13
prezidentlik lavozimi vakolati 5 yildan 7 yilga uzaytirildi. 2007-yil 23-de-
kabrda bo‘lib o‘tgan saylovda 88,1 foiz ovoz bilan Islom Karimov 7
yilga
saylandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati 2015-yil
dekabrda tugashi munosabati bilan Prezidentlik lavozimiga saylov o‘tkazildi.
2015-yil 29-mart kunidagi prezident saylovida Islom Karimov 90,39 foiz
ovoz bilan g‘alaba qozondi.
2016-yil 2-sentabrda Islom Karimov og‘ir xastalik tufayli vafot etdi.
Shu munosabat bilan navbatdan tashqari umumxalq
prezidentlik saylovlari
o‘tkazildi. 2016-yil 4-dekabrda O‘zbekiston Konstitutsiyasi va “O‘zbekis-
ton
Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi”gi
qonunga muvofiq
muqobillik va sog‘lom raqobat asosida Prezidentlik saylovi o‘tkazildi. Unda
88,61 % ovoz bilan Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev Prezident etib saylandi.
Prezident
Oliy
Majlis
Vazirlar
Mahkamasi
Sud
▼
▼
▼
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi.
Mustaqillik qo‘lga
kiritilgan
dastlabki kunlardayoq O‘zbekistonda demokratiyani taraqqiy toptirish uchun
hozirgi zamon jahon standartlariga javob bera oladigan
samarali va ishchan
parlamentni shakllantirish zarurati yuzaga keldi.
Demokratik tamoyillar va O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining
uchinchi tamoyili – davlat hokimiyatining uch tarmoqqa bo‘linishi
nuqtayi
nazaridan O‘zbekiston davlat hokimiyati
tizimi qonun chiqaruvchi, ijro
etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linishi qonunlashtirildi.
Dostları ilə paylaş: