O`zb tarix 11 узб indd


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, uning tizimi va



Yüklə 3,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/105
tarix24.12.2023
ölçüsü3,82 Kb.
#190880
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   105
O\'zbekiston tarixi 11-sinf

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, uning tizimi va 
vazifalari
. 1990-yil 15-noyabrda O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston 
SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash 
to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Unga muvofiq ravishda O‘zbekiston 
Prezidenti huzurida Vazirlar Mahkamasi tuzildi, Prezident uning Raisi 
bo‘ldi. Respublikada vitse-prezident lavozimi ta’sis etilib, uning zimmasiga 
Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish va uning ishini uyushtirish vazifasi 
yuklandi. 1992-yil 4-yanvarda vitse-prezident lavozimi tugatildi va 
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri lavozimi ta’sis etildi. Bosh vazir 
zimmasiga vitse-prezident vakolatlari berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XX bobida O‘zbe- 
kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining konstitutsiyaviy-huquqiy
maqomi, uning tashkil etilishi, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va vako-
latlari belgilab qo‘yildi. Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston
Respublikasining 1993-yilda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi (yangi tahriri 2003-yil) qonuni aso-
sida olib boradi. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining huku- 
mati hisoblanib, Oliy Majlisning qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezi-
dentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari bajarilishiga rahbarlikni
ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organidir. 
1992–2003-yillarda Vazirlar Mahkamasining tuzilishi
Vazirlar Mahkamasi raisi – Prezident
Bosh vazir
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari
Bosh vazir o‘rinbosarlari
Vazirlar
Davlat qo‘mitalari 
raislari
Davlat va xoʻjalik 
boshqaruvi boshqa 
organlari rahbarlari
Qoraqalpogʻiston Respublika
-
si Vazirlar Kengashi raisi


16
Vazirlar Mahkamasining doimiy organi sifatida Bosh vazir va uning 
o‘rinbosarlaridan iborat tarkibdagi Vazirlar Mahkamasining Rayosati 
faoliyat ko‘rsatadi. 2003-yil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 
89-moddasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar 
Mahkamasining Raisi hisoblanadi”, degan ikkinchi qismi olib tashlandi. 
O‘zbekiston hukumati – Vazirlar Mahkamasiga Bosh vazir rahbarlik qiladi.
Vazirlar Mahkamasi tarkibida Rais lavozimi bo‘lmaydigan bo‘ldi. 
Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning birinchi o‘rinbosari va 
o‘rinbosarlari nomzodlari avval Qonunchilik palatasida, so‘ngra Senatda 
ko‘rib chiqiladi hamda tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining boshqa 
a’zolari esa Bosh vazirning taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Hozirda Vazirlar Mahkamasining 
tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning birinchi o‘rinbosari 
va o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi vazirlari, davlat qo‘mitalari-
ning raislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi
kiradi. 
Yodda tuting
!
O‘zbekistonda Bosh vazir maqomiga teng Vitse-prezidentlik lavozimida 
Shukrullo Mirsaidov
(1990–1992), Bosh vazir lavozimida Abdulhoshim 
Mutalov
(1992–1995), Oʻtkir Sultonov (1995–2003), 
Shavkat Mir-
ziyoyev
(2003–2016) lar faoliyat yuritgan. 2016-yil 14-dekabrdan Abdulla 
Aripov Bosh vazir etib tasdiqlangan.

Yüklə 3,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin