 
O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinguncha mahalliy vakillik organ-
larining uch bo‘g‘inli tizimi mavjud bo‘lib hisoblanadi, ular:
1) viloyatlar hamda Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari (So-
vetlari) – yuqori bo‘g‘in;
2) tuman, shahar xalq deputatlari Kengashlari – o‘rta bo‘g‘in;
3) qishloq, posyolka, ovul xalq deputatlari Kengashlari – quyi bo‘g‘in.


23
Konstitutsiya mahalliy vakillik organlarining ikki bo‘g‘inli tizimini 
mustahkamladi, ya’ni quyi bo‘g‘in olib tashlandi. Ular o‘rniga fuqarolarning 
o‘zini o‘zi boshqarish organlari tuziladigan bo‘ldi. 
Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq 
mahalliy davlat hokimiyati, hokimiyat organlari ikki mustaqil organlarga – 
vakillik
va 
ijroiya
hokimiyatiga bo‘lindi. 
Mahalliy vakillik organlariga
– xalq deputatlari Kengashlari kiradi. Ular 
o‘z faoliyatini jamoaviy (kollegial) asosda olib boradi. Xalq deputatlari 
Kengashlari ishining asosiy tashkiliy-huquqiy shakli sessiya hisoblanadi.
“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov 
to‘g‘risida”
gi qonunga ko‘ra, vakillik organlariga 21 yoshga to‘lgan fuqaro-
lar saylanadi. Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga 
60 tadan ko‘p bo‘lmagan, tuman va shahar Kengashlariga esa 30 tadan ko‘p 
bo‘lmagan deputatlar 5 yil muddatga saylanadi.
Ijroiya hokimiyatiga
– hokim va uning ijroiya apparati kiradi. Hokim 
tegishli hududda oliy mansabdor shaxs hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 101-moddasiga ko‘ra hokimlarning vakolat muddati – 
5 yil. 
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezi-
denti tomonidan qonunga muvofiq tayinlanadi hamda lavozimidan ozod eti-
ladi. Tuman va shaharlarning hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan 
tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari 
Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Shaharlardagi tumanlarning hokimlari 

Yüklə 3,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin