19
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ken-
gashi 1992-yil 10-yanvarda “O‘zbekiston
Respublikasi hududida joylashgan SSSR
Ichki ishlar vazirligining harbiy qismlari
va o‘quv muassasalarini O‘zbekiston
Respublikasi tasarrufi ga olish to‘g‘ri-
sida” va 14-yanvarda “O‘zbekiston Res-
publikasi hududida joylashgan harbiy
qismlar va harbiy o‘quv muassa-
salari to‘g‘risida”gi qarorlarni qabul qildi. Ushbu qarorlarga muvofi q,
sobiq SSSR Qurolli Kuchlarining respublika hududida joylashgan
qismlari, qo‘shilmalari, birlashmalari, harbiy o‘quv yurtlari, tashkilotlari
va boshqa harbiy tuzilmalari qonuniy asosda
O‘zbekiston Respublikasi
yurisdiksiyasiga olindi. Mazkur qaror qabul qilingan kun – 14-yanvar
O‘zbekiston Respublikasining 1993-yildagi qonuniga muvofi q “Vatan
himoyachilari kuni” deb e’lon qilindi.
1992-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Milliy
xavfsizlik xizmati tasarrufi da Chegara qo‘shinlari boshqarmasi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvofi q
Prezident mamlakat Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh Qo‘mondoni
hisoblanadi.
1995-yilning may oyida davlat va jamiyat xavfsizligini ta’minlash
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Xavfsizlik
kengashi tuzildi. Xavfsizlik Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi maslahatlashuv organi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi
Harbiy qasamyod
Dostları ilə paylaş: