37
Davlat mulkini xususiylashtirish zaruriyati bozor iqtisodiyoti muno-
sabatlariga asoslangan jamiyatni barpo etishning asosiy shartidir. O‘zbe-
kistonda chek vositasi bilan xususiylashtirish g‘oyasidan
voz kechildi, davlat
mol-mulki yangi mulkdorga faqat sotish yo‘li bilangina mulkchilikning
boshqa shakliga aylantirila boshlandi. O‘zbekiston Oliy Kengashi 1991-yil
18-noyabrda “Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish
va xususiylashtirish
to‘g‘risida”gi qonun qabul qildi. Dastlabki bosqich xususiylashtirish
jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo,
mahalliy sanoat, xizmat ko‘rsatish
korxonalarini hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlash tizimini
qamrab oldi. O‘zbekiston Respublikasida xususiylashtirish jarayonini tashkil
qilish va unga rahbarlik qilish maqsadida 1992-yil fevralda
Davlat mulkini
boshqarish va xususiylashtirish Davlat qo‘mitasi ta’sis qilindi. 1994-yilda
u Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash
Davlat
qo‘mitasiga aylantirildi. Kichik xususiylashtirish 1994-yildayoq tugallandi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga doir 20 dan
ortiq me’yoriy hujjat qabul qilindi. 1995-yili xalq xo‘jaligida ommaviy
xususiylashtirishlar davri bo‘ldi. 1998-yilga kelib xususiylashtirilgan korxo-
nalar tarmog‘i keskin ko‘payganligi bilan xarakterlanadi. Davlat mulkini
xususiylashtirish yuzasidan mamlakatimizda olib borilgan katta ko‘lamdagi
amaliy ishlar natijasida mamlakatda ko‘p ukladli iqtisodiyot va mulkdorlar
sinfi vujudga keldi.
O‘zbekiston Respublikasi bu davrda o‘z valutasiga ega emasligi, muoma-
lada esa 1961–1992-yillarda chiqarilgan rublning bo‘lganligi,
ayrim oziq-
ovqat va sanoat mahsulotlariga o‘zining tannarxiga qaraganda arzon narx
belgilanganligi uchun ularni respublikadan tashqariga olib chiqib ketish avj
ola boshladi va mamlakatimizda aholini asosiy iste’mol
mahsulotlari bilan
ta’minlashda qiyinchiliklar yuzaga keldi.
Dostları ilə paylaş: