12
tizimini yaratish, qonun chiqaruvchi, ijro
etuvchi va sud hokimiyatini
bir-biridan qat’iy farqlab qo‘yish muhim ekanligini hisobga olib, pre-
zidentlik hokimiyati bilan Ministrlar Sovetining ijroiya-boshqaruv
hokimiyati qo‘shib yuborildi. O‘zbekiston
Respublikasi Ministrlar
Soveti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar
Mahkamasiga aylantirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni
vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi bo‘lishi, O‘zbekiston Res-
publikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi
Ministrlar Sovetining
apparati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi bitta apparatga
birlashtirilishi belgilandi.
Mazkur qonun mamlakatimizda davlat boshqaruv shakli – prezidentlik
respublikasiga asoslanishini mustahkamlab qo‘ydi.
Prezidentlik instituti
ta’sis etilganidan so‘ng davlatimizda keng qamrovli islohotlar boshlandi.
1991-yil 18-noyabrda mamlakatimizda prezidentlik saylovlarini tartibga
soluvchi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonun
qabul qilindi. Shu asosda 1991-yil 29-dekabrda O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentligiga muqobillik asosida saylov bo‘lib o‘tdi.
Oliy lavozimga ikki nomzod – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi va
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi nomzodi Islom Karimov va
“Erk” Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solih)
nomzodi qo‘yildi. Saylovlar yakuniga ko‘ra, ovoz berishda qatnashganlarning
86 foizi Islom Karimov nomzodini, 12,3 foizi esa Saloy Madaminov nomzodini
yoqlab ovoz berdi. 1995-yil 26-martda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
qaroriga muvofi q, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini
1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirish masalasi bo‘yicha
umumxalq refe-
rendumi bo‘lib o‘tdi. 2000-yil 9-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Pre-
zidenti saylovi o‘tkazildi. Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezi-
dentligiga muqobillik asosida o‘tkazilgan saylovda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti etib saylandi. 2002-yil 27-yanvarda bo‘lib o‘tgan
referendumda
Dostları ilə paylaş: