O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 3,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/105
tarix24.12.2023
ölçüsü3,82 Kb.
#190880
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   105
O\'zbekiston tarixi 11-sinf

partiyasi (O‘zLiDeP)
2003-yil noyabrda tashkil top- 
gan. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi 
umummilliy siyosiy tashkilot sifatida mulkdorlar 
qatlami, kichik biznes, fermerlik va dehqon 
xo‘jaliklari vakillari, ishlab chiqarishning yuqori
malakali mutaxassislari va boshqaruv xodimlari, ishbilarmonlar man-
faatlarini ifodalaydi va himoya qiladi.
O‘zbekiston Respublikasida siyosiy partiyalarning o‘tgan yillar davo-
midagi faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularning rivojlanishi 
uchun huquqiy asos yaratilganini ko‘ramiz. Jumladan, O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi, 
“Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi qonunlar hamda 
“Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda 
mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini 
kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni shular jumlasidandir. 
Tabiiyki, siyosiy partiyalarning jamiyatda qanchalik mavqega ega 
ekanligini belgilovchi asosiy mezon – bu ularning davlat hokimiyati 


29
vakillik organlariga bo‘ladigan saylovlarda qanday natijalarga erishganligi 
hisoblanadi.
O‘zbekiston ekologik harakati
. 2008-yil O‘z-
bekiston Respublikasining “
Saylov to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan 
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
”gi 
qonuni qabul qilindi. Unga ko‘ra O‘zbekiston Res-
publikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga 
besh yil muddatga 135 deputat saylanib, Qonunchilik palatasining 
15 deputati O‘zbekiston ekologik harakatidan, o‘z ichki qurultoyidan 
saylanishi belgilandi. Ushbu Qonun asosida Oliy Majlisning Qonunchilik 
palatasidagi deputatlarining soni 150 deputatdan iborat bo‘ldi. 
O‘zbekiston ekologik harakati 2008-yil avgustda tashkil topgan. 
O‘zbekiston ekologik harakati o‘z faoliyatini fuqarolarning hozirgi va 
kelgusi avlodi qulay atrof-muhit sharoitida yashashi, aholi salomatligini 
yaxshilash, barcha tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona 
foydalanish huquqlarini hamda ularga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlashga 
qaratilgan yangilanish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishda jamiyatning 
bor kuch va salohiyatini safarbar qilishga qaratgan.
Yodda tuting
!
2017-yil 22-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy
Majlisga Murojaatnomasi e’lon qilindi. Mazkur Murojaatnomada 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi 15 ta 
deputatlik o‘rni belgilab qo‘yilmasdan, Ekologik harakat boshqa partiyalar 
bilan teng raqobatga kirishgan holda, saylovlar orqali deputatlik o‘rniga 
erishishi lozimligi taklif etildi.

Yüklə 3,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin